Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari
Turkiy tillarning hozirgi taraqqiyot darajasi
Download 145 Kb.
|
1-29 tay 1 listdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraqalpoq tilining umumiy grammatik xususiyatlari Qoraqalpoq tili
Turkiy tillarning hozirgi taraqqiyot darajasi
Turkiy tillar garchi bir negiz tildan o'sib chiqqan bo'lsa-da, zamon otishi bilan ularning ayrimlari bir-biridan uzoqlashib ketganlar. Bunga asosiy sabab, birinchidan, ularning turli territoriyalarda bo'lishligi, ikkincludan, boshqa tillar bilan aloqaga kirishishidir. Masalan, oltoy tillari mo’g’ul tillari bilan, turkman tili eron tillari bilan, yogut tili mo'g'ul-manjur tillari bilan, o'zbek tili fors-tojik tillari bilan o'zaro yaqin aloqada bo'lgan. Ana shu aloqa natijasida turkiy tillar orasida sezilarli farqlar paydo bo'lgan. Turkiy xalqlar va ularning tillari taraqqiyotini bir qator turkolog olimlar turli bosqichlarga bo'lib davrlashtirgan. Jumladan, N.A.Baskakov «Vvedenie vizuchenie tyurkskixyazыkov» («Turkiy tillarni o'rganishga kirish») asarida turkiy tillar taraqqiyotini quyidagi davrlarga bo'lgan: 1. Oltoy davri (eramizning III asrigacha). 2. Xunn davri (eramizning II asrigacha). 3. Qadimgi turk davri (Y-X asrlar). 4. O'rta turk davri (X-XY asrlar). 5. Yangi turk davri (XY-XX asrlar). 6. Eng yangi davr (Hozirgi turkiy tillar). Tillarning taraqqiyoti va yanada takomillashuvi xalq ijtimoiy hayotining taraqqiyotiga bog'liq. Kishilik jamiyatining eng kichik va qadimiy uyushmasi urugdir. Turli sabablarga ko'ra urug'lar bo'linib, qarindosh uruglar paydo btildi. Qarindosh urug'lar uyushmasi qabila deb ataladi. Qabilalarning o'z tili, aloqa vositasi bo'lgan. Tilning qabila tilidan xalq tiliga, xalq tilidan milliy tilga aylanishi tarixiy jarayonning mahsuli hisoblanadi. Har bir turkiy til o'zining umumturkiy xarakterini saqlagani holda cfziga xos xususiyatlarga ega boiib bordi. Qoraqalpoq tilining umumiy grammatik xususiyatlari Qoraqalpoq tili – turkiy tillar qatoriga kiradi. Qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar soni 1 mlnga yaqin. Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qiluvchi qoraqalpoq xalqining ona tilidir. Qoraqalpoq tili – Oʻzbekiston Respublikasining tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasining rasmiy tilidir. Bu toʻgʻrisida maxsus qonun chiqarilgan. Qonunda qoraqalpoq tili Qoraqalpogʻistonning barcha hududida davlat tili sifatida foydalanishga imkon berilgan. Oʻzbekiston hududida qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar (qizil) Download 145 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling