Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


MUSOBAQALARGA RUHIY TAYYORGARLIK KOʻRISH


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

MUSOBAQALARGA RUHIY TAYYORGARLIK KOʻRISH. 
Shugʻullanuvchilarda psixik holatlar va ularning tashki ifodasi, his- tuygʻularning 
hissiyot (emotsiya)lar, kayfiyatlar, kuchli hayajonlanish tarzida boshdan kechirilishi 
chogʻida maʼlum darajada seziladigan tashqi belgilarga xam ega boʻladi. Yuzlarning 
ifodali harakatlari (mimika), qoʻl va gavdaning maʼnoli harakatlari, turqi- tarovat
ohang, koʻz qorachiqlarining kengayishi yoki torayishi kabilar shular jumlasiga kiradi. 
Bu ifodali harakatlar bir holatda oʻziga oʻzi hisob bermagan tarzda yuz bersa, boshqa 
bir holatda ongning nazorati ostida sodir boʻladi.
Insonning his- tuygʻulari roʻy berishiga koʻra murakkab shartsiz reflekslarga 
bogʻlik boʻlgani holda ijtimoiy xususiyatga egadir. Insonning his- tuygʻulari bilan 
hayvonlar his-tuygʻularining tubdan farqi, birinchidan, gap hatto aynan bir xil his- 
tuygʻular haqida ketgan xollarda ham odamlarning his- tuygʻulari hayvonlarnikiga 
qaraganda benihoya murakkab ekanligida koʻrinadi; bu odamlarda ham, hayvonlarda 
ham, gʻazablanishni, qoʻrquvni, qiziquvchanlikni, shodlanish va ruhan tushkunlik 
holatini ularning kelib chiqishi sabablari jihatidan ham, shuningdek ularning namoyon 


116 
boʻlishi xususiyatlari jihatidan ham taqqoslanganda aniq- ravshan boʻladi. Ikkinchidan, 
odamlar hayvonlarda mavjud boʻlmagan juda koʻplab his- tuygʻularga egadir.
Odamlar orasida mehnat jarayonida, siyosiy, madaniy, oilaviy hayotda roʻy 
beradigan oʻzaro munosabatlarning boyligi koʻplab sof insoniy his- tuygʻularning 
paydo boʻlishiga olib keladi. Jumladan, jirkanish, faxrlanish, hasad qilish, shodu 
xurramlik, zerikish, hurmat qilish, burchni his etish va hokazolar paydo boʻldi. Bu his- 
tuygʻularning har biri oʻziga xos yoʻllar bilan (nutq ohangida, imo- ishorada, turqi 
tarovatida, kulgida, koʻz yoshi va shu kabilarda) ifodalandi. Uchinchidan, kishi uz 
his-tuygʻularini nooʻrin ifoda etilishidan saqlagan holda ularni «jilovlab» boradi.
Odamlar kuchli va aniq ravshan seziladigan his- tuygʻularni boshidan 
kechirayotib, tashqi koʻrinishda koʻpincha osoyishtalikni saqlab qoladilar, baʼzida esa 
his- tuygʻularini sezdirmaslik uchun oʻzini beparvo qilib koʻrsatish kerak, deb 
hisoblaydilar.
Insonlarda baʼzan haqiqiy his- tuygʻularini «jilovlash» yoki yashirish maqsadida 
oʻzini hatto boshqacha, qarama- qarshi his- tuygʻularni boshdan kechirayotgandek 
qilib koʻrsatadi: ranjigan yoki qattiq ogʻriq azob berayotgan mahalda kuladi, kulgisi 
kelganida ham turganda oʻzini jiddiy tutadi.

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling