Qadimgi misr madaniyati


Download 261.88 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi261.88 Kb.
#1569094
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qadimgi misr madaniyati

1. Qadimgi Misr yozuvi.


Misr insoniyat madaniyatining eng qadimgi markazlaridan biri hisoblanadi. Yozuv ma'naviy madaniyatning ajraljnas qismidir. Qadimgi misrliklar bundan 6-7 ming yillar muqaddam belgi-rasmlar shaklidagi iyeroglif yozuvini kashf etganlar. Bu yozuvlar 750 belgi-rasmlardan iborat bolgan.
Misr yozuvida narsa va hodisalar har turli rasm va belgilar yordamida ifoda etilgan. Masalan, suv so'zi uch qator to'lqinsimon chrziq, tog' so'zi ost tomoni tekis, yuqori tomoni qabariq, o'rtasi botiq shakl bilan ifoda etilgan. Qo'lida o'q- yoy ushJab turgan odam rasmi jangchi, o'roq ushlab turgan kishi tasviri esa o'rmoq degan ma'noni bildirgan. Keyinchalik belgi-rasm shaklidagi yozuv takomillashib soddalashtirilgan. Zamonlar o'tishi bilan belgi-rasm shaklidagi yozuvlar alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsholik davrida misrliklar yozuvida 24 ta asosiy tovushni bildiradigan alifbo tizimi paydo bolgan. Misrliklar dastlab alifbo va xatlarni tosh, sopol, yog'och, po'stloq, taxta, teri kabi buyumlarga yozganlar. Nil sohillarida o'sadigan papirus o'simligining barglari yozuv qog'ozi o'rnida foydalanilgan. Misrliklar papirus barglaridan varaqlar tayyorlab, varaqlarni bir-biriga ulab uzunligi 45 metrgacha papirus o'ramlari tayyorlaganlar. Zaruriy ma'lumot, hodisa va boshqa narsalar papirusga yozib berilgan. Papirusga qamishdan tayyorlangan yozuv asbobi bilan yozilgan. Bu misrliklarning o'ziga xos kitobi edi. Misming turli joylaridan arxeolog olimlar qadimgi «papirus kitoblar»ni topishgan. Qadimgi Misr yozuvini o'qib- o'rganishga qadimgi mualliflar urinib ko'rganlar. Lekin ular bu sohada yaxshi natijalarga erisha olmaganlar. Keyingi davrlarda tilshunos olimlar Misr iyerogliflarini o'qib chiqishga harakat qilib ko'rganlar. Lekin ular bu sohada muvaffaqiyat qozona olmaganlar.
Mashhur fransuz olimi Fransua Shampolon Misr iyerogliflarini o'qib chiqib, shuhrat qozongan.

Download 261.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling