Qabul qildi: Boymirzayev A. M. Denov-2023 mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 55.45 Kb.
|
Qorong'i kechada ko'kka ko'z tikib,
Eng yorug' yulduzdan seni so'rayman. O'rin ergash gapli qo'shma gap. Bosh gapdagi ish-harakatining yuzaga kelish, boshlanish, yo'nalish ornini ifodalovchi ergash gap turi orin ergash gap deyiladi. O'rin ergash gap qayerda? qaerga? qaerdan? kabi so'roqlardan biriga javob boladi. O'rin ergash gapli qoshma gaplarning bosh gapi ergash gaplar tarkibida u yerga, u yerda, u yerdan, shu yerga, shu yerdan, o'sha yerdan ergash gaplar tarkibida esa qayerda? qayerga? qayerdan? kabi so'zlar bo'ladi. O'rin ergash gapning kesimi shart yoki buyruq maylidagi fel bilan ifodalanadi. Masalan: Ko'z qayerda bo'lsa, mehr ham o'sha yerda bo'ladi. Payt ergash gapli qo'shma gap. Bunday qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi voqea-hodisaning bajarilish vaqtini bildiradi. Payt ergash gap bosh gapga ko‘pincha ravishdoshning –(i)b, -gach, -guncha, -may affikslarini olgan shakllari orqali birikadi. Masalan: 1. Hujra eshigi ochilib, ichkariga biri orqasidan biri - Qobilboy bilan Safarboy kirdilar (A.Qodiriy). Sabab ergash gapli qo'shma gaplar. Bunday qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi voqea-hodisaning yuzaga kelish sababini bildiradi. Sabab ergash gaplar bosh gapga chunki, nechaki, shuning uchun kabi bog‘lovchilar va -gani uchun, -gani sababli, -(i)b affiksli ravishdosh, shekilli yordamchisi kabi grammatik vositalar orqali birikadi. Masalan: 1.Zaynab yalt etib qayinonasiga qaradi, chunki O‘zbek oyimning boyagi gapi endi unga aglashilg‘on edi (A.Qodiriy). Maqsad ergash gapli qo'shma gaplar.Bunday qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi voqea-hodisaning qanday maqsad bilan yuzaga kelishini bildiradi. Maqsad ergash gap bosh gap bilan ko‘pincha deb yordamchisi orqali birikadi. Masalan: 1. Uyga toza havo kirsin deb derazalarni ochib qoydi. 2. Onam xavotir olmasinlar deb tezroq uyga qayta qoldim. Shart ergash gapli qo'shma gaplar. Bunday qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi ish-harakatning yuzaga kelishidagi shartni bildiradi. Shart ergash gap fe’lning shart mayli shakli, -gan affiksini olgan sifatdoshda (-ganda) yordamchisi, -(a)r affiksini olgan sifatdosh+ekan to‘liqsiz fe’li va boshqa xil yordamchilar orqali bosh gapga birikadi. Masalan: Ta’lim tizimini isloh qilish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy, siyosiy iqlim keskin o‘zgaradi. Miqdor-daraja ergash gapli qo'shma gaplar. Bosh gapdagi voqeani uning hajmi va darajasiga ko'ra o'lchab ko'rsatadigan ergash gap turi miqdor -daraja ergash gap deyiladi. Miqdor -daraja ergash gap tarkibining kesimi shart mayli shaklida bo'ladi. Bunda ergash gapdagi qancha? qanchalik? nechog'lik olmoshlari bosh gap tarkibida kelgan shuncha, shunchalik, shu chog'li, shu qadar kabi so'zlariga mos keladi. Bunday ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar orqali birikadi: 1. -sa, -gan sari, -gan sayin: Yerga qancha ko'p ishlov berilsa, shunchalik hosil mo'l bo'ladi. Ahmad qanchalik kuch sarflagani sari, ish shunchalik chekinardi. 2. -ki (shunday, shu qadar, shunchalik, shu darajada): Konvert ustidagi adreslar ham, familiyalar ham shunday chiroyli qilib yozilganki, har qanday kishining havasi keladi. Natija ergash gapli qo'shma gaplar.Bosh gapdagi harakatning, belgining natijasini va voqeaning xulosasini ifodalovchi ergash gap turi natija ergash gap deyiladi. Natija ergash gap bosh gapdagi shunday, shuncha, shu qadar, shunchalik, chunon, bilan kabi so'zlar ning mazmunini aniqlashtiradi. Bosh gapning kesimiga -ki bog'lovchisi qo'shiladi, ergash gap tarkibida ba'zan natijada, oqibatda so'zlari keladi. Masalan: Shunday ishlaylikki, yakkachopdagilar qoyil qolsin. Saidaning tabi shu qadar ochildiki, o'rnidan turib o'tirishga majbur bo'ldi. To'siqsiz ergash gapli qo'shma gaplar. Bosh gap va ergash gapdagi mazmun bir-biriga zid bolsa ham, shu zidlikka qaramay, bosh gapdagi voqea-hodisaning yuzaga kelishi ifodalovchi ergash gap turi to'siqsiz ergash gap deyiladi10. To'siqsiz ergash gap bosh gapga quyidagicha birikadi. 1. -sa ham, -sa hamki: Mirzo Ulug'bek allaqanday sovuq bo'lsa ham, butun umri o'tgan bu ko'hna saroy bilan abadul-abad vidolashayotgani esiga tushib beixtiyor to'xtadi. Bo'lsang yigit, bo'lsang hamki chol, qo'lingga qurol ol! 2. -ganda ham -sa -da: Bu haqda Nosirov gapirganda bu faktni tahlil qilib berganda ham, Saida etibor qilmagan edi. Garchi u o'z aybini tan o'lsa- da, hali uning boyi eggik yoq edi? 3. -gan -da, gani bilan: Lablari kulmoqchi bolgani bilan qovoqlari Download 55.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling