Qadimgi turkiy til va uning taraqqiyot yo`llari (2 soat) Dars rejasi
Download 384 Kb.
|
eng to`gri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gipotaksis konstruksiyalar
Parataksis konstruksiyalar.
Parataksis konstruksiyalar qadimgi yodnomalar tilining asosini tashkil etadi. Bu xil konstruksiyalarni tashkil etgan sodda gaplar tuzilishiga ko`ra oddiy bo`lib, ular umumiy bir fikrni ifodalash uchun xizmat qiladi, mazmunan va shaklan bir-biriga tobe bo`lmaydi, ammo umumiy bir fikrni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu xil sodda gaplar asosan sanash ohangi bilan talaffuz etiladi. Parataksis konstruksiyalar bir paytda yoki ketma-ket ro`y bergan yoki mavjud bo`lgan voqsa-hodisa, belgi-xususiyatlarni ifoda etadi: A) bir paytda ro`y bergan voqea-hodisa, belgi-xususiyatni ifodalovchi konstruksiyalarni tashkil etgan sodda gaplarning kesimlari ot kesim yoki fe`l kesim bo`lib, odatda, ular bir xil zamonni ifodalaydi. Uder sangun kelti, Tabg`ach qag`anta Isyi Likeng kelti, bir tumen ash, algun, kumush yurgeksiz kelurti - Udar sangun keldi; Tabg`ach xoqondan keldi; Tabg`ach xoqondan Isyi Likang keldi, bir tuman ilak, oltin, kumushni haddan ortiq keltirdi. B) ketma-ket ro`y beradigan voqea-hodisalar, belgi-xususiyatlarni ifodalovchi konstruksiyalarni tashkil etgan sodda gaplarning kesimlari shaklan bir xil zamonga oid bo`lsa ham, mazmunan hodisa yoki xususiyat ketma-ket ro`y beradi. Ol sabug` esidip. tun udыsыqыm kelmedi — Bu so`zni eshitib kechasi uyqum kelmadi, kunduzi o`tirgim kelmadi. Gipotaksis konstruksiyalar Qadimgi turkiy yodnomalarda shunday murakkab gap konstrukiyalari ham uchraydiki, bunday konstruksiyalarni tashkil etgan sodda gaplar mazmunan bir-biriga bog`liq bo`ladi, biri ikkinchisini mazmunan to`ldiradi yoki izohdaydi. Shuning uchun ham bunday konstrukciyalarni tashkil etgan gaplar o`zaro maxsus intonatsiya bilan bog`lanadi yoki bu xil gaplarii biriktirish uchun maxsus bog`lovchilar, bog`lovchi vazifasidagi vositalar qo`llanadi. Shunga ko`ra gipotaksis konstruksiyalar ikki turga bo`linadi. Bog`lovchisiz gipotaksis konstruksiyalar Bog`lovchili gipotaksis konstruksiyalar. Download 384 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling