Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

Start oldi hayajoni quyidagilar bilan ifodalanadi:1) emotsional holatning 
beqarorligi; 2) bitta emotsional holat ikkinchisi bilan tezda almashinib turishi; 3) hatto 
koʻz yoshigacha borib yetishi va yana aksincha qaytishi. Diqqatning tartibsizlanishi, 


119 
parishonlik holatining vujudga kelishi; fikrni toʼplayolmaslik. Xotiraning pasayishi
musobaqaga oid muhim momentlarni xotiradan chiqib ketishi. Bu holatni tashqaridan 
kuzatganda oyoq — qoʼllarning qaltirashi, yuzning oqarishi, oyoq — qoʼl uchlarining 
sovib ketishi, yuzda, qoʼl kaftida oyoq uchlarida terning paydo boʼlishi bilan 
ifodalanadi.
Start oldi apatiyasi (ruhsizlanish, xafasizlik, lanj, hech narsaga qiziqmaslik). Bu 
holat start lixoradkasining aksidir. Start apatiyasi quyidagi belgilar bilan ifodalanadi:
1. Uyqu bosish holatini paydo boʻlishi;
2. musobaqaga qatnashishgisi kelmasligi;
3. salbiy kayfiyat — (astenik) ning namoyon boʻlishi
4. idrok va diqqatning pasayib ketishi va boshqalar. 
Start apatiyasining fiziologik asosi bosh miya poʻstlogʻida tormozlanishning 
kuchayishi, qoʻzgʻolish jarayonining esa pasayib ketishi (bilan ifodalanadi). 
Start lixoradkasi va apatiyasi musobaqada yuksak natijalarga erishish uchun 
toʻsiq boʻlsa, jangovar holat esa aksincha sportchiga yoʻl ochadi, katta imkoniyat 
yaratadi. Bu holat quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: diqqatning toʻplanishining 
doirasini kengayishi (ifodalanadi) tafakkur va idrokning yaxshilanishi. Stenik (ijobiy) 
kayfiyatning paydo boʻlishi kabilar. Jangovar holatning fiziologik asosi bosh miyada 
optimal asab qoʻzgʻalishining sodir boʻlishi. Boshqacha aytganda qoʻzgʻalish va 
tormozlanish jarayonlar oʻrtasida muvozanatning vujudga kelishi. Bunday holat, yaʼni 
jangovar holat musobaqada ijobiy natijaga olib keladi. 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 
1. Kamondan oʻq otishda sport texnikasi? 
2. Kamondan oʻq otishdagi motor xatolarining tasnifi va ularning paydo boʻlish 
sabablari? 
3. Xususiyatidan kelib chiqib xatolar necha guruhga boʻlinadi? 
4. Turish holatidagi xatolar? 
5. Xatolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etishda nimalarga ahamiyat beriladi? 


120 
6. Texnik tayyorgarlikning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
7. Musobaqaga kamonchining maxsus psixologik tayyorgarligi haqida 
tushunchalar? 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling