159
IX.TAYYORGARLIK TAMOYILLARI.
IX. 1. Tayyorgarlik tamoyillari.
Kamondan otish mashgʻulotlari jismoniy tarbiya
tizimining umumiy ijtimoiy-
pedagogik tamoyillari, shaxsni har tomonlama
va barkamol rivojlantirish, amaliy va
sogʻlomlashtirish yoʻnalishi tamoyillariga asoslangan.
Otishmachilarni muvaffaqiyatli tayyorlash va takomillashtirish uchun: anglash va
faollik prinsipi, koʻrgazmalilik prinsipi, ochiqlik prinsipi hamda individuallashtirilgan
jismoniy tarbiya jarayonining umumiy metodologiyasini
belgilaydigan asosiy
qoidalarni aks ettiruvchi umumiy uslubiy tamoyillarga rioya qilish kerak.
Kamondan otish mashgʻulotlarining samaradorligi mashgʻulotlarining asosiy
tamoyillarini amalga oshirish darajasiga ham bogʻliq. Bularga quyidagilar kiradi:
erishish mumkin boʻlgan yutuqlarga maksimal eʼtibor
qaratish, chuqur
ixtisoslashtirish va individuallashtirish;
umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi;
oʻquv jarayonining uzluksizligi;
oʻquv yuklamalarini oshirishda jismoniy
imkoniyat chegarasida
bosqichma-bosqichlik;
yuklarning toʻlqinsimon dinamikasi;
oʻquv jarayonining siklik xususiyati;
musobaqa va sportchi tayyorgarligi strukturasining birligi hamda oʻzaro
bogʻliqligi;
uzoq muddatli sport faoliyatining yoshiga muvofiqligi.
Kamonchilar bilan ishlashda kamondan otishning oʻziga xos xususiyatlarini aks
ettiruvchi maʼlum talablarni hisobga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: