Qabul qildi: Boymirzayev A. M. Denov-2023 mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism
Qo'shma gap qismlarining miqdoriga ko'ra turlari
Download 55.45 Kb.
|
1. Qo'shma gap qismlarining miqdoriga ko'ra turlari.
Mazmun va grammatik jihatdan turli vositalar yordamida bog'lanib, ohang butunligiga ega bo'lgan yaxlit bir tushunchani ifodalovchi ikki va undan ortiq sodda gaplardan tuzilgan gaplar qo'shma gaplar deyiladi. Qo'shma gap tuzilishi va qurilishi jihatidan sodda gaplardan farq qiladi. Sodda gaplar so'z yoki so'z birikmalar asosida quriladi. Qo'shma gaplar esa bir nechta sodda gaplarning birikmasidan hosil qilinadi. Masalan: 1. Ukam o'rtoqlari bilan birga ko'chada o'ynayabdi (sodda gap). 2. Vaqting ketdi — baxting ketdi ( qo'shma gap). Qo'shma gap qismlari o'zaro yordamchi so'zlar ( bog'lovchilar, ko'makchilar, yuklamalar) bog'lovchi vazifasidagi so'zlar, turli qo'shimchalar, ohang orqali bog'lanadi. Shu xususiyatlariga ko'ra qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo'linadi: Oddiy qo'shma gap, murakkab qo'shma gap.4 Oddiy qo'shma gap. Mazmun va grammatik jihatidan o'zaro bog'lanib, ohang butunligiga ega bo'lgan qo'shma gap oddiy qo'shma gap deyiladi. Masalan: Suv keldi, nur keldi. Bunday qo'shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar bog'lovchilar, turli qo'shimchalar va ohang hamda ko'makchilar bilan o'zaro bog'lanadi. Oddiy qo'shma gaplar quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Bog'langan qo'shma gap; 2. Bog'lovchisiz qo'shma gap; 3. Ergashgan qo'shma gap. Bog'langan qo'shma gap. Tarkibidagi sodda gaplarning o'zaro teng aloqaga kirishuvidan tuziladigan gaplar bog'langan qo'shma gap deyiladi. Masalan: Meni kutgil va men qaytaman. Bog'langan qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmunan birinchidan, bir paytda yoki ketma-ket bo'ladigan voqea-hodisalarni ifodalasa, ikkinchidan, mazmunan qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar biriktiruv, zidlov, ayiruv va yuklama bog'lovchilari orqali bog`lanadi. Demak, bog'langan qo'shma gaplar biriktiruv, ayiruv, zidlov bog'lovchilari va yuklamalar yordamida bog'lsngan qo'shma gaplarga bo'linadi.5 Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda voqea-hodisa bir vaqtda yoki ketma-ket yuzaga kelgan bo‘ladi. Bunday bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasida va, ham (hamda) biriktiruv bog‘lovchilari yoki shu bog‘lovchilar vazifasida kelgan -u, -yu, -da kabi yuklamalar ishlatiladi. Masalan: 1.Shamol esar va uning shovqini daraxtlarni mayingina silkitar edi. 2.Dutor «Ifor» kuyini chaldi va childirma ham nozik yo‘l bilan unga qo‘shila bordi (A.Qodiriy). 3.Daryo tomondan guvillab esib turgan shabada yo‘l bo‘yidagi o‘t-o‘lanlarni tebratar hamda sarg‘ayib borayotgan arpalar undan mavj urar edi. 4.Odamlar qo‘li tegdi-yu, tashlandiq yerlar obod bo‘lib ketdi. Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda ikki gapdagi voqea-hodisa galma-gal yuzaga kelgan bo‘ladi yoki ikki voqea-hodisadan birininggina yuzaga kelishi ifodalanadi. Bunday bog‘langan qo‘shma gaplarda galma-gal yuzaga keladigan voqea-hodisa ifodalangan bo‘lsa, bunday qo‘shma gap komponentlari goh-goh, ba’zan-ba’zan, dam-dam, bir-bir kabi ayiruv bog‘lovchilari orqali birikadi. Masalan: 1.Shiddatli jang maydonidan dam yarador jangchilarning ingragan ovozi eshitilar, dam Bektemirning og‘ir so‘lg'in yuzi ko‘rinardi (Oybek). 2. O‘sha mash’um kun goh savalab, yomg‘ir yog‘ardi, goh qor hamma aybni bekitmoqchi bo‘lgandek, qalin yog‘ardi(Shuhrat). 3. Ba’zan sho‘x musiqa yangraydi, ba’zan zo‘r qah-qaha olamni buzadi. Bog‘langan qo‘shma gapda ikki voqea-hodisadan birininggina bajarilishi ifodalangan bo‘lsa, bunday qo‘shma gap komponentlari yo-yo (yoki), xoh-xoh kabi ayiruv bog‘lovchilari orqali bog‘lanadi. Masalan: Yo ko‘k unga o‘z sirlarini ochishni tilamas, yo uning aql ko‘zgusi xiralashib qolgan. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda ikki komponentdagi voqea-hodisa bir-biriga zid, qarama-qarshi qo‘yilgan bo‘ladi. Bunday bog‘langan qo‘shma gap komponentlari zidlov bog‘lovchilari va shu bog‘lovchilar vazifasida qo‘llangan –u (-yu), -ku, -da yuklamalari orqali birikadi. Masalan: 1.Haydar ariq labiga cho‘nqayib, muzday suvga yuz-ko‘zlarini yuvdi, biroq ko‘nglidagi Quborni muzday suv ham tarqata olmadi (O.Yoqubov). 2. Osmonni birdan qora bulut qopladi, lekin yomg‘ir yog‘ishidan darak yo‘q. 3. Zaynab ham Kumushga qo‘shildi, ammo Kumush yuzini chetga o‘girgan kuyi o‘tirar edi (A.Qodiriy). 4. Bu mulohazang tuzuk-ku, biroq men bilan achchiqlashgan bir kishinikida mehmon bo‘lish boshni qotiradir (A.Qodiriy). Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda har ikki komponentda inkor mazmuni ifodalangan bo‘ladi. Bunday qo‘shma gaplarda na-na bog‘lovchisi biriktiruvchi vosita bo‘lib keladi. Bunday qo‘shma gaplardagi ikki komponent tasdiq gap shaklida kelib kesimlari bo‘lishlilikni ifodalovchi so‘zlar bilan ifodalangan bo‘lsa ham, inkor bog‘lovchisining qo‘llanishi bilan ularda inkor mazmuni ifodalanadi. Agar ikki gap inkor shaklda bo‘lsa, undagi inkor mazmuni kuchaytiriladi. Masalan: 1.Unga na saroybon nazar soldi, na posbon ichkariga taklif qildi. (O.Yoqubov). 2. Uchrashish uchun bizda na joy bor, na vaqt bor. 3. Na yomg‘ir yog‘maydi, na quyosh chiqmaydi. Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarning ikkinchi komponentida kesim ba’zan qo‘llanmasligi mumkin: Davolanish uchun na dori bor, na darmoni. Dard ustiga chipqon deganday Kimsandan na xat bor, na xabar. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap. Bog'langan qo'shma gap deb, tarkibidagi sodda gaplari hech qanday bog'lovchi yoki bog'lovchi vazifasidagi vositalarning yordamisiz aloqaga kiruvchi gaplarga aytiladi. Bog'lovchisiz qo'shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmun munosabatlariga ko'ra, retim, intonatsiyaga ko'ra, o'rinlashishiga ko'ra o'zaro bog'lanadilar. Bundan tashqari, bu xil qo'shma gaplarning tarkibidagi sodda gaplarning kesim formalari ham ularning bog'lanib qo'shma gap hosil qilishlarida ma'lum rol o'ynaydi. Masalan: Daraxtlarning ustida onda-sonda qushlarning sadosi bir zumgina yangrar, yana og'ir jimlik cho'kardi. Bog'lovchisiz qo'shma gaplar bilan bog'langan yoki ergash gapli qo'shma gaplar orasida ayrim hollarda ma'lum darajada yaqinlik, parallellik bo'ladi va bog'lovchisiz qo'shma gaplarni bog'lovchili gaplar bilan almashtirish ham mumkin: Sen kelasan — ish boshlaymiz. Sen kelasan va ish boshlaymiz. Sen kelgach, ish boshlaymiz. Bog'lovchisiz qo'shma gapni bog'lovchili qo'shma gap bilan almashtirganda, ham har ikki qo'shma gap bir-biriga mazmunan va intonatsiyada teng bo'lmaydi. Bundan tashqari bog'lovchisiz qo'shma gap bog‘langan va ergash gapli qo'shma gaplardagi hamma ma'no munosabatlarini ifodalay bermaydi. Shuningdek, bog'lovchisiz qo'shma gaplarda ifodalangan ko'p ma'no munosabatlariga parallel konstruktsiyalar bog‘langan yoki ergash gapli qo'shma gaplarda qo'llanmaydi. Bog'lovchisiz qo'shma gaplarning ayrim turlari ko'p ma'noli bo'lib, bog'langan qo'shma gapning ham, ergash gapli qo'shma gapning xususiyatini ham o'zida ifodalaydi. Masalan: Kanal qazigan edik, suv chiqmadi. Bundan tashqari, ba'zi bir bog'lovchisiz qo'shma gaplarni, mazmuni va intonatsiyaga ko'ra ergash gaplar bilan almashtirish mumkin bo'lsa-da, ularni ergash gapning biron konkret turiga kiritish mumkin emas. Masalan: Yurt tinch — sen tinch. Ergashgan qo'shma gap. Mazmun, ohang va grammatik jihatidan biri ikkinchisiga tobelanib, uni toldirish, izohlash, aniqlash uchun xizmat qiladigan qoshma gaplar ergashgan qoshma gap deyiladi. Shuning uchun bu qoshma gaplarning komponentlaridan biri hokim, ikkinchisi tobe sanaladi. Hokim, tobe munosabatlariga ko'ra ergashgan qoshma gaplar ikkiga bolinadi: 1. Bosh gap. 2. Ergash gap. O'zicha mustaqil bo'lib, boshqa gapga tobelanmagan gap bosh gap deyiladi. Bosh gapga ergashib uni izohlab kelgan gap ergash gap deyiladi.Masalan: ,, Ildiz oziq bersa, novda ko'karar" gapida ildiz oziq bersa — ergash gap, novda ko'karar — bosh gap. Bunda ergash gap bosh gapni payt munosabatiga ko'ra izohlagan. Ergashgan qo'shma gapda bosh gapning kesimi to'liq shakllangan bo'ladi, ammo ergash gapning kesimi to'liq shakllanavermaydi, shunga ko'ra ergash gap bosh gapga ergashtiruvchi vositalar, bog'lovchilar, ko'makchilar, nisbiy so'zlar va ayrim fe'l shakllari orqali birikadi. Murakkab qo'shma gaplar kamida uch va undan ortiq sodda gaplaming o'zaro bog'lanishidan yuzaga keladi.6 Bunday qo'shma gaplar bog'lanish yo'li bilan ham, ergashish yo'li bilan ham tuzilishi mumkin. Masalan: Bahor keldi, maysalar ko'kardi va dalalar ko'm-ko'k tusga kirdi. Qo‘shma gaplar ba’zan uch yoki undan ortiq komponentlardan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Bunday qo‘shma gaplar tarkibidagi komponentlar o‘zaro munosabatiga ko‘ra uch xil ko‘rinishiga ega bo‘ladi: Komponentlar orasida tenglanish munosabati bo‘lib, undagi gaplarning barchasi teng huquqli bo‘ladi. Ya’ni ular bog‘langan qo‘shma gaplarday munosabatga kirishadi. Masalan: Qor tingan, yo‘llar qorga ko‘milib ketgan, ko‘chalar sirg‘anchiq edi. Murakkab qo‘shma gaplarning ikkinchi turida tobelanish munosabati asosida ikki va undan ortiq ergash gap (bir necha ergash gap) bitta bosh gapga tobelanib keladi. Bunday qurilmalar bir necha ergash gapli qo‘shma gap deb ham nomlanadi.Yuqorida ko‘rib o‘tilgan ergash gaplarning barcha turi ham birdan ortiq kelib bir bosh gapga tobelanib kelishi mumkin. Masalan: 1.Kimning bilagida kuchi bo‘lsa, kim ishning havasini olsa, o‘sha ilg‘or bo‘ladi. Aralash murakkab qo'shma gaplar. Bunday gaplar bir necha ko'rinishdagi ega: 1.Bog'lanish va ergashish yoli bilan tuzilgan murakkab qoshma gaplarda sodda gaplar o'zaro boglanish, ham ergashish yoli bilan munosabatga kirishadi. Masalan: 1.Bahor keldi, lekin havo sovuq edi,chunki bu yil qish bir oz cho`zildi. 2. Bog'lanish yo'li bilan va bogqlovchisiz munosabatga kirishish yoli bilan tuzilgan murakkab gaplarda sodda gaplar munosabati turlicha boladi. 1.Tuproq semiz. 2.Suv yaxshi. 3.Havosi ochiq. 4.Quyosh esa yil bo`yi bu yerga osiq. 3.Har uch munosabat asosida bog'lanish, ergashish, bog'lovchisiz tuzilgan murakkab qo'shma gaplarning o'zaro munosabati turlicha bo'ladi. Masalan: 1.O'rtoq Xolnazarov ovqatga ishtahasi bo'lmay, chalqancha yotib papiros tortar ekan, u ko'z oldidan g'alati manzaralarni o'tkazdi va toliqqan ko`zlari uyquga ketdi , tushiga ham shu manzaralar kirdi. Demak, qo'shma gaplar ikkita gapdan tashkil topar ekan. Birinchi gap ikkinchi gapga turli vositalar yordamida bog'lanadi.Bu esa qo'shma gaplarni o'z ichki bo'linishlariga ega bo'lishini ko'rsatar ekan. Download 55.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling