Qadimgi arabiston


Download 1.1 Mb.
bet1/7
Sana05.11.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1749137
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sivilizasiya tiplari va turlari




ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

Tarix fakulteti sirtqi ta'lim yo‘nalishi.


Fan :Jahon svilizatsiyalari tarixi.

Mavzu: Sivilizasiya tiplari va turlari.


MUSTAQIL ISHI

Tayorladi: Sug'diyona Kamolova


Qabulqildi:
Isaqova Feruza

Reja:
KIRISH




ASOSIY QISM



  1. Sivilizatsiyalar tushuncha va tuzilish

  2. Sivilizatsiyalarning yemirilishida chetki ta’sirlar

  3. Jahon sivilizatsiyalarining almashuv konsepsiyasi



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari tarixini o‘rganish manbalarning fragmentlar bilan berilishi hamda ularning tarixiy interpretasiyasining murakkabligi tufayli ularni tadqiq qilish qiyin kechadi. Ayniqsa, bu ularning ijtimoiy-iqtisodiy xarakterini o‘rganishni murakkablashtiradi. 4 Lekin shunga qaramay, qadimgi Sharq tarixini o‘rganishda bizga asosan arxeologiya bo‘limi yordamga keladi. Sharq sivilizatsiyalarining kelib chiqish va rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar, ayniqsa, ularning ijtimoiy, siyosiy tuzumi va huquq tizimida yaqqol namoyon bo‘ladi. Aynan birlamchi sivilizatsiyalarda insonning eng muhim madaniy yutuqlari qo‘lga kiritilinadi. Jumladan: Yozuvning ixtiro etilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Unga asosan odamzod o‘lmas iz qoldirdi. Shu tufayli tuganmas bilimlar to‘plana bordi hamda bilimlarni ixtiro etuvchi, to‘plovchi va saqlovchi kabi yangi mutaxassislar paydo bo‘ldiki, ular u yoki bu jamiyatda turli nomlar bilan atalgan. Asta-sekin ushbu mutaxassislikka tayyor va tanlash tizimi paydo bo‘ladi, keyinchalik esa uning o‘zi ma’lum guruh mutaxassisliklariga bo‘linadi. Ilk sivilizatsiyalarning xarakterli xususiyatlaridan biri bilimga nisbatan chuqur hurmat, mifologik tasavvurlarning xususiyatlaridan biri bilimga nisbatan chuqur hurmat, mifologik tasavvurlarning vujudga kelishi, shuningdek, real tarixiy shaxslarni afsonaviy donishmandlarga aylantirilishi hisoblanadi.


Sivilizatsiya so’zi insoniyat tarixidagi sifat chegarasini belgilash bilan bog’liq. Ushbu tushunchaning yuzaga kelishi Ma’rifatparvarlik davridagi Yevropa fani va adabiyotining yutug’idir. Ammo sivilizatsiya haqidagi ilk tushunchalar ancha ilgari yuzaga kelgan. Qadimgi davrlardayoq insonlar o’zlarining dunyolarini o’zgalar dunyosi bilan solishtira boshlashgan. Antik davrda sivilizatsiya so’zi bilan belgilanmasa-da, o’z taraqqiyot darajalariga varvarlikni qarama-qarshi qo’yganlar.
Sivilizatsiya so’zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli ma’nolarini anglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan tarjima qilganda qo’pol, yovvoyi so’ziga qarshi ma’noda qo’llanilgan. Sivilizatsiya tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo bo’lgan. Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo’llanilgan, ammo bora-bora bu ikki atama o’rtasida farq paydo bo’ldi. Masalan, nemis faylasufi I.Kant bu tushunchalar o’rtasidagi yaqinlik va tafovut mavjudligini ko’rsatib o’tgan edi. Ko’pchilik faylasuflar “sivilizatsiya” deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, “madaniyat” deganda esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan. XX asr boshlariga kelib, nemis faylasufi O.Shpengler “Yevropa quyoshining so’nishi” asarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi qo’ydi. Uning fikricha, sivilizatsiya madaniyatning eng yuqori bosqichi bo’lib, undan keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga yuz o’giradi. Nemis faylasufi sivilizatsiya deganda texnik- mexanik jarayonlar majmuini nazarda tutgan.
Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoit yaratadi.
Sivilizatsiya kategoriyasining serqirraligi va ko’p serma’noligi tufayli unga aniq ta’rif berish mushkul. “Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo’lib, har bir o’ziga xos ta’rifida ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlariga alohida urg’u beriladiki, bu umuman sivilizatsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyatini to’laroq anglab etishga xizmat qiladi.
Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy jarayonning birligi va ushbu jarayon davomida insoniyatning moddiy-texnik hamda ma’naviy yutuqlarning majmui. Sivilizatsiya umumjahon tarixiy jarayonining ijtimoiylikning ma’lum darajasiga erishish bilan bog’liq bosqichini ham anglatadi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi - madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya madaniyatso’zining sinonimi sifatida, ko’pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qo’llaniladi.

Shveytsariyalik tarixchi J.Starobinskiyning fikricha, sivilizatsiya tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi Viktor Riketi Mirabo (1715-1789 yy) o’zining “Qonunlar do’sti” asarida qo’llagan. 1767 yilda u shotlandiyalik ma’rifatparvar Adam Fergyusson (1723-1816) asarida paydo bo’ldi. O’shanda ushbu atama madaniy taraqqiyotning umumiy darajasini anglatgan. Sivilizatsiya ma’rifatsiz xalqlarga, qorong’u feodalizm davri va o’rta asrlarga qarama-qarshi qo’yilgan. A.Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni sifatida “madaniyatning o’zlashtirish darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik, sivilizatsiya. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz to’g’irladi va to’ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko’chib yuruvchi, ko’chmanchilik), dehqonchilik va sivilizatsiya.



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling