Qabul qildi: Boymirzayev A. M. Denov-2023 mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 55.45 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- QOSHMA GAPLAR TASNIFI
osig'liq edi.
4. -masin: Ona ishdan qanday tashvish bilan qaytmasin, shu qizlarini ko'riboq ko'ngli yozilar edi. 5. -i (b), gani holda ham: Dunyo go'zal ko'rinar menga, o'zi qancha eski bo`lsa ham. O'xshatish ergash gapli qo'shma gaplar. Bosh va ergash gapdagi voqealar, shaxslar va harakatlarni bir - biriga qiyoslab, chog'ishtirib ifodalovchi ergash gap turi o'xshatish ergash gap deyiladi. O`xshatish ergash gap bosh gapga quyidagicha birikadi: 1. -O'xshatish ma'nosi: day, dek: Erkalanib yotadi u Vatan tuprogida, yosh bola yotganiday onaning quchog'ida. 2. -ki, go'yo, xuddi: Paxta maydoni oppoq, go'yo dalada chodir yozilgan. Bo'lajak farzand Ozodani unga shunchalar yaqinlashtirib qo'ygan ediki, go'yo u Ozoda, Ozoda esa Murod bolib ko'rinardi. 3. -go'yo , -go'yoki: Yurak hayajonda, go'yoki quyosh, bosh harakatni berganday qonga. 4. Chog'ishtirish ma'nosi: -sa,-guncha: Uning ko'ngli qanday toza bo'lsa, ismi ham shunday toza. Demak, ergash gaplarni klassifikatsiya qilishda ularning har bir konkret paytdagi manosiga, ergash gap bosh gapni yoki biror bo'lakni izohlayotganiga, ergash gapning bosh gapga bog'lanishidagi grammatik vositalarga, bog'lovchi vazifasidagi so'zlarning ma'nosiga leksik xususiyatiga e'tibor bermoq kerak. Masalan, sifatdoshlar ergash gaplarning kesimi bo'lib kelganda, ko'p vaqt paytda, zamonda, vaqtda kabi so'zlar qo'shilib keladi: o'lchov-daraja, chog'ishtirish ergash gapli qo'shma gaplarda bosh gapda qanday, qancha so'ziga mos holda ergash gapda shunday, shuncha degan so'zlar ishlatiladi. Ergash qo'shma gaplarning komponentlarini biriktirishda ergashtiruvchi bog'lovchilar, fe'l formalari, yuklamalar, ko'makchilar,bog'lovchi so'zlar, nisbiy so'zlar, kelishik qo'shimchalari, -dek (-day) qo shimchalari,payt bildiruvchi otlar, intonatsiya va tartib kabi vositalar qo'llaniladi. O'zbek tilda ergash gap bosh gapga asosan ikki yo'l bilan birikadi: bog'lovchili ergashish va bog'lovchisiz ergashish. Bog'lovchili ergashish. Ergashtiruvchi bog'lovchilar ergash gapning ko'pgina turini bosh gapga bog'lash uchun xizmat qiladi. Bu bog'lovchilar gapdagi vazifasi jihatidan ma'lum xususiyatlarga ega: ularning ayrimlari asl ma'nosini chetlashtirib, faqat hokim va tobe komponentlarini bog'laydi. Bunday yordamchilarga -ki, chunki, negaki, shuning uchun, sababki, shekilli, bo'lmasa kabi so'zlar kiradi va ular sof bog'lovchilar sanaladi. Ayrim yordamchilar ham bog'lovchilik, ham yuklamalik vazifasini bajaradi, gapning turli ma'no ottenkalarini qo'shib qo'shma gap qismlarini bog'laydi. Bunday bog'lovchilarga agar, bordi-yu, basharti, mabodo, go'yo, toki, garchi kabi so'zlar kiradi va ular bog'lovchi yuklamalar deb yuritiladi. Ergashtiruvchi bog'lovchilar tuzilishi jihatidan tub (-ki, go'yo hokoza), yasama va qo'shma (shuning uchun) bo'lishi mumkin. Bog'lovchisiz ergashish. O'zbek tilida ergash gaplar bosh gapga ko'pincha bog'lovchisiz birikadi. Fe'l formalari ergash gapning kesimi vazifasida qo'llanishi bilan birga, komponentlarini biriktiruvchi vosita ham sanaladi: 1.Sifatdosh ko'pgina ergash gaplarning kesimi vazifasida kelganda, egalik, o'rin kelishiklari affikslari yoki ko'makchilar bilan qo'llanadi. Sifatdoshlar yil, davr, payt, moment, hol kabi otlar, oldin, keyin, so'ng kabi ravishlar, to'liqsiz fe'llar, ba'zan -oq(-yoq), -gina yuklamalari bilan ergash gapning kesimi bo'lib keladi. 2. Ravishdoshning -b (-ib), -may (-masdan), -guncha, -gach affiksli formalari ergash gapning kesimi vazifasini bajarib, komponentlarini biriktirish uchun ishlatiladi. 3. Fe'lning harakat nomi formasi ayrim ko'makchilar bilan birga qo'llanib, payt ergash gapni bosh gapga bog'laydi. 4. Fe'lning buyruq mayli formasi uchun, deb yordamchilari yoki bo'lishsizlik affiksi bilan birga, o'rin, maqsad ergash gaplarni bosh gapga bog'laydi. Qo'shma gaplar hamma vaqt ham ikki sodda gapning birikuvidan tashkil topabermaydi. Ular uch va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan tuzilishi ham mumkin. Bunday gaplar qo'shma gapning murakkab turini hosil qiladi. Murakkab qo'shma gaplardagi komponentlari tuzilishi va grammatik xususiyati jihatidan bog'langan va ergashgan qo'shma gap komponentlaridan deyarli farq qilmaydi. Murakkab qo'shma gaplarni tashkil etuvchi qismlar ergashish yo'li bilan, bog'lanish yo'li bilan hamda bog'lanish va ergashish yo'li bilan birikadi. Shu jihatidan ular uch turga bo'linadi: 1.Ergashish yo'li bilan tuzilgan murakkab qo'shma gap ( bir necha ergash gapli qo'shma gaplar). 2.Bog'lanish yo'li bilan tuzilgan murakkab qo'shma gaplar. 3.Bog'lanish va ergashish yo'li bilan tuzilgan qo'shma gaplar (aralash murakkab qo'shma gaplar).11 3.QO'SHMA GAPLAR TASNIFI Qo'shma gap grammatik jihatidan shakllangan birdan ortiq axborotni tashish uchun shakllangan sodda gaplar yig'indisidir. Kommunikativ nuqtayi nazardan sodda gap bir fikrni, axborotni uzatish vazifasini bajarsa, qo'shma gaplarda birdan ortiq fikrni, axborotni bildiradi. Qo'shma gap tarkibidagi sodda gap alohida olingan sodda gapdan nisbatan mustaqil emasligi bilan ajralib turadi. Qo'shma gapni uyushiq kesimli sodda gapdan, sodda gap va qo'shma gap orasidagi uyushgan gapdan farqlash ko'zim. Uyushiq kesimli sodda gapning egasi bitta, bitta umumiy (Pm) ga ega bo'lgan birdan ortiq kesimdan tashkil topgan bo'ladi. Masalan: Farhod o'qir, yozar va chizar edi. Uyushgan gap esa, birdan ortiq egaga, shuningdek, bitta umumiy (Pm) li bir dan ortiq kesimga ega bo'lgan gap. Masalan: Farhod o'qir, Salim yozar, Umid chizar edi. Qo'shma gap sodda va uyushgan gapdan o'z qurilish usulining boshqachaligi bilan farqlanadi. Demak, umumiy lisoniy mohiyat sifatida gaplar qurilish qolipiga ko'ra dastlabki tasnifda uchga bo'linadi. Qo‘shma gapning tur va ko‘rinishini o‘rganishda sodda gapning eng kichik qolipi asos qilib olingan. Sodda gapning eng kichik qolipi [WPm] dan iborat bo‘lsa, mantiqan qo‘shma gapning qurilish qolipi [W1P m1-W2Pm2-W3Pm3 · n] dir. Qo‘shma gapning voqelanish usullarini belgilashda uch ko‘rsatkichga tayaniladi:12 1) [WPm] larning egasi (E) bor-yo‘qligiga, bir xil yoki har xil ekanligiga ko'ra; 2) [WPm] lar tarkibidagi [W]ning xususiyatiga (W) larning bir xil yoki boshqa-boshqa bo‘lishi, bir xil yoki har xil so‘z turkumi bilan ifodalanishiga) ko‘ra; 3) [WPm] tarkibidagi [Pm] larning bir xil yoki qisman bir xil ekanligiga ko‘ra. Bular ham o'z ichki bo'linishlariga ega. Ega (E)ga ko‘ra [WPm-WPm] turlari. Qo‘shma gap bir umumiy egali va ikki xususiy egali qurilmaga bo‘linadi: a) bir egali qurilmaning qurilish qolipi [E (WPm - WPm)] ko‘rinishida bo‘ladi: Men yanglishmayman, balki qanoatlanib so‘zlayman. b) ikki egali qurilmaning qurilish qolipi [(E1 - WPm1) + (E2- WPm2)] ko‘rinishida bo‘ladi: Bunda bulbul kitob o‘qiydi, bunda qurtlar ipak to‘qiydi. [W]ga ko‘ra [WPm-WPm] turlari: a) bir xil W li qurilmalar. WPm-WPmning bu turi bir necha ko‘rinishda bo‘ladi: 1a) [W] lari bir xil so‘zdan: Siz so‘zlamasangiz, men so‘zlamoqchi edim; 1b) [W] lari bir xil turkumdan: Endi ortiq turma, tinch o‘tir. 2a) har xil [W] li qurilma. Bunda [W] lar turli turkumga oid so‘z bilan ifodalanadi: Yoki mening ko‘nglim hamma vaqt yosh, yoki chiroy senga umrbod yo'ldosh. (M.B) [Pm]ga ko‘ra [WPm + WPm] turlari: a) bir xil [Pm] li qurilmalar: Xotinim bordi, keldi. b) har xil [Pm] li qurilmalar: Qaraysanmi, qaray qolgin. Demak, qo'shma gapni shakllantiruvchi (Pm) qo'shma gap tarkibidagi sodda gapda bir xil ham, har xil ham bo'lishi mumkin ekan.( Pm) umumiy bitta bo'lishi ham mumkin. Bunda qo'shma gap emas, uyushgan gap vujudga keladi. Qo'shma gapning umumiy lisoniy qolipi (WPm - WPm) bo'lib, u yana uch ko'rinishga ega: (WPm , WPm) (WPm —> WPm), (WPm —> WPm). ( WPm ,W Pm) qolipli qo‘shma gapning mohiyati shundaki, uning tarkibiy qismi bo'lgan sodda gap kesimining har biri mustaqil shakllangan bo'lib, ularni osongina alohida sodda gapga aylantirib yuborish mumkin: Men seni o'ylayaman, shuni bilasanmi? [WPm,WPm] usullik ko‘rinishli gaplarda mustaqil kesimlik shakli (MKSh)dagi gaplar birlashtiriladi. Birlashish intonatsion va mazmuniy omil asosida, ko‘p hollarda bog'lovchi vositasida amalga oshiriladi. (WPm, WPm) usullik ko‘rinishli qo‘shma gapni tashkil etuvchi sodda gap orasida turli m a’noviy munosabat mavjud bo'ladi. Masalan: O‘qituvchi keldi, dars boshlandi. Gapda quyidagi munosabatlar yuzaga chiqadi: a) uzilishli birin-ketinlik; b) uzilishsiz birin-ketinlik; d) payt munosabati; e) natija munosabati; f) sabab munosabati va hokazo. (WPm, WPm) bu mustaqil sodda gap sifatida qo'llana oladigan birdan ortiq gapning nutqda ma’lum bir bog'lovchi vosita bilan o‘zaro bog'lanishi va bitta tugal ohangga, bitta gap to 'xtamiga ega bo'lishi. Ma'lum bo'ladiki, (WPm,WPm) (WPm-WPm) umumiy qolipining oraliq bir ko'rinishi sifatida lison va nutqqa daxldor bo'ladi.13 (WPm —> WPm) usullik ko‘rinishli gapda har ikkala sodda gap ham shakllangan (Pm)ga ega bo'lsa-da, birinchi gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi (MKSh) bo'la olmaydi. U hamisha tobe gap markazini shakllantiruvchi vosita sifatida o'z mazmunini namoyon qilish uchun o'zidan keyin mustaqil holda namoyon bo'la oladigan, voqelanishi uchun oldingi gapga ehtiyoj sezmaydigan gap bo'lishini taqozo qiladi. Boshqacha qilib aytganda, bu usullik ko‘rinishli gap tarkibidagi oldingi sodda gapning kesimi NKSh bilan, keyingisi MKSh bilan shakllangan bo'ladi: 1.Feruza toshli uzukni olar ekan, Saidaxonning ko'zlari quvonchdan yaltirab ketdi. [WPm —> WPm] turli qo‘shma gap tarkibidagi nomustaqil kesimni hosil qiluvchi turli-tuman vosita bor. Nomustaqil kesim shaklining o‘zbek tilidagi usullik vakili shart mayli qo‘shimchasi (-sa) dir. Masalan: Men о‘qisam, u eshitadi gapida ,,u eshitadi" gapi o‘z holicha mustaqil sodda gap bo‘lib kela oladi, ,,Men о‘qisam" qismi esa qo‘shma gap tarkibidan tashqarida shu holicha mazkur mazmunni bera olmaydi. (-sa) qo‘shimchasi bilan shakllangan kesimli gap mustaqil qo'llanaverishi ham mumkin. Masalan: Avra-astarini ag'darib mohiyatiga nazar tashlasangiz. (-sa) biriktiruvchi unsur sifatida quyidagi mazmunning ifodalanishiga sabab bo'ladi: a) payt: Borsam, joyi gulzor ekan, ko‘rsam o'zi jonon ekan; b) to‘siqsizlik: Alisher Navoiy dunyodan о‘tgan bo‘lsa, uning asarlari tirik; d) shart: Sen bo‘lmasang, gullar kulmaydi, sen bo‘lmasang, bo‘Imaydi bahor. (-sa) unsurining qo‘shma gap tarkibida shart mazmunini ifodalashi bir xil emas. (-sa) shaklli ba’zi gapda shart mazmuni kuchli bo‘lsa, ba’zilarida kuchsiz namoyon bo'ladi. Shart ergash gapli qo‘shma gapda shart ma’nosi o‘ta kuchli bo'ladi. Ko‘rinadiki, (-sa) shart mayli shakli faqat shart ergash gapli qo'shma gap uchungina xizmat qilmaydi. -(a)r+di shakli ham (WPm —> WPm) usullik ko‘rinishidagi gapni hosil qiladi. Bu shakl ko‘p hollarda (-ar edi) ko'rinishida keladi. -(a)r shakli qo‘shma gapning [WPm —> WPm] usullik ko‘rinishi hosilalari tarkibida kelganda quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: a) shart: Agar ana shu ishga munosib hissa qo‘shar ekanman, xalq ishonchini oqlagan bo‘laman; b) payt: Jannat xola begona betob bola tepasida o‘tirib, o‘z bolasini o'ylarkan, ko'zlaridan dumalab tushayotgan achchiq yoshlari ajinli yuzlarini kuydirardi. (S.Ahmad); d) sabab: Kechani kecha, kunduzni kunduz demay ter to‘kar ekanmiz, turmushimiz ham farovon bo'lishi shart. (Sh.Rashidov). Ko‘rinadiki, qo‘shma gap tarkibiy qismlarining hokim-tobelik munosabatini namoyon qilishda nisbiy so‘z nomustaqil kesimlik shakliga qo‘shimcha vositadir. (WPm<—>WPm) umumiy ko‘rinishli qo‘shma gapni tashkil etuvchi sodda gap kesimining biri ikkinchisini, ikkinchisi birinchisini taqozo qiladi. Ikkalasining ham kesimi NKSh hisoblanadi. Boshqacha aytganda, bu sodda gap qo‘shma gapdan anglashilgan mazmunni ifodalash uchun bir-biriga ehtiyoj sezadi: O'zi so‘rasa ekan, men aytsam. (WPm<—>WPm) usullik ko‘rinishli qo‘shma gaplarning kesimlarini shakllantiruvchi vositalar kam miqdori tashkil etadi: I. a) birinchi qismda (-sa) ikkinchi gap kesimida -(a)rdi shakli keladi: Oyi, havo ochilib ketsa, birga daryo bo'yiga borar edik. b) birinchi gap kesimida (-sa ekan), ikkinchi gap kesimida (-sa) shakli keladi: Otam bo'lsa ekan, men endi yursam(F.Yo‘ldosh). d) birinchi gap kesimida(-sa+mi), ikkinchi gap kesimida (ardi)shakli keladi. Ba’zan (-mi) yuklamasi (-sa) shakliga bevosita qo‘shiladi: Mabodo uning qo‘lidan yetaklasa bormi, mushkuli osonlashib, ahvoli yengillashardi. e) birinchi gap kesimida (-sa edi), ikkinchi gap kesimida -(a)rdi shakllari keladi: Onam bo‘Isa edi, qishlog‘imga ketardim. f) birinchi qismi (-sa) va ikkinchi qismi (-ma+sin ekan) shakli bilan keladi: Yetim qoladigan bo‘Isa, onadan tug‘ilmasin ekan. II. a) birinchi gap kesimida (-sin edi), ikkinchi gap kesimi tarkibida —(a)r di birliklari qo'lIanadi: O‘zi kelsin edi, aytardi. b) birinchi qism kesimi tarkibida (-sin edi), ikkinchi gap kesimi tarkibida (-sa)shakli keladi: Oltin-kumush qurib ketsin edi, hammaning oyog'iga to'kilaversa. III. Birinchi gap kesimida boshqa shakllar, ikkinchi gap kesimida -(a)rdi, -(a)r edi shakli keladi: Men bo ‘Imasam, qo‘yning yarmi yo‘qolar edi. IV. Birinchi gap kesimi (-gan edi) birligi bilan, keyingisi boshqa birliklar bilan keladi: Agar bu ikki batalon bu yerdan ketmaganda edi, to'plar himoyasiz qolgan bo‘lur edi. Demak, [WPm-WPm] umumiy qolipining ko‘rinishidan bo‘lgan (W Pm<->WPm) qolipi har ikkala uzviy kesimlarining ham nomustaqilligi bilan xarakterlanadi. Download 55.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling