Qadimgi misr madaniyati


Download 261.88 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi261.88 Kb.
#1569094
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qadimgi misr madaniyati

Joser, Gazadagi fir'avn Xeops ehromlari, boshi odam, tanasi sher surat qilib ishlangan sflnks va boshqalar o'zlarining ulug'vorligi bilan kishilarni hayratga solib kelgan.
Misrda haykaltaroshlikka ham katta e'tibor berganlar. Misr haykaltaroshlari tosh bo'laklaridan, butun tog' qoyalaridan fir'avn, amaldor, ruhoniy, oddiy kishilar va hayvonlarning haykallarini ishlaganlar. Bu jihatdan Ramzes II, Amenemxet III, Tutanxamon, Exnaton, uning xotini Nefertiti, amaldor Raxotep, mirzo haykallari diqqatga sazovordir.
O'sha vaqtlarda Misrda rassomlik ham ancha rivoj topgan edi. Saroy, ibodatxona va ma'muriy binolarning devorlariga fir'avnlar, amaldorlar va ruhoniylar, hamda afsonaviy voqealardan olingan rasmlar ishlangan.
Misrliklar san'atining yana bir turi kuy, qo'shiq va raqsdir. Misrda puflab, urib va chertib chalinadigan not, sistra, qayroq, arfa, ud va boshqa asboblar keng tarqalgan edi. Misrda raqs san'ati ham yuksak darajada rivoj topgan edi.

Qadimgi Misr san’ati.
Qadimgi dunyo san'ati deyilganda, ko'p hollarda ibtidoiy jamoa tuzumidan to quldorlik tuzumining inqirozga yuz tutishigacha bo'Igan davr san'ati tushuniladi. Shu davrda hashamatli me'morlik binolari, nafis dekorativ-amaliy san'at buyumlari, chuqur mazmunli tasviriy san'at asarlari maydonga keldi.
Qadimgi dunyo tarixida bir qator muhim 'madaniyat o'choqlari bo'lganki, bularning mavjudligi keyinchalik yer yuzida san'at va madaniyatning ravnaqiga, kuchli ta'sir ko'rsatgan. Shunday madaniyat o'choqlari orasida ikki daryo oralig'i (Messopotamiya), Misr, O'rta Yer havzasidagi davlatlar, ayniqsa, Gretsiya, Rim davlatlarining roli benihoyadir. Misrda 5000 yil burun ilk sinfiy jamiyat - quldorlik davlati paydo bo'ldi. Misrning tabiiy sharoiti insonni juda erta hayotga, hayot uchun kurashishga da'vat etdi. Bu hoi, o'z navbatida, uning ongining o'sishiga, tasavvurining kengayishiga olib keldi, aql taraqqiyotini tezlatdi. Meditsina, astronomiya, matematika rivojlan-di. San'at sohasida katta yutuqlar qo'lga kiritildi. Qadimgi Misrda yaratilgan haykaltaroshlik, rassomchilik, amaliy-dekorativ san'ati va me'morchilik yodgorliklari hanuzgacha o'zining badiiy qiymatini yo'qotgani yo'q. Tasviriy san'atda shartli belgilardan foydalanish Misr san'atida juda erta boshlandi va uning xarakterli tomonini tashkil etdi. Misrliklarning bunday badiiy fikrlashlarini ular yaratgan sfinkslarda ham ko'rish mumkin. Odam boshli, sher (arslon) tanali haykallar orqali inson kabi aqlli, arslon kabi kuchli zotlar timsolini yaratganlar. Shu obrazlar orqali fir'avnlarni kuchli va donishmand siymo darajasiga ko'tarishga,
ilohiylashtirishga harakat qilganlar. Shu bilan Misr san'atida realistik san'at oqimining mavjudligini ham inkor etib bo'lmaydi. Bu hoi, ayniqsa, oddiy xalq hayotiga bag'ishlangan tasvirlarda ko'proq uchraydi. Oddiy turmush voqealari jonli, real va ba'zan yengil yumor bilan ishlangan tasvirlar kishida ham on estetik /;ivq va yengil kulgi uyg'otadi. Turli qushlar, hayvonlar (yovvoyi mushuk, maymun
Download 261.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling