Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
DARSLIK 2023 йил октябр 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Start oldi apatiyasi
- NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Start oldi hayajoni quyidagilar bilan ifodalanadi:1) emotsional holatning
beqarorligi; 2) bitta emotsional holat ikkinchisi bilan tezda almashinib turishi; 3) hatto koʻz yoshigacha borib yetishi va yana aksincha qaytishi. Diqqatning tartibsizlanishi, 119 parishonlik holatining vujudga kelishi; fikrni toʼplayolmaslik. Xotiraning pasayishi, musobaqaga oid muhim momentlarni xotiradan chiqib ketishi. Bu holatni tashqaridan kuzatganda oyoq — qoʼllarning qaltirashi, yuzning oqarishi, oyoq — qoʼl uchlarining sovib ketishi, yuzda, qoʼl kaftida oyoq uchlarida terning paydo boʼlishi bilan ifodalanadi. Start oldi apatiyasi (ruhsizlanish, xafasizlik, lanj, hech narsaga qiziqmaslik). Bu holat start lixoradkasining aksidir. Start apatiyasi quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: 1. Uyqu bosish holatini paydo boʻlishi; 2. musobaqaga qatnashishgisi kelmasligi; 3. salbiy kayfiyat — (astenik) ning namoyon boʻlishi 4. idrok va diqqatning pasayib ketishi va boshqalar. Start apatiyasining fiziologik asosi bosh miya poʻstlogʻida tormozlanishning kuchayishi, qoʻzgʻolish jarayonining esa pasayib ketishi (bilan ifodalanadi). Start lixoradkasi va apatiyasi musobaqada yuksak natijalarga erishish uchun toʻsiq boʻlsa, jangovar holat esa aksincha sportchiga yoʻl ochadi, katta imkoniyat yaratadi. Bu holat quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: diqqatning toʻplanishining doirasini kengayishi (ifodalanadi) tafakkur va idrokning yaxshilanishi. Stenik (ijobiy) kayfiyatning paydo boʻlishi kabilar. Jangovar holatning fiziologik asosi bosh miyada optimal asab qoʻzgʻalishining sodir boʻlishi. Boshqacha aytganda qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlar oʻrtasida muvozanatning vujudga kelishi. Bunday holat, yaʼni jangovar holat musobaqada ijobiy natijaga olib keladi. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Kamondan oʻq otishda sport texnikasi? 2. Kamondan oʻq otishdagi motor xatolarining tasnifi va ularning paydo boʻlish sabablari? 3. Xususiyatidan kelib chiqib xatolar necha guruhga boʻlinadi? 4. Turish holatidagi xatolar? 5. Xatolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etishda nimalarga ahamiyat beriladi? 120 6. Texnik tayyorgarlikning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 7. Musobaqaga kamonchining maxsus psixologik tayyorgarligi haqida tushunchalar? Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling