Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari


O'zbek va uyg'ur tillarining grammatiik xususiyatlari


Download 145 Kb.
bet8/10
Sana27.10.2023
Hajmi145 Kb.
#1726773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-29 tay 1 listdan

O'zbek va uyg'ur tillarining grammatiik xususiyatlari

Eski o`zbek adabiy tili uning tashkil topishiga dastlabki davrlardan boshlab fonitek, leksik va grammatik jihatdan qaoluq chigil va uyg`ur dialekt guruhi negizida shakllangan sharqiy turkiy adabiy tilga xos barcha asosiy xususiyatlarni o`ziga singdirib oladi. Ayni vaqtda bu xususiyatlar eski o`zbek adabiy tilida takomilga erishgan holda bir qator o`zgarishlar uchraydi. Bu o`zgarishlar avvalo adabiy tilda so`z qo`llash jarayonida ochiq ko`rinadi. Jonli xalq tiliga xos juda ko`p so`z va iboralar adabiy tilga kirib qoladi, ular asosida ko`plab yangi so`z va shakllar,yangi tasviriy vositalar yaratildi. Adabiy asarlarda tilning soddaligi, ravonligiga katta e`tibor berish bilan birga xalq tiliga qo`yma iboralar, maqol va hikmatli so`zlardan foydalanish asosida obrazlilikka, badiiy pishiqlikka erishildi.


Eski o`zbek adabiy tilinig XI-XIII asrlardagi taraqqiyoti, yuqorida eslatib o`tilganidek, o`sha davrdagi tarixiy-siyosiy sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy voqealar bilan brg`liq ravishda davom etdi. Uning rivojlanishi dastlab Qoraxoniylar davrida Movarounnaxr va Qoshg`arda tarkib topgan turkiy adabiy tilning taraqqiy etishi, takomiliga erishuvi bilan bog`langan edi. Aniqrog`i, eski o`zbek adabiy tili - bu eski turkiy adabiy tilning bevosita tarixiy qonuniy davomidir, uning yana ham silliqlashuvi, aniq bir qolipga tushuvi va me`yorlashuvi jarayonining davomidir.
N.A. Baskakovning ko`rsatishicha Qoraxoniylar davri adabiy tili asosida rivojlangan va keyinroq «chig`atoy tili» nomi bilan yuritilgan til sharqiy qarluq chigil-uyg`ur hamda g`arbiy o`giz-qipchoq yoki Oltin O`rda – Xorazm tillari unsurlarini o`zida birlashtirgan holda taraqqiy etadi. Bu til O`rta Osiyodagi barcha yozma adabiy tillarning shakllanishiga katta ta`sir ko`rsatadi.

Qirg'iz tilining umumiy grammatik xususiyatlari

Qirgʻiz tili — turkiy tillarning qirgʻiz-qipchoq guruhiga mansub tillardan, Qirgʻiziston Respublikasining davlat tili. Asosan, Qirgʻi-zistonda, shuningdek. Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Xitoy, Afgʻoniston, Rossiya Federatsiyasi, Pokiston va boshqa Hududlarda tarqalgan. Qirgʻiz tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 2,5 mln. kishidan, Qirgʻizistonning oʻzida 2 mln. 330 ming kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-yillari oʻrtalari). Qirgʻiz tili 2 ta: shim. va jan. lahja guruhlariga boʻlinib, bu lahjalar, asosan, fonetika va leksika sohalarida oʻzaro farqlanadi; ayni jihatlari bilan boshqa turkiy tillardan ham ajralib turadi. Janubiy lahjaga oʻzbek tilining taʼsiri kuchli.
Ql.ning fonetik xususiyatlari: 8 ta qisqa unli fonemaga qarama-qarshi 8 ta choʻziq unlining mavjudligi, singarmonizmning izchil saqlanishi. soʻz boshida j (jon soʻzidagi) undoshining (boshqa turkiy tillardi y yoki j) qoʻllanishi va boshqa Morfologik belgilari boshqa turkiy tillardagiga oʻxshash. Singarmonizm mavjudligi tufayli affikslarning fonetik variantlari koʻp. Qirgʻiz adabiy tili shim. lahja asosida shakllangan boʻlib, uning leksikasida sof qirgʻizcha va turkiy soʻzlar qatlamidan tashqari moʻgʻul, rus, arab va eroniy tillardan oʻzlashgan soʻzlar ham mavjud.
Qirgʻiz milliy yozuvi dastlab, 1924-yilda arab alifbosi asosida, 1926-yildan lotin grafikasi asosida yaratilgan; 1940-yildan esa rus grafikasi asosidagi qirgʻiz yozuvi joriy etilgan.
Ad. Yunusaliyev B. M., Kirgizskaya leksikologiya, Frunze, 1959; Batmanov I.A., Sovremenniy kirgizskiy yazik, vip. 1, Frunze, 1963; Baskakov N. A.. Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2-izd., M., 1969; Kirgizsko-russkiy slovar (sost. K.K.Yudaxin), M„ 1965.



Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling