Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari


O’rxun enasoy yodgorliklarining fonetik grammatik xususiyatlari


Download 145 Kb.
bet7/10
Sana27.10.2023
Hajmi145 Kb.
#1726773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-29 tay 1 listdan

O’rxun enasoy yodgorliklarining fonetik grammatik xususiyatlari

1. Qadimgi turkiy yodgorliklar haqida.


XIX asrning birinchi choragidan boshlab Sibir va Mo’g’uliston hududlarida topilgan "sirli» yozuvlar haqida ma‘lumotlar uchraydi. Lekin bu yozuvlar ancha paytgacha o’qilmay, «sirli» bo’lib qolaverdi. 1889 yili Fin olimlari Enasoy bo’yidan topilgan yodgorliklar atlasini tuzdilar. Chunki fin olimlari bu yozuvlar ular o’qilganga qadar fin xalqi o’tmishiga taalluqli deb hisobladilar. Bu matnlarni birinchi bo’lib 1893 yili Daniyalik olim Vilgelm Tomsen o’qib chiqdi. Uning kashfiyotiga suyangan holda rus olimi V.V.Radlov o’qib chiqish sharafiga muyassar bo’ldi. Bular turk hoqonliklari davrida xonlar, sarkardalar qabri ustiga turkiy tilda bitilgan yodgorliklar edi. O’rxun-Enasoy yodgorliklari ichida eng mashhurlari: Kultegin, To’nyuquq, Bilga Hoqon, Moyun Choru kabi xon va sarkardalar sharafiga bitilgan yodgorliklardir.
Bu yodgorliklar toshlarga o’yib yozilgan, ularda xonliklar davridagi turkiy xalqlarning hayot tarzi, davlat tuzilishi, din haqida ma‘lumotlar berilgan. O’rxun- Enasoy daryolari bo’ylarida topilgani uchun O’rxun- Enasoy yodgorliklari deb yuritiladi.
O’rxun-Enasoy yozuvinng kelib chiqishi xususidagi turli fikrlari ham mavjuddir: ba‘zilar uni oromiy yozuvlar bilan bog’lasa, ba‘zilar qadimgi turkiy tamg’alar bilan bog’laydilar. Asli O’rxun-Enasoy yozuvi fonografik yozuv bo’lib, unda 35 belgi mavjud. Har bir harf bir-biriga qo’shilmay alohida yoziladi. Ba‘zan bitta tovushni ifodalash uchun bir nechta belgi qo’llangan. Unli tovushlarda esa 4ta belgi, 8 ta unli tovushni ifodalash uchun xizmat qilgan:
A a(e) o,u
I,i o,u
Unlilarni ifodalovchi harflar so’z boshida va o’rtasida ko’pincha tushirib qoldirilgan:
Lp-alp tg’-tag’
Tukiy tillar roman va german tillari

Samolovich esa turkiy tillarni tasnif qilishda fonetik prinsipga asoslanadi. U turkiy tillarni 6 guruhga bo`lgan.



  1. R guruhi – bu tillarda qadimgi turkiy tildagi Z va keyinchalik Y ga o`tgan tovush R tovushi bilan aytiladi. Azaq-ayaq

  2. D guruhi – bu tillarda Z tovushi D tovushi bilan aytiladi. Bu guruhga uyg`ur, tuva, qaragaz, salor tillari umuman uyg`ur va shimoliy sharqiy turkiy tillar kiradi.

  3. Tau guruhi – bu tillarga tog` so`zi tau tarzida aytiladi. Bu guruhga oltoy, qirg`iz, qumuq, qarachay, balqor yoki umuman shimoliy g`arbiy turkiy tillar kiradi.

  4. Tag`liq guruhi – bunda eski o`zbek tili, hozirgi uyg`ur va janubiy sharqiy turkiy tillar kiradi.

  5. Tag`liq guruhi – bunda xorazm o`zbek tili shevasi qipchoq turkman tillari kiradi.

  6. Ol guruhi – Bu guruhga ozarbayjon, turk, gagaus kabi g`arbiy turkiy tillar kiradi.

Turkiy xalqlarning moddiy va madaniy hayoti va yozuv tarixi haqidagi tarixiy arxeologik etnografik ma’lumotlar turkiy tilda so`zlashuvchi urug` hamda qabilalar eramizdan oldin mavjudligini, jamiyat bo`lib tashkil bo`lganligini, birgalikda turmush kechirganligini ko`rsatadi. Bu davr ilmiy adabiyotlarda turkiy tillar tarixida ”Oltoy tili davri” deb yuritiladi.


Bu haqida akademik B.Y.Vlademir yozadi: ”Mo`g`il, turk va to`nguz tillari o`zining umumiy o`tmishdoshiga egaki, uni shartli ravishda oltoy tili dab atash mumkin. Hozir oltoy tili ma’lum emas. Lekin oltoy tillari mo`g`ul turk, to`nguz tillari bilan ular o`sha davr tilining taraqqiyoti natijasida paydo bo`lgan. Oltoy tili davrining oxirida turk va mo`g`il qabilalari tabaqalanadi.

Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling