Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


Texnik mahoratni takomillashtirish prinsiplari


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

Texnik mahoratni takomillashtirish prinsiplari.
Sport mashgʻulotida texnik mahoratni takomillashtirish jarayonini 
boshqarishning oʻziga xos qonuniyat (prinsip) lari mavjud: I Oʻzaro munosabatni 
boshqarish prinsipi. Qarama-qarshi (salbiy) va birlik (ijobiy) tendensiyalarida 2 xil 
oʻzaro munosabat mavjud. Masalan jismoniy sifatlar orasidagi munosabat maʼlum 
darajada zidligidan bir-birining rivojlanishiga xalaqit berishlari mumkin; 
chidamlilikning haddan tashqari rivojlanishi tezlikning rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi, 
kuchning rivojlanishi tezlikka bardosh berish va zarur faoliyatning shakllanishiga 
salbiy tasir qiladi. Biroq bu sifatlar orasidan ularning mustaqil rivojlanish mosligini 
topish mumkin, bu esa ularning kompleks rivojlanishiga (kuch chidamligi, tezlik-kuch 
va boshqalar) yordam beradi. Shuningdek toshlarni otishdagi hayotiy tajriba nayza 
uloqtirish texnikasini egallashga salbiy tasir qiladi yoki eski texnik usullar yangi texnik 
usullarning hosil boʻlishiga toʻsqinlik qiladi. Yangi malakalar avvalgilaridan ustun 
tursa ham ayrim vaqtlari ekstremal ( musobaqa ) sharoitlarda eskilari yuzaga chiqishi 
mumkin. II. Mos kelish prinsipi. Barcha vosita, metod va nagruzkalarning hajmi 
muayyan sport turlariga zarur boʻlgan jismoniy sifatlarning mutanosib rivojlanish 
talablariga qarab tanlanishi kerak. Masalan, har jihatdan jismoniy tayyorlash barcha 
jismoniy sifatlarni bir xilda yuqori darajagacha rivojlanishini talab qilmasdan aniq 
ixtisoslashgan yoʻnalishda boʻlishi kerak. mos kelish prinsipi organizmning 
nagruzkalarga boʻlgan reaksiyasida ham muhim ahamiyatga ega. Sportchining 


165 
psixologik tayyorlanishi, mashgʻulot rejimi va musobaqadagi faoliyati orasida maʼlum 
moslik boʻlishi zarur. III. Kompensatsiya (oʻrnini bosish) prinsipi. Hayvonot va inson 
hayotida kompensatsiya prinsipi muhim biologik oʻrinni egallaydi. Uning yordamida 
hayotiy zarur tomonlarning buzilishi yoʻq qilinadi va fiziologik tenglik tiklanadi. 
Harakat faoliyatida bu prinsip bir butun harakat sistemasida harakat elementlarining 
tasodifiy oʻzgarishi oʻrnini bosish va butun sistemani uning qismlari oʻzgarishiga 
boʻlgan javobini boshqarish shaklida namoyon boʻladi. Birinchi shakli harakat 
strukturasining alohida qismlarida oʻzaro oʻrnini bosish samarasini taʼminlaydigan 
cheklanishlar yuzaga kelganda sodir boʻlsa, ikkinchi shakli harakatning bir zvenosi 
ichida toʻliq oʻrnini bosa olmasdan, lekin bir butun harakatning samarasini pasaytira 
oladigan ancha harakat oʻzgarishlaridan iborat boʻladi. Bunday hollarda texnik 
jihatdan mavjud kamchiliklarning oʻrni qoʻshimcha zoʻr berishlar orqali qoplanadi. 
Kompensatsiyaning uyqash shakllarini individual texnika xillarining oʻzaro 
munosabatida, harakat sifatlarini rivojlantirishda, taktik harakatlarni tanlashda 
uchratish mumkin. IV. Bosh omillar va ritmlar prinsipi. Harakat texnikasida bosh 
omillar muhim ahamiyatga ega. Chunonchi jismoniy tayyorlashda bu prinsip ayrim 
jismoniy sifatlarning bosh ahamiyatga ega boʻlishida ifodalanadi. Oʻrta masofaga 
yuguruvchi uchun bosh omil chidamlilik hisoblanadi va h. k. Bosh omillarga bosh 
parametrlar, bosh elementlar, harakatning bosh fazalari kiradi. Harakat asosiy fazasida 
faqatgina bir bosh zveno oʻzgarishi harakat faoliyati strukturasini ancha oʻzgarishiga 
sabab boʻladi. Mashqlarni bajarish jarayonida bosh omilning ahamiyati harakatning 
samarali suratini belgilashga xos boʻlgan harakat aktivligini orqali kuchaytiriladi
Harakatning samarali surati esa, koordinatsiya strukturalarining oʻzgarish hajmi va 
mohiyati harakatning turli qismlarida zoʻr berish tezligi va dinamikasi orqali 
ifodalanadi. Harakat koordinatsiyasi elementlarining har qanday kuchaytirilishi bosh 
elementlarning yoki elementning bosh zveno fazasining kiritilishi bilan bogʻliq. 
Meʼyor masalasiga kelsak , uning kishi hayotini tashkil qilishda boʻlgan ahamiyati va 
ishlab chiqarish unumdorligiga qanday ijobiy tasir koʻrsatishi maʼlumdir. Butun 
masala bu ishni meʼyorida taqsimlanishiga bogʻliq. Agarda bu aynan suratning oʻzi 


166 
boʻlsa va eng yuqori zoʻriqish holatlari osoyishtalik vaqtlari bilan navbatlanib borilsa, 
zamonaning hech qanday joʻshqin surati ham, hech qanday ruhiy kechinmalarning 
oʻtkirligi ham gipertoniyaga olib kela olmaydi”.Bu gaplar bevosita mashgʻulot rejimini 
uyushtirishga ham taalluqlidir. 
V. Oʻzaro bogʻliqlik prinsipi. Bu jismoniy sifatni rivojlantirishga qaratilgan har qanday 
mashq boshqa jismoniy sifatlarning rivojlanishiga maʼlum oʻzgarish kiritadi, ular 
orasida maʼlum son jihatdan oʻzgarish (jamgʻarish ) lar vujudga keladi, ulardan 
samarali foydalanish malakalarini shakllantiradi.
Organizmning rivojlanishidagi bunday uzluksiz oʻzaro bogʻliqlik obyektiv 
qonuniyatdir. Yoʻnaltirilgan oʻzaro bogʻliqlik mashgʻulot jarayonining oʻzida ham 
boʻlishi mumkin (jismoniy tayyorgarlik-sportchi harakat faoliyatining asosi shaklida; 
texnik va taktik tayyorgarlik esa jismoniy imkoniyatlardan keng foydalanish vositasi 
tariqasi namoyon boʻladi ). Sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda sportchilarning 
individual, yoshga xos va jinsiy xususiyatlarining nomuvofiq hisobga olinishida 
namoyon boʻluvchi koʻp yillik sport tayyorgarligidagi mavjud kamchiliklar 
rejalashtirish va amalga oshirishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishga 
toʻsqinlik qiladi hamda bu muammoning turli tomonlarini chuqur va tizimli oʻrganish 
uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Shu jihatdan bolalar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar sport maktablari, 
Oliy sport mahorat maktablari va sport turlari boʻyicha federatsiyalari va uyushmalar 
hamda taʼlim muassasalari (umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oʻrta va oʻrta maxsus 
professional taʼlim, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalar)ini sport toʻgarak 
darslarida oʻtkaziladigan sport mashgʻulotlarini yanada yaxshi yoʻlga qoʻyish hamda 
takomillashtirish muhim masala ekanligi eʼtirof etiladi.

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling