Qabul qildi: Boymirzayev A. M. Denov-2023 mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism
QO'SHMA GAP QISMLARINING TARKIBIY TASNIFLANISHI
Download 55.45 Kb.
|
4.QO'SHMA GAP QISMLARINING TARKIBIY TASNIFLANISHI
Qo'shma gapning tarkibiy qismlari orasidagi ma'noviy munosabatiga ko'ra tasnifi. Bu tasnifda qo‘shma gap tarkibidagi qism (gap)lar o‘rtasidagi ma’noviy munosabatga asoslaniladi va ikkita muhim nuqtaga e’tibor qaratiladi: 1) qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasida qanday ma’noviy munosabat (masalan, payt, o‘rin, sabab, birin-ketinlik, bir vaqtdalik, izohlash, qiyoslash va h.) ifodalanganligi; 2) aynan bir ma’noning turli yo‘llar bilan ifodalanishi mumkinligi (yoki aksincha). Shakl va mazmun munosabati nisbiy mutanosiblikda (ya’ni, asimmetrik) bo'lganligi sababli qo‘shma gapda polisemiya va omonimiya hodisalari kuzatiladi.14 Qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatga ko‘ra tasnifi bilan qo‘shma gap qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko‘ra tasnifi o'zaro bog‘liq. Tom ma’noda bu tasnif tarkibiy qismlarini o‘zaro bog'lashga xizmat qiluvchi bog‘lovchining o‘z ma’nolari bilan aloqador. Masalan, agar shart va payt ma’nolarini beradi. Bog‘lovchilar ma’nosi va gap semantikasi, juda ko‘p holatda bog'lovchilarning o‘zgarishi gaplararo o‘zaro munosabatlarning qisman yoki butunlay buzilishiga olib keladi. Qo'shma gap qismlari orasidagi funksional munosabatiga ko'ra turlari.Bu tasnifda qo‘shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga qanday sintaktik munosabatda ekanligi nazarda tutiladi. Qismlari orasida funksional munosabatiga ko‘ra qo‘shma gap har xil bo'ladi. So‘z qo‘shilmasida, uyushiq bo'lakda bo'lgani kabi, gap orasidagi munosabat tenglik (birikish, zidlanish, ayirish) yoki tobelik tabiatida bo'lishi mumkin. Tenglik munosabati ko‘p holatda faqat ohang bilan bog'langan qo‘shma gap, yuklama bilan bog'langan qo'shma gap esa teng bog'lovchilar vositasida bog'langan qo'shma gap orasida ko'riladi. Bog'lovchi va yuklamalarning ma'nosiga ko'ra qo'shma gap tarkibiy qismlari orasidagi munosabat: a) mo'tadil birin-ketinlik: Bahor boshlandi, dalada ishlar qizidi. Bahor boshlandi va dalada ishlar qizidi; b) uzilmas birin-ketinlik: Bahor boshlandi-yu, dalada ishlar qizidi; d) ayiruv: Goh yig‘ladi, goh kuldi; t) zidlov: Keldi, lekin gapirmadi. Tortindi, lekin kirdi. Qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasida tobelik aloqasi mohiyatan so‘z birikmasi tarkibiy qismlari orasidagi hokim-tobelik munosabati bilan o'xshash. Farq shundaki, bunda tobe qism ham, hokim qism ham alohida gap bilan ifodalanadi. Bu masala tilshunosligimizda «Ergash gapli qo‘shma gaplar» mavzusi doirasida chuqur va atroflicha o‘rganilgan. Gap bo'laklariga muvofiq ravishda bunday qo‘shma gaplar 5 turga ajratiladi.15 1. Kesim tobe gapli qo‘shma gap: Meni hayratda qoldirgan narsa shuki, qiz juda og‘ir yarador bo'lishiga qaramay jilmayar edi. 2. Ega tobe gapli qo‘shma gap: Kim birovga chuqur qazisa, unga o'zi yiqiladi(Maqol). 3. Hol tobe gapli qo‘shma gap: Yomg‘ir aralash qor yog'ib turgan bo‘Isa ham, u negadir shoshilmas, xayol bilan band edi. (O.Yoqubov.). 4. To'ldiruvchi tobe gapli qo‘shma gap: Shunga erishishimiz kerakki, ayollar hayotning har bir sohasida yerlar bilan teng bo'lsin (A.Qahhor). 5. Aniqlovchi tobe gapli qo‘shma gap: Umrlar bo‘ladiki, tirigida о'likdir. Umrlar bo'ladiki, mangulikka tirikdir(M.Shayxzoda). Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu tasnif ma’no bilan bog'liq bo‘lganligi sababli bir qo‘shma gapning o‘zi xilma-xil tasnif etilishi mumkin. Qo‘shma gaplarning bog‘lovchi vositalarga ko‘ra yuqorida berilgan 5 turi asosida ma’nodoshlik munosabati juda kuchli.Xususan, faqat ohang bilan bog‘langan qo'shma gapda ifodalangan ma’noviy munosabat qo‘shma gapning boshqa turi bilan ham berilishi mumkin. Biriktiruv bog'lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap va faqat ohang bilan boglangan qo‘shma gap sinonimiyasi juda keng: 1. Bahor boshlandi, dalada ishlar qizidi. 2. Bahor boshlandi va dalada ishlar qizidi. Qo‘shma gap tarkibiy qismlarining ifoda maqsadiga ko‘ra turlari. Qo‘shma gapning o‘zi yaxlitlikda ifoda maqsadiga ko‘ra darak, so'roq, buyruq ma’nolarini ifodalaydi. 1. Bordik, ko'rdik. 2. Bordimi, ko‘rdimi? 3. Borsin, ko‘rsin! Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o‘zi ham ifoda maqsadiga ko‘ra darak, so‘roq, buyruq ma’nosiga ega bo'lishi mumkin. Bu quyidagi turlami beradi: 1) darak gap + darak gap. Bordik, ko‘rdik. 2) darak gap + so‘roq gap. Bordik, ko‘rdingmi? 3) darak gap + buyruq gap. Boramiz, sen ham kel. 4) so‘roq gap + so‘roq gap. Kecha bordingmi, uni ko'rdingmi? 5) so‘roq gap+darak gap. Borasanmi, u keldi. 6) so‘roq gap+buyruq gap. Keldingmi, kir! 7) buyruq gap+buyruq gap. Bor, ko'r! 8) buyruq gap+so‘roq gap. Unga ayt, borasanmi? 9) buyruq gap+darak gap. Kelsin, unga aytamiz. Qo'shma gap qismlarining irrealikka munosabatiga ko'ra tasnifi. Nutqdagi qo‘shma gaplar tarkibiy qismi kesimlari shakllarining erkinligi yoki nutqdagi qo‘shma gaplar tarkibiy qismi kesimlari shakllarining erkinligi yoki o‘zaro mutanosibligi, bog'liqligi jihatidan tasnif etilishi mumkin. Bu belgiga ko‘ra, qo‘shma gap ikki turga ajratiladi. Birinchi juda katta guruhni (WPm, WPm) LSQ hosilalari tashkil etadi. Bunday gaplarda qo‘shma gap tarkibiy qismlari kesimlari rang-barang ko'rinish va shaklda bo'ladi. Chunonchi, xabar mayli+xabar mayli ( Yozibdi, keladi yoki U keldi, biz yozamiz), xabar mayli + buyruq mayli ( Yozibdi, boraylik), buyruq mayli + buyruq mayli (Boring, ko'rishsin), buyruq mayli + xabar mayli (Keling, boramiz). Bu bo‘linishda ikkinchi guruhni (WPm —> WPm) (WPm<—>WPm) LSQ hosilalari — tobe va mutanosib tarkibli qo‘shma gaplar tashkil qiladi. Bu turdagi qo‘shma gaplarda tobe tarkib (odatda qo'shma gapning birinchi gapi) kesimi nomustaqil kesim shaklida bo‘ladi. Bunda o‘ziga xos qonuniyat mavjud. Tobe gapning kesimi irreal (ya’ni, kelasi zamondagi hali sodir bo'lmagan, sodir bo'ladigan) xarakat holatini atab kelsa, ikkinchi gap kesimi ham shunday m a’noga ega bo'ladi va odatda hozirgi, hozirgi-kelasi, kelasi zamon yoki buyruq mayli shakllarida bo'ladi. Masalan: Kelsa, boradi. Bu holatda qo‘shma gap tarkibiy qismlari kesimi o‘zaro muvofiqlashadi. Agar ikkinchi gap kesimi o'tgan zamon shakllaridan birida bo'lsa, kuchli ifodaviylik voqelanadi: Kelsa, ish bitdi! yoki so‘rab qolsa, tamom deyavering! Bunda qo‘shma gap kesimlari o'tgan zamon shakllarida kelganda, to ‘siqsizlik (irreallik) m a’nosi voqelanadi: Kelsaydi, kо'rardik yoki ukam bo'lsangiz edi, baxtiyor bo'lardik. Mutanosibligi, bog'liqligi jihatidan tasnif etilishi mumkin. Bu belgiga ko‘ra qo‘shma gap ikki turga ajratiladi. Birinchi juda katta guruhni (WPm, WPm) LSQ hosilalari tashkil etadi. Bunday gaplarda qo‘shma gap tarkibiy qismlari kesimlari rang-barang ko'rinish va shaklda bo'ladi. Xulosa Shiddat bilan o'sib borayotgan fan-taraqqiyot asri bo'lgan XXI asr o'zbek grammatikasiga ham o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi. Bizga ma'lumki o'zbek grammatikasi yillar davomida shakllanib kelgan. Sintaktik sathining oliy birligi hisoblangan qo'shma gaplar rivojlanib yangilanib borgan sari ba'zi qo'shma gaplar ta'rixiy so'zga, ba'zilari yo'qolib borish hodisasiga uchraydi. Mening ushbu kurs ishimning mavzusi ,,Qo'shma gap qoliplarining nutqiy voqealanishi'' bo'lib, bunda qo'shma gapning barcha turlari o'zida jamlangan. Kurs ishimni yozish mobaynida sintaktikaga oid ko'plab adabiyotlardan foydalandim va qo'shma gaplarga doir ancha ma'lumotlarga ega bo'ldim. Ko'plab olimlarning kitoblari bilan tanishib, mavzuga aloqador qoidalarni, fikr va mulohazalarni bir-biri bilan taqqoslashga muvaffaq bo'ldim. Qo‘shma gap til sintaktik sathining oliy birligidir. Sodda gap ham sintaktik sath birligi hisoblansa-da, u qo‘shma gapga qaraganda anchayin ixcham birlikdir. Qo‘shma gap sodda gapda eng avvalo mazmun sig’imining kattaligi, mazmuniy sintaktik tuzilishining o‘ziga xosligi, murakkabligi bilan farqlanadi. Qo‘shma gap sodda gap bilan mustahkam bog‘langan, biroq undan ham struktur, ham uzatilayotgan axborot miqdori va sifati nuqtayi nazaridan farqlanuvchi sintaktik qurilma. Shu bois qo‘shma gapning umumiy lisoniy mohiyati uning sodda gap bilan o‘zaro munosabatida ochiladi. Lisoniy struktura jihatidan qo'shma gapning sodda gapdan farqi ma’lum darajada ravshan. Aniqrog‘i, sodda gapda shakllangan kesim bitta bo‘lsa, qo'shma gapda u birdan ortiq bo‘ladi va birdan ortiq sodda gaplarning mazmun hamda grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi. Masalan: Men sizni bilaman, siz bunday qilmaysiz. Qo'shma gaplar bog'lanayotgan vositasiga ko'ra: bog'langan, bog'lovchisiz, ergashgan qo'shma gaplarga bo'linar ekan. G’.A.Abdurahmonov bog’langan qo‘shma gaplarning tarkibiy qismlari nisbiy mustaqillikka ega ekanligini, buni qo‘shma gapda qo‘llanilgan bog’lovchi vosita ko‘rsatib turishini ta’kidlaydi. M.Asqarova bog’langan qo‘shma gap komponentlarining mustaqilligi nisbiy ekanligini ta’kidlaydi va bu haqda quyidagilarni yozadi: “Qo‘shma gap xususan, bog’langan qo‘shma gap tarkibidagi komponentlar alohida-alohida ajratib qaralsa, ularning har biri mustaqil gapga tengday ko‘rinadi, lekin ular qo‘shma gap tarkibida fikriy tugallikka (to‘liq mustaqillikka) ega bo‘lmaydi. Shu jihatdan bunday komponentlarni mazmunan nisbiy mustaqillikka ega deyish to‘g’riroqdir”. Ko‘rinadiki, M.Asqarova bog’langan qo‘shma gap tarkibiy qismlarining har biri mustaqil gapga tengday ko‘rinishiga qaramay, ular qo‘shma gap tarkibida mazmuniy jihatdan to‘liq mustaqil bo‘la olmasligini, faqat nisbiy mustaqil ekanligini to‘g’ri ta’kidlaydi. Qo‘shma gapni uyushiq kesimli sodda gapdan, sodda va qo‘shma gap orasidagi uyushgan gapdan farqlash lozim. Uyushiq kesimli sodda gap egasi bitta, bitta umumiy [Pm]ga ega bo‘lgan birdan ortiq kesimdan tashkil topgan gap. Masalan: Jamshid o‘qir, yozar va chizar edi. Ma’lum bo‘ladiki, uyushiq gap qo‘shma gaplar tarkibida bo‘ladi. Uyushgan gap esa o‘zbek tilida sodda va qo‘shma gaplar orasidagi alohida sintaktik qurilmadir. U kesimdagi (W) si birdan ortiqligi bilan qo‘shma gapga, (Pm) ning bittaligi bilan esa sodda gapga yaqinlashadi. Shuning uchun ham u o‘z mavqeyi bilan ,,oraliq uchinchi'' dir, ya’ni sodda va qo‘shma gaplar orasidagi hodisadir. Sodda va qo‘shma gapni belgilashda asosiy omil gapda nechta shakllangan kesimning mavjudligi. Eganing bor-yo‘qligi, ifodalangan-ifodalanmaganligi ahamiyatsiz. Uyushgan gapni belgilashda esa bosh omil ikkita: 1) bitta shakllangan kesimning mavjudligi; 2) birdan ortiq uyushgan eganing mavjudligi. Qo‘shma gap tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vazifasidagi so‘z vositasida yoki mutlaqo ularsiz bog‘lanadi. Bundan kelib chiqqan holda, qo‘shma gaplarni bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gapga ajratish mumkin bo‘ladi. Bog‘lovchili qo‘shma gap grammatik vosita bilan bog‘langan qo‘shma gap, leksik-grammatik vosita bilan bog‘langan qo‘shma gap va leksik vosita bilan birikkan qo‘shma gapga ajraladi. Qo‘shimchaning funksiyasiga ko‘ra teng bog‘lovchili va ergashtiruvchi bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap farqlanadi. Qo'shma gap tarkibidagi gaplar mazmun jihatidangina emas, grammatik tomondan ham bir-biriga bog'liq bo'ladi.Bu xil gaplar kesimning bir xil yoki bir-biriga mos shaklda ekanligi, ularda umumiy darajali bo'laklarning bo'lishi, sodda gaplar tarkibida mazmun izohlanayotgan bo'laklarning mavjudligi, kesimlar bir xil bo'lganda, ularning bir o'rinda umumlashgan holda berilishi va boshqa xususiyatlar - qo'shma gap tarkibiy qismlarini grammatik struktura tomonidan bir-biriga yaxlit bog'lab turadi. Download 55.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling