Qadimgi misr madaniyati


Download 261.88 Kb.
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi261.88 Kb.
#1569094
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qadimgi misr madaniyati

, qo'ng'iz va hokazolar) tasviri realligi va ta'sirchan ishlanganligi bilan kishi xotirasida yaxshi saqlanadi.
Misr san'atida mayjud bo'Igan bu realizm oqimi, ayniqsa, Fir'avn Exnaten (Amen Xoap IV) davrida yuksak kamolotga erishdi. Shu davrda yaratilgan nodir haykaltaroshlik namunalaridan biri bo'Igan Nefertiti haykali hozirgi kunda ham go'zallik ramzi tarzida kishiga quvonch baxsh etadi. Bu haykal o'zining ishlanish mahorati, o'rinli lopilgan material (sarg'ish qumtosh) obrazning yanada latofatli va ko'rkam bo'lishiga xizmat qiladi. Ochiq chehra, tabassumga shaylanib turgan lablar, katta ochilgan ko'z, qirra burun - bularning hammasi ayollarga xos nafis va nazokatli xislatlarni ochishga yordam beradi. Misr san'atida me'morchilik yetakchi o'rinni egallab kelgan, san'atning boshqa turlari esa shu san'at bilan bog'liq holda rivojlangan. Misr me'morchiligining namunalaridan biri - bu mastaba va piramida(ehrom)lardir. Shularning ichidagi eng yirik fir'avn ehromi bu Giza yaqinidagi Xeops piramidasidir. Bu piramidaning balandligi 146,6 m, asosining uzunligi 233 m. U hozirgi kunda ham yaxshi saqlanib qolgan. Tarixchi Gerodotning gapiga qaraganda, bu piramida 30 yil mobaynida qurilgan. Uni qurish uchun 100 000 qul haydab olib kelingan va ular chet eldan keltirilgan qullar hisobiga to'ldirilib borilgan. Piramida og'irligi 2-3 tonnali ohaktoshdan qurilgan bo'lib, uni qurish uchun 2 300 000 ohaktosh bo'lagi ishlatilgan. Bu piramidalarning vazifasi faqat maqbara ustiga qo'yilgan yodgorlik toshi emas. Bular, avvalo, fir'avnlarni ulug'lash, ularni ilohiylashtirish va shu bilan fuqarolarda podsho hokimiyatining mustahkamligiga ishonch tug'dirish va ularni doim qo'rquv asoratida saqlash va itoatkor bo'lishini ta'minlash edi.
Misrda saroylar va ayniqsa ibodatxonalar qurilishiga alohida ahamiyat berilgan. Har bir qurilgan saroy va ibodatxonalarning ichki va tashqi tomoni tasviriy san'at asarlari bilan bezatilgan. Shunday muhtasham ibodatxonalar qurilishi, ayniqsa, yangi podsholik davrida (eramizdan avvalgi ikki minginchi yillar) keng taraqqiy etgan. Bu davrda yaratilgan Luksor va Karnak ibodatxona- larida g'oyat katta ustunli zallar, ochiq ustunli hovlilar bo'Igan, uning kiraverishiga mustahkam minor (pilon)lar tiklangan, ro'parasiga esa sfinkslar galleyasi ishlangan. Ibodatxonaning devorlari devoriy surat, bo'rtma tasvir va ierogliflar bilan qoplangan.
Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi vohasida bugungi Misr Arab Respublikasi yerlarida juda qadim paytlarda (yer.av.VI ming yillik) bir qancha qabilalar yashagan. Yeramizdan avvalgi 4000 yillikda shu yerda yer yuzida birinchi sinfiy jamiyat kurtaklari nish urdi, quldorlik davlatlari yuzaga keldi, rivojlandi. Yeramizdan avvalgi 4000 yillik oxiri-3000 yillik boshlariga kelib esa ular yagona yirik despotik davlatga aylandi. Qadimgi Misr san’ati tarixi ana shu davlatlarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va inqirozidan tortib to Makedoniyalik Iskandar (Aleksandr Makedonskiy)ning yurishi bilan uning ellinistik dunyoga qo’shilib ketishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi, o’rganadi, taxlil etadi. Qadimgi Misr uzoq yo’lni bosib o’tdi. Deyarli 4000 yildan ortiq vaqtni o’z ichiga olgan bu davr mobaynida tasviriy va amaliy san’at, me’morchilikning nodir durdonalari yuzaga keldiki, ular bugungi kunda ham o’zining ulug’vorligi va yuksak badiiyligi bilan kishilarni hayajonlantiradi. Qadimgi Misr san’ati o’zining butun taraqqiyoti mobaynida din va uning turli marosimlari bilan uzviy bog’liq holda rivoj topdi. Me’morchilik esa san’atlar ichida yetakchi o’rinni egallab, ularning xarakter va uslubiga o’z ta’sirini o’tkazdi. Yeramizdan avvalgi XXVII asrlarda Misr tarixida eng gigant piramidalar qurildi. Piramidalar ansambli ichida eng kattasi Xeops piramidasidir. Balandligi 146,6 metr, asosi yesa 233 m. Tarixchi Gerodotning ta’rifiga ko’ra, Xeops piramidasi 20 yil mobaynida qurilgan. Piramidaga toshlar olib kelish uchun kerak bo’lgan yo’lni qurish uchun esa 10 yil ketgan.
Fivadagi Karnak va Luksor ibodatxonalari gigant me’morchilik majmualaridandir. Karnak (yer.av.XVI asr, me’mor Ineni) va Luksor ibodatxonalari (yer.av. XV asr, me’mor kichik Aminxotep) me’morlar birinchi bor ochiq hovli atrofini kolonadali yechib, yangi podsholik me’morchiligining o’ziga xos tomonlarini shakllanishiga asos soldilar. Bu majmualarda Qadimgi Misr me’morlik an’analarining muhim tomonlari o’z ifodasini topdi, shu bilan
birga, tantanali va hashamatli bo’lib borayotgan marosimlar bilan aloqador bo’lgan me’morchilikning yangi ko’rinishlari namoyon bo’ldi.
Tasviriy san’at. Qadimgi Misr tasviriy san’ati me’morchilik bilan bog’liq xolda rivoj topdi. Ijtimoiy hayotning murakkablashib borishi va sinfiy jamiyatning yuzaga kelishi bilan u boshqaruvchi sinfning kuchli ideologik quroliga aylandi.
Dinastiyagacha bo’lgan davrdan bizgacha ko’pgina haykaltaroshlik, rassomlik va amaliy san’at namunalari yetib kelgan. S’Hular ichida turli diniy- magik marosimlar o’tkazishda qorishtirish uchun foydalanilgan yassi, yupqa, kul rang, yashil, qora tosh-shifer plitalar alohida o’rin ‘gallaydi.
Rassomlikda yangi mavzular ham keng o’rinni yegallay boshladi. Rassomlar har bir obraz hatti-xarakatini tabiiy va go’zal bo’lishiga e’tibor bera boshladilar. Mayda plastinada janrli kompozisiyalar yaratish, odamlarni harakatda ko’rsatish xollari, oddiy kishilar mehnatini tasvirlash bu davrda keng rivojlandi.
Qadimgi Misr realistik san’atining eng gullagan davri yangi podsholikka to’g’ri keldi. Rassom va haykaltaroshlar zadagonlar hayotiga bag’ishlangan serjilo devoriy suratlar, nafis relef va haykaltaroshlik asarlari yaratdilar. Ular asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan hayotiy kompozisiyalar yaratdilar, emosional tomonlariga e’tibor qaratdilar.


XULOSA
Shunday qilib qadimgi Misr madaniyati o'zining qadimiyligi va rivojlanish darajasi bilan boshqa xalqlar madaniyatidan ustun turgan.Qadimgi Misr madaniyati Yunoniston Rim va Sharq xalqlari madaniyatining rivojiga ta'sir ko'rsatgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Avdiyev Qadimgi sharq tarixi Toshkent-1964

  2. Dmitriyeva " Kratkaya istoriya iskusstva" "Iskusstva" 1985

  3. Ergashev "Qadimgi sivilizatsiyalar"Toshkent "O'zbekiston"2016

  4. Kuzishina "Istoriya drevnogo vostoka" Moskva 1979

  5. Sultonov "Qadimgi dunyo tarixi" Toshkent "Sharq"2010






Download 261.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling