Qadimgi misr madaniyati


Qadimgi Misrda maorif va maktab


Download 261.88 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi261.88 Kb.
#1569094
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qadimgi misr madaniyati

2. Qadimgi Misrda maorif va maktab.


Qadimgi Misr murakkab davlat tizimiga va keng miqyosli xo'jalikka ega bo'lgan mamlakat boigan. Misr davlati va xo'jaligini boshqarish uchun xat- savodli, bilimdon kishilar zarur bo'lgan. Shu tufayli Misr fir'avnlari va a'yonlari xat-savodli va bilimdon xodimlar tayyorlashga alohida ahamiyat berganlar. Misrda o'qitish, ta'lim-tarbiya berish maskani maktablar edi. Mamlakatning hamma shaharlari va yirik qishloqlarida maktablar bor edi. Maktablarda fir'avnlar, a'yonlar, amaldorlar, ruhoniylarning bolalari va o'qishga havaslari bo'lgan kishilarning farzandlari ham o'qiganlar.
Misrda boshlang'ich, o'rta va oliy maktablar bo'lgan. Boshlang'ich maktablarga bolalar 5-6 yoshdan jalb etilib, harflar o'rgatilib, savodi chiqarilgan. Bolalar maktabda husnixat bilan shug'ullanib, ular har kuni 3 sahifa yozishlari kerak bo'lgan. Misrdagi o'rta va oliy maktablarning ko'pchiligi mirzolar tayyorlab chiqarganlar. Uni «Mirzolar maktabi» ham deyishgan.
Misr fir'avnlarining markaziy mahkamasi qoshfda podsho xazinasi uchun maxsus amaldor mirzolar tayyorlaydigan maktablar ham bo'lgan. Bu maktablar katta tajribaga ega bo'lgan bilimli ustoz - o'qituvchilar bilan ta'minlangan bo'lgan. Maktablarda matematika, geometriya, astronomiya, tarix, tibbiyot, adabiyot kabi dunyoviy va diniy bilimlar o'qitilgan.
Misr maktablarida intizom juda qattiq bo'lib, u tan jazosi bilan mustahkamlangan. O'sha vaqtda yozilgan «Nasihatlar»da: «Ey mirza, dangasalik qilma, yo'qsa jazoga duchor bo'lasan. Qo'lingda kitob bo'lsin, ovoz chiqarib o'qigin va o'zingdan ko'p biladiganlar bilan maslahat qilib ish tut. Bir kun ham yalqovlik qilma yo'qsa kaltak eysan. Axir bolaning qulog'i yelkasida bo'ladi-da, qachon ursang, shunda uning qulog'iga gap kiradi», - deb yozilgan.
Misrda yozuv, ilmiy, amaliy va diniy bilimlarning vujudga kelishi va rivojlanishi mamlakat xo'jaligi bilan chambarchas bbg'liq bo'lgan.
Misrda vujudga kelgan ilmiy-amaliy bilimlar xo'jalikning hamma tarmoqlarini rivojiga juda katta ta'sir ko'rsatgan.


  1. Download 261.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling