Qabul qildi: Boymirzayev A. M. Denov-2023 mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism
Ergash gaplar paradegmasi. Ergash gap va uning turlari
Download 55.45 Kb.
|
2.Ergash gaplar paradegmasi. Ergash gap va uning turlari
Birdan ortiq predikativ birliklarning intonatsion hamda grammatik jihatdan o‘zaro tobelanishi va biri ikkinchisining mazmunini izohlashi natijasida hosil bo‘luvchi qo‘shma gap turi ergash gapli qo‘shma gaplar deb yuritiladi. Ergash gapli qo‘shma gap ikki qismdan tashkil topadi: hokim-komponent va tobe komponent. Hokim komponent odatda bosh gapdan iborat bo‘ladi. Ergash gapli qo‘shma gap komponentlari o‘zaro ergashtiruvchi bog‘lovchilar nisbiy so‘zlar , so‘z formalari , tobelanish intonatsiyasi kabi sintaksis vositalar yordamida bog‘lanadi. Bog‘lovchi vositalarning ko‘pchiligi, asosan, ergash gap tarkibida kelib,uning tobe ekanligining ko‘rsatib turadi. Ergash gap bosh gapga nisbatan ma'lum bir sintaktik funksiyani bajaradi. Bosh gapdagi biror bo‘lakning maonosini ochadi yoki bosh gapning umumiy mazmunini ma'lum bir tomondan izohlaydi, konkretlashtiradi. Ergash gapli qo'shma gaplar sintaktik haqidagi fikr va xulosalar qiyosidan shu narsa ma'lum bo'ladiki, ergash gapli qo'shma gap ham sodda gap kabi ko'p planli murakkab hodisa. Shu murakkablik ergash gapli qo'shma gaplar paradigmasini belgilashda qiyinchilik tug'diradi. Ergash gapli qo'shma gaplar paradigmasini bildirilgan fikrlarni klassifikatsiya qilish, ularning ayrimlarini maqullab,ayrimlarini inkor etish uchun hozircha yetarli asosga ega emas. Chunki ergash gapli qo'shma gaplarga xos paradigmatik munosabatlar masalasi biror konkretal material bo'yicha izchil va atroflicha o'rganilgan emas.7 Ergash gap odatda, bosh gapni izohlash funksiyasida keladigan, izohlash orqali mazmunan bosh gapga tobe bo‘lgan qo‘shma gap qismidir, ergash gap turli tobelantiruvchi vositalar yordami bilan bosh gapga bog’lanadi. Bosh va ergash gapni biriktirishda turli leksik elementlarning – birinchi navbatda nisbiy olmoshlarning roli kattadir, bu olmoshlar ham bosh gap, ham ergash gap tarkibida bo‘lishi yoki ulardan birining tarkibida bo‘lishi mumkin. Bosh va ergash gap orasidagi bunday farqlar hamma va har qanday holatda to‘g’ri kelavermaydi, bu farqlanuvchi tomonlarning hammasi hisobga olingandagina bosh va ergash gapni chegaralash mumkin bo‘ladi. O‘zbek tilshunosligida ergash gapli qo‘shma gaplar (boshqa ko‘pgina tilshunosliklardagi kabi ) mazmuniy va shakliy jihatdan 14 turga ajratiladi:8 1) ega 2) kesim 3) to‘ldiruvchi 4) aniqlovchi 5) ravish 6) o‘lchov-daraja 7) chog’ishtirish – o‘xshatish 8) sabab 9) maqsad 10)payt 11) shart 12) o‘rin 13) to‘siqsizlik 14) natija ergash gapli qo‘shma gaplar Ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar havola bo‘lakli gaplar hisoblanadi, ularda ba’zan bosh gapda, ba’zan ham bosh, ham ergash gapda havola bo‘lak mavjud bo‘ladi. Natija ergash gapli qo‘shma gaplarda havola bo‘lak, asosan, bosh gapda bo‘ladi. Qolgan barcha ergash gapli qo‘shma gaplar havola bo‘laksiz gaplardir. Ega ergash gapli qo'shma gaplar.Bunday qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan eganing ma’nosini ochib beradi. Masalan: Kimki zo‘r ishlarga layoqatli bo‘lsa, u tilini tiygan bo‘ladi. Kimki yomonlar suhbatidan qochsa, u yaxshilar suhbatiga erishur. Kimki bilimiga tayansa, u doimo kamol topadi. Ega ergash gap bosh gap bilan fe’lning shart mayli shakli va –ki yordamchisi orqali birikib keladi. Masalan: 1. Kimki o‘rganishni uyat, or demas, Suvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos. (Nizomiy Ganjaviy). Kesim ergash gapli qo'shma gap. Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga – kesim ergash gap deyiladi. Kesim ergash gap bosh gapga ko'rsatish olmoshi tarkibidagi –ki yuklamasi yordamida boglanadi. Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz. Kesim ergash gapli qoshma gapda bosh gapning kesimi shuki, shundayki, shundan iboratki, shundaki, shu boldiki, shu ediki kabi shakllanadi. Bosh gap ergash gapdan oldin keladi: Maslahatim shuki, bugun ozga bir go'shaga chekining. To'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gap.Bosh gap tarkibida to'ldiruvchi vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gaplarga to'ldiruvchi ergash gaplar deyiladi. To'diruvchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so'zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo'llaniluvchi –ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. Gap qismlari nisbiy so'zlar yordamida bog'langanda, ergash gap kesimi shart mayli shaklida fe’llar bilan ifodalanadi va to'ldiruvchi ergash gap bosh gapdan oldin keladi: Kimki bo'lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. Aniqlovchi ergash gapli qo'shma gap. Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gaplarga aniqlovchi ergash gap deyiladi.9Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy sozlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qollaniluvchi –ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so'zlar yordamida birikkanda ergash gap bosh gapdan oldin keladi, ergash gap tarkibida qanday, qaysi, kimning kabi olmoshlar, bosh gap tarkibida esa shunday, shu, osha, uning olmoshlari qo'llanadi: Qaysi oilada totuvlik bo'lsa, u oila doim barakali bo'ladi. Ravish ergash gapli qo'shma gap. Bosh gapdagi voqea-hodisaning, harakatning qay tarzda yuzaga kelishi va bajaruvchini bildiradigan qoshma gap turi ravish ergash gap deyiladi. Ravish ergash gaplar qanday? qay tarzda? qanday qilib? kabi so'roqlardan biriga javob beradi. Ravish ergash gapning kesimi -b, -ib qoshimchasi bilan yasalgan ravishdosh yordamida ifodalanadi. Masalan: Download 55.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling