Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


Oʻquv jarayonining yoʻnalishi


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

Oʻquv jarayonining yoʻnalishi.
Kamondan otish mashgʻulotlarining asosiy mazmuni otish texnikasi va taktikasini 
toʻliq oʻzlashtirishdan iborat. Buning sababi shundaki, pirovard natijada sport yutuqlari 
asosan taktik va texnik tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Oʻz navbatida
otuvchining jismoniy tayyorgarligi harakatlarining ixtisoslashuvi darajasi bilan 


160 
tavsiflanadi, buning asosida kamondan otishda va eng samarali yoʻlni tanlashni 
taʼminlaydigan taktik bilim, koʻnikma va malakalar darajasi belgilab beradi. 
Maʼlumki sportchilarni tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish albatta, 
Umumiy jismoniy tayyorgarligi jismoniy ish qobiliyatini va maxsus jismoniy 
tayyorgarligi vositasida amalga oshirishning qulay yoʻllarini izlash bilan bogʻliq 
boʻladi. Bunda asosan sportchilarning alohida individual qobiliyatlari va zaxiradagi 
harakat imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga yordam beruvchi jismoniy sifatlarni 
rivojlantirish, 
sportchilarning 
umumiy 
jismoniy 
tayyorgarligi 
va 
maxsus 
tayyorgarligini rivojlantirish va texnik — taktik mahoratlarini shakllantirish, 
shuningdek, sportchilarning turli musobaqalardagi samaradorligini oshirish uchun asos 
hisoblanadi. 
Kompleks nazorat usullari murabbiy oʻqituvchi va sportchilar orasidagi 
qaytuvchi aloqalarni amalga oshirib, ana shu asosda mashgʻulot ishtirokchilarini 
tayyorlashda ularning boshqaruv qarorlari darajasini oshirish imkoniyatini yaratadi. 
Kompleks nazorat yaʼni — sportchilarning tayyorgarligi, oʻquv mashgʻulotlari 
Jarayonining mazmuni va bellashuv faoliyatini har tomonlama baholash maqsadida, 
nazorat turlari yaʼni, bosqichli, joriy va tezkor (operativ) nazorat turlaridan 
shuningdek, pedagogik, ijtimoiy — psixologik va tibbiy-biologik koʻrsatkichlardan 
samarali foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi. Ularning har biri sportchilarning 
holatini muayyan tipiga muvofiq boʻladi.
Bosqichli nazorat — sportchilarning bosqichli holatini, yaʼni uzoq muddatli 
mashgʻulotlar samaradorligining oqibatida kelib chiquvchi holatini baholash imkonini 
beradi. Shugʻullanuvchining bunda holatlari uning bir necha yillar davomidagi uzoq 
tayyorgarligining (yil, makrosikl, davr yoki bosqichdagi) natijasidir; joriy nazorat – 
shugʻullanuvchining joriy ahvolini oʻrganishga yoʻnaltirilgan boʻlib, u 
mashgʻulotlardagi yuklamalar, tayyorgarliklardagi yoki musobaqalardagi mikrosikllar 
natijasidir; — tezkor (operativ) nazorat — sportchilarning operativ holatlarini, yaʼni 
ular organizmining muayyan mashgʻulotlar va musobaqalar asnosidagi yuklamalarga 
boʻlgan tezkor reaksiyalarini baholashni koʻzda tutadi. 


161 
Qoʻllaniladigan vosita va usullarga koʻra nazorat pedagogik, ijtimoiy-
psixologik va tibbiy biologik xarakterga ega boʻlishi mumkin: -pedagogik nazorat 
jarayonida texnik — taktik va jismoniy tayyorgarlik darajasi, musobaqalarda ishtirok 
etishning oʻziga xosliklari, sport natijalarining dinamikasi, mashgʻulotlar jarayonining 
tuzilishi, mazmuni va hokazolar baholanadi.
Ijtimoiy – psixologik nazorat sportchi shaxsiyatini, uning ruhiy holatini va 
tayyorgarligini, mashgʻulotlar va bellashuv faoliyatiga xos boʻlgan umumiy 
sharoitlarni oʻrganish bilan bogʻliq boʻladi.
Tibbiy-biologik nazorat sportchining sogʻligi ahvolini, turli funksional 
tizimlarning imkoniyatlarini, mashgʻulotlarda va musobaqalashuv jarayonlarida asosiy 
yuklamani oʻziga oluvchi, alohida organlar va mexanizmlarni baholashni koʻzda 
tutadi. Hozirda sport mashgʻulotlari nazariyasi va uslubiyatida sport amaliyotida 
kompleks nazoratning barcha turlarini, jismoniy vosita va uslublarini qoʻshgan holda, 
murabbiylar sportchilarga sport mashgʻulotlarida va sport musobaqalarida qoʻllab 
kelsa, ijobiy natijaga erisha oladi. Adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, musobaqa 
bellashuvlarida texnik-taktik tayyorgarlik darajasi yuqori boʻlgan sportchi koʻproq 
jismoniy sifatga ega boʻlgan sportchidan koʻra yaxshi natija koʻrsatadi.
Avvalambor, oʻquv mashgʻulotlari bellashuvlarida berilgan yuklamalarni 
nazorat qilish orqali mahoratga ega sportchining usullarini chiroyli va koʻproq bajarish 
har doim bellashuv natijalarini yaxshilanishiga olib keladi. 
3
Ikkinchidan texnik-taktik 
mahoratga yoʻnaltirilgan oʻquv-mashgʻulot jarayonida sportchilarga berilayotgan 
yuklamalar hajmini nazorat qilish orqali taqsimlash, sportchiga musobaqa faoliyatida 
yaxshi ishtirok etish imkonini beradi. Sportchilarning oʻquv mashgʻulot jarayonini 
rejalashtirish nazariy jihatdan, eng avvalo, oʻzaro bogʻliq maqsadlar majmuasi amalga 
oshirilishini nazarda tutuvchi mashq qilish yaʼni mashgʻulot dasturlari tizimini ishlab 
chiqish ( yaqin, oʻrta va uzoq maqsadlarga muvofiq holda shoshilinch (tezkor), joriy 
va koʻp yillik yoki istiqbolli dasturini shakllantirish maqsadga muvofiq boʻladi. 
3
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Sportchilarni tayyorlashda texnik-taktik mahoratlarini hakllantirishning oʻziga xos xususiyatlari Yu. Yu. Aripov 


162 
Tayyorgarlikning asosiy tashkiliy va uslubiy tamoyillariga rioya qilgan holda 
sportchilarning individual xususiyatlarini maksimal tarzda hisobga olish – malakali 
sportchilar takomillashuvining muhim omili hisoblanadi. Texnik faoliyatni 
oʻzlashtirish va harakat malakalarini shakllantirishda ixtiyorsiz harakatlarni 
boshqaruvchi shartli reflektor, mexanizmlar shartsiz reflekslar asosida sodir boʻladi. 
Tayyor “energiyalar” shartsiz reflekslarning mavjudligi koʻnikma va 
malakalarning ixtiyorsiz shakllanishida harakat apparatini boshqarishni osonlashtiradi. 
Lekin, shakllanadigan texnik harakatlar va tugʻma reflekslar orasida oʻzaro 
salbiy munosabatlarni ham hisobga olish lozim, ular texnik jihatdan samarali 
harakatlarni oʻzlashtirishga qarshilik koʻrsatishlari va harakatdagi xatoliklarni yuzaga 
keltirishlari mumkin. Turmush sharoitida shakllangan malakalar shunday 
tormozlovchi xususiyatga egadir. Hayotiy malakalarning salbiy taʼsiri har bir sport 
turida “oddiy” siklli yugurishdan atsiklik harakatiga ega boʻlgan mashqlargacha 
uchraydi. Masalan, yugurib kelib balandlikka sakrashning oddiy hayotiy shakli 
oyoqning aktiv turtkisiga asoslangan. Hozir sakrashda depsinish texnikasi aktiv
reaktiv va inersiya kuchlarining oʻzaro ratsional munosabatida sodir boʻladi. 
Harakatlarni bajarish va boshqarish mexanizmlardagi bu farq oʻrgatish jarayonini 
murakkablashtiribgina qolmasdan, kuchlarni maksimal talab etadigan sharoitda 
ratsional texnik malakalarning mustahkamlanishiga chinakam toʻsiq boʻlib xizmat 
qiladi. Boʻlajak davr sportchi modelini tuzishga yuqori natijaga erishish imkonini 
yaratadigan jismoniy sifatlar, texnik va taktik rivojlanish darajasini sarflashni 
ifodalashi zarur. Bunda vaqt omili, yaʼni sportchining xalqaro klass darajasiga etilishi 
uchun ketadigan vaqtni hisobga olish katta ahamiyatga ega boʻladi. Texnik mahorat-
sport kurashi sharoitida maksimal natijaga erishishga qaratilgan sport mashqlarining 
eng ratsional harakat strukturasini puxta oʻzlashtirishdan iborat.Harakatlarni 
oʻzlashtirish, mustahkamlash va takomillashtirishda ong juda katta ahamiyatga ega
unga hattoki avtomatlashtirilgan harakatlar ham tobe boʻladi. Undan tashqari har 
qanday maqsadga muvofiq harakat markaziy nerv sistemasiga afferent nervlardan 
qayta aloqa shaklida keladigan maʼlumotlar asosida toʻxtovsiz korreksiya qilish 


163 
jarayonida shakllanadi. Shu boisdan trener harakat malakasining takomillashishini 
boshqarib borishdan tashqari sportchining psixikasiga tasir qila bilishi kerak. Amalda 
texnik mahoratni takomillashtirishning ikki asosiy xili uchraydi: 1) texnika asosan 
harakatning zamonaviy ratsional strukturasiga toʻgʻri keladi va shuning bilan birga 
sportchi jismoniy tayyorgarligining shaxsiy xususiyatlariga mos keladi; 2)sportchi 
harakatining texnikasi uning funksional imkoniyatiga toʻliq mos kelmaydi va 
zamonaviy texnika modeliga nisbatan ozmi-koʻpmi kamchiliklari mavjud boʻladi. 
Shuning uchun harakat malakalarini takomillashtirish jarayoniga turlicha yondashish 
zarur. Birinchi holda u toʻgʻri harakatlarning son jihatdan yanada rivojlanishiga 
bogʻliq; tezlik va amplitudaning ortishi, kuch impulslarining koʻpayishi, 
koordinatsiyaning bosh elementlarini aniqlash va ularni yaxlit harakat faoliyatining 
ritmi bilan oʻzaro munosabati va shuning asosida maʼlum harakat faoliyatini 
shakllantirish. Ikkinchi holda harakat texnikasini takomillashtirish harakat malakasini 
ancha oʻrgatish va harakat strukturasining kam samarali qismlarini samaraliroq 
qismlarga almashtirish bilan bogʻliq boʻladi. Ish tajribasi va maxsus tadqiqotlar shuni 
koʻrsatdiki, harakat texnikasi kamchiliklarining asosiy sabablari trener va sportchilar 
texnik mahorat darajasini aniqlashning obyektiv koʻrsatkichlariga, uning takomillashib 
borishini kuzatish oʻlchovlariga ega boʻlmasliklarida va, shuningdek, ijro etish 
texnikasining mukammal modelining aniq emasligidadir. Shuning uchun trener ham, 
sportchi ham harakatlarni muntazam toʻgʻrilab borish va ularning ijro etilishini kuzatib 
borishi uchun texnik vositalar yordamida tez maʼlumot olish metodlariga ega 
boʻlishlari shart. 
Texnik mahorat darajasi harakat potensialidan samarali foydalanish darajasi 
bilan aniqlanishi kerak. Bu yerda texnik mahorat darajasi va sport natijasining oʻlchov 
birligiga zoʻr berish hajmi va sarf qilingan jismoniy kuch orasida nomutanosib 
bogʻliqlik mavjuddir. Bunda harakat samarasining mutlaq birlikdagi hajmigina emas, 
balki harakat potensialining tejamlik koʻrsatkichi ham hisobga olinadi. Tejamlikning 
son koʻrsatkichi qanchalik past boʻlsa, mahorat shunchalik yuqori boʻladi. Shunday 
qilib, texnik mahoratning asosiy koʻrsatkichi harakatlarning samaradorligi va 


164 
tejamligidadir. Harakatni bajarish uchun organizm reaktiv va tashqi kuchlardan 
qanchalik koʻp foydalansa va aktiv muskul ishi qanchalik kam qoʻshilsa tana harakati 
shunchalik tejamli va ratsional boʻladi. Texnik mahoratning-eng integral (analitik) 
koʻrsatkichi harakat ritmidir, unga xos belgilardan maʼlum vaqt intervallarida turli 
shiddatdagi zoʻr berishning ratsional navbatlanadigan fazalarning mavjudligidir. 
Texnik mahorat harakatlarning ishonchliligi va aniqligi bilan ifodalanadi. Turli xil 
harakat uygʻunligidan tashkil topgan (yoʻnalishi, zoʻr berish darajasi va hokazolar 
boʻyicha koʻp oʻzgaruvchan) harakatlar sistemasi kam ishonchlidir. Shuning uchun 
siklik harakatlar atsiklik harakatlarga nisbatan ishonchliroq sistemaga ega. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling