Qadimgi Yunon va Rim tibbiyoti: shakllanishi va rivojlanishi


Download 179.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana07.03.2023
Hajmi179.65 Kb.
#1246618
1   2   3   4
Bog'liq
4 - Nazariy materiallar 752b6ce678e65b173180aee3f7 230302 150619

 
2. 
Qarama-qarshilikni qarama-qarshilik bilan davolash. Bunda bemorning (xarakati 
susaysa) xarorati ko‘tarilsa, isitmani tushiruvchi, ichi ketsa, ichini to‘xtatuvchi dorilar 
berish kerak. 


3. 
Organizmning o‘z tabiatiga yordam berish. Gippokrat odam tanasidagi kasallik bilan 
kirishuvchi tabiiy kuch bir deb biladi. Davolash asosan shu kuchni zo‘raytirishdan 
iborat. 
4. 
Bemor tanasi va uning asrash. Bu erda Gippokrat bemor tanasiga nisbatan juda 
extiyotkorlik bilan muolaja qilishni, uning kasallikka qarshi kuchini kamaytirmaslikka 
o‘rgatadi. YAna bemorga dorini xa deb almashtiraverish kerak emasligini ta’qidlaydi. 
Faqat juda zarar bo‘lgandagina dorini va muolaja usullarini o‘zgartirish mumkin. 
Gippokrat tomonidan bundan 2500 yil muqaddam ishlab chiqilgani bu muolaja 
prinsiplari xozir xam o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. 
Kishining jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi yoki shu xam ichki sharoitga 
kiritgan. 
Gippokratning fikricha, kasallik kelib chiqishida turmushdagi salbiy xodisalar va 
ovqat xam juda katta rol o‘ynaydi. Uning bu fikrlari xozircha xam o‘z qimmatini yo‘qotgan 
emas. 
U kasallik paydo qiluvchi qandaydir g‘ayritabiiy joxil kuchlarni bo‘lishini rad etadi. 
Gippokrat to‘g‘ri ovqatlanishga juda katta axamiyat bergan. Uning fikricha, xar 
qanday ovqat maxsulotidan ma’lum darajada o‘t moddasi, qon moddasi, shilliq moddasi va 
suv moddasi bo‘ladi. Kishi iste’mol qiladigan ovqatda shu moddalarda bir xil muvozanatda 
bo‘lsa, salomatlik saqlanadi. Agar ovqatlanish bo‘zilsa kasallik paydo bo‘ladi. 
Gippokrat tibbiyotga yangi prognostika bobini kiritdi. Prognostika – ya’ni kasallikni 
taqdirini oldindan bilish juda muxim.
Olimning tibbiyotga qo‘shgan xissasi shuki, u tibbiyot tarixida birinchi bo‘lib, xar 
xil bemorga «kasallik tarixi» tuzishni joriy qildi. «Kasallik tarixi»ga yozib olingan 
ma’lumotlarni umumlashtirib, turli kasalliklarni asosiy belgilarini va oqibatda xulosalar 
chiqariladi va umumiy davo ko‘riladi. 
Gippokrat juda o‘tkir mushoxadali tabib bo‘lgan. U bemor kishini tashqi qiyofasini 
ko‘zdan kechirib, uning kasalligi qolishi yoki qolmasligini oldindan aytgan. 
Gippokrat – «Epidemiya» kitobida aytgandiki «Kasalliklarni muxim uni 
engilashtirish yoki zarar keltirmaslik» deb yozgan. Tibbiyotning xamma sanat 3 so‘zdan 
ko‘rinadi.
1 kasallik 2 kasal odam 3 vrach 
Vrach san’atiningt xizmatchisidir. Kasal odam o‘zi kasallikni engish uchun vrachga 
yordam berish kerak. 
Gippokratning aytishicha, falsafa tibbiyotni onasi deb xisoblangan. Falsafa qattiq 
ishonishdan ruxni xolos etadi. Tibbiyot esa tanani kasalliklardan xolos etadi. SHu kabi fanlar 
vrach faylasufini faoliyatini aniqlagan. 
Qadimgi Gretsiya o‘sha paytda juda ko‘p mashxur insonlarni etishtirib bergan. 
Gippokratning eng asosiy xizmati uni tibbiyotga induktiv usulni kiritgan. 
Davolash asosini Gippokrat tabiat deb atagan. Uning aytishicha, tabiat kasallar 
vrachi xisoblnadi. U xronik kasalliklar boshqa davlatlarga o‘tib ketsa xam fikrini aytgan. 
Qadimgi Rim tibbiyotining tarixini o‘rganishda mashxur tibbiyot olimi Klavdiy 
Galen va o‘sha davrda yashagan boshqa buyuk xakimlarning asarlari biz uchun asosiy 
manbaa bo‘lib xizmat qiladi. Bu asar o‘sha zamon G‘arbiy Ovrupa tibbiyoti va uning 
erishgan yutuqlari xaqida ma’lumotlar beradi. 
Rimda ko‘p minglik armiyani jangovar xolatda saqlash choralarini ko‘rish zarur edi. 
SHu tariqa gospitallarda tabiblar ko‘paydi. Davo ishlari bilan ko‘proq qullar yoki boshqa 
mamlakatlardan kelgan xonimlar shug‘ullanar edilar. SHu sababli Qadimgi Rimning 
mashxur kishilari yunonlar bo‘lgan. Masalan, Asklepiad, Galen kabi mashxur Rim xakimlari 
asli kelib chiqishlari jixatdan YUnon edilar. 


Klavdiy Galen – tug‘ilgan yili taxminan 129-201. Galen nomi tibbiyot bilan 
bevosita 
bog‘liq. 
Tibbiyot 
tarixida 
juda 
katta 
o‘rin
tutadi. Uning faqat Gippokrat va Avesto bilan tenglashtirish mumkin. Uning kitoblarida 
xamma eralari vrachlarining kitoblaridan qisqa-qisqa olib, jamlab, to‘liq kitob xolida 
chiqargan. Masalan: Aleksandriya mediklarining kitoblari yozuvlari Galen kitobida aniq
ifodalangan va xozirgacha ma’lum. Galen tibbiyotini, falsafa dinini yaxshi ko‘rgan.
O‘zining kitoblarida u 2 ta ishni amalga oshirgan. 1. Bir tomonda meditsinaga tarif 
bergan. 2. Ikkinchi tomondan esa bu tarifga asos qilib, anatomiya va fiziologiyani boshlab 
bergan. Bu uning kashfiyoti xisoblanadi. Anatomiya va fiziologiya kashf etilishi juda katta 
axamiyatga ega. Galenning juda ko‘p shog‘irdlari bo‘lgan. Galen 6 yil mobaynida gladiator 
fojiasi shundaki, u aqilli, tantili, ajoyib medik bo‘la turib o‘zini g‘oyaviy falsafasiga 
bo‘ysunardi. Uning asarlari, g‘oyalarini yaxshi tushunish uchun chuqurroq o‘rganish kerak. 
Galen vrach bo‘lgan, lekin uning qalbida falsafaga qiziqish saqlanib qolgan edi. Dadasi 
buyuk grek arxitektori Niqon davrida o‘sha paytdayok falsafaga chuqurroq o‘rgangan. 
Platon Afinalik –Aflotun (xaqiqiy ismi Aristokl; miloddan avvalgi taxminan 427 – 
275) YUnon faylasufi, platonizm asoschisi, Sokratning shog‘irdi. Sokrat unga «P» (keng 
elkali, keng ko‘krakli degan ma’noni bildiradi) deb nom qo‘ygan. «P» mashxur faylasuflar 
bilan yoshligidan muloqotda bo‘lib, ulardan ta’lim oldi. Geraklid, Parmeiid, Demokrit va 
boshqa faylasuflarning asarlarini o‘rgandi. Miloddan avvalgi 380-yillarda Afrika yaqinidagi 
Akademiya nomli bir bog‘ni sotib oladi (bu nom shu erlik afsonaviy qaxramon Akadem 
sharofatiga berilgan) va bu bog‘da o‘zining Platon akademiyasi deb atalgan falsafiy 
maktabini tashqil etadi. Akademiya Afinada deyarli 1000 yil faoliyat ko‘rsatadi. Unda 
Aristotel 
xam 
o‘qigan. 
Akademiyada 
faqat 
falsafadan 
emas, 
geometriya, 
astronomiya,geografiya, zoologiya va botaniqadan xam ta’lim berilar edi. Biroq siyosiy 
ta’lim markaziy o‘rinda edi. Ta’lim ma’ro‘zalar, munozaralar va suxbatlarga asoslanardi.
Xar kuni gimnastika mashg‘ulotlari o‘tkazilardi. Platon falsafasining asosiy 
moxiyati- «g‘oya» («eydos») lar xaqidagi ta’limotida bayon etilgan. Uning fikricha, g‘oya, 
xaqiqiy borlik, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. xaqiqiy o‘zgarish va 
taraqqiyot g‘oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi xarakat esa uning inchiqosidir. 
G‘oyalar dunyosinig qonuniyatlarini xamma xam bila olmaydi. Ularni bila oladigan zotlar 
juda kam uchraydi, bu zotlar o‘lkan aql egalari bo‘ladi. Aksariyat kishilar soyalar dunyosi 
bilan kifoyalaniladi.
Pifagor g‘oyalar dunyosini narsalar dunyosidan ustun qo‘yadi, chunki g‘oyalar 
dunyosi ideal narsalardir. Inson g‘oyalar dunyosi bilan soyalar dunyosi o‘rtasidagi zotdir. 
Uning ruxi g‘oyalar dunyosiga, jismoniy tanasi soyalar dunyosiga mansubdir. SHuning 
uchun rux va manna birligidan iborat odam ikki olamga tegishlidir. Rux insonning xaqiqiy 
qismidir. 
GOMER. 
Biz xayot deb ataydigan narsa rux jismoniy tanada yashaydigan vaqtdir. Platonning 
bilim nazariyasi uning g‘oyalar xaqidagi nazariyasiga asoslanadi. Platon pedagog va tarbiya 
nazariyotchisi sifatida bo‘lgan. Fuqarolarni tarbiyalash davlatning asosiy vazifalaridan deb 
xisoblanadi. Uning fikricha, bolalar xayotining birinchi kunidayok maxsus mussasalarda 
tarbiyalanishi kerak: 3-7 yoshda uyinlar maktablaridagi uylar yoki bog‘chada ta’lim olishi; 7-
17 yoshda maktabda yozuv, o‘qish, musikasini o‘rganish; 17-20 yoshda xarbiy gimnstik ta’lim 
olish; 20-30 yoshda kelajakda xukumdor uchun zarur bo‘lgan falsafiy ta’lim olish zarur. Platon 


qarashlarida jamiyat, davlat to‘g‘risidagi ma’lumot markaziy o‘rinlardan birini tashqil qiladi. U 
davlat fuqarolarini 3 tabaqaga bo‘lgan: 1-tabaqa – davlatni boshqarib turadigan donishmand 
xukumdorlar; 2-tabaqa – davlatni dushmandan ximoya qiladigan xarbiylar; 3-tabaqa – davlatni 
va yuqori ikki tabaqani moddiy jixatdan ta’minlab turadigan dexqonlar va xunarmandlar. 
Platon davlat boshqaruv shaklini oliy xokimiyat tanxo amalga oshiriladigan aristokratiyaga, 
butun xalq xokimiyatni boshqaradigan demokrtiyaga ajratadi. Pluton to‘rt asosiy fazilatni farq 
qiladi: donishmandlik, mardlik, aql bilan ish qilish va eng asosiysi – boshqa fazilatlar o‘rnini 
to‘ldiradigan va qo‘shilib ketadigan fazilat – adolat. Platonning ideal davlat to‘g‘risidagi 
orzulari asosida adolat g‘oyasi yotadi. Uningcha, jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi 
qonunlarga bo‘ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir. Qaerdaki qonunlar xokim 
ustidan xukumron bo‘lsa, xokimlar esa qonunga bo‘lsa, o‘sha davlat gullab yashnaydi. Agar 
davlat qonunlar ustidan yaroqsiz xokimyatining o‘rnatib qo‘yadigan bo‘lsa, u xolda qonun 
xech qanday foyda bermaydi, aksincha, davlat uchun juda katta zarar keltiradi deb ta’qidlaydi. 
Uning fikricha, iqtisodiyot (polis)ning gullab yashnashi yoki tanazzuli omili xisoblanadi. 
Ishlab chiqarish siyosatini emas, siyosat ishlab chiqarishni boshqarish kerak. Jamiyatni 
barqaror xolatdan chiqaradigan xar qanday o‘zgarishlarga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Platon estetik 
qarashlarida borlik xayot «abadiy g‘oyalarning» makindi, nusxasi; san’at esa borlik, xayotning 
maqsadi, ya’ni taqlidga, degan xulosaga asoslangan. U xudolrg bo‘lgan e’tiqodni qo‘llab-
quvvatlagan, 
xudosizlarni 
qoralagan, 
davlatlarni 
boshqaruvchi
shaxslar xudojo‘y bo‘lishlri kerak, deb xisoblagan. Falsafa tarixida Platon ta’limoti turlicha 
qabo‘l qilingan. Unga «iloxiy ustoz» (antik davr), xristian dunyoqarashining mutobira (bobosi), 
sof sevgi faylasufi va siyosiy xayolparast (Uyg‘onish davri) sifatida qaralgan. Platondan 30 ga 
yaqin katta va kichik asar xamda xatlar saqlanibg qolgan. Asarlari dialog shaklida yozilgan. 
Ulardan muximlari: «Apologiya» (Sokratni ximoya qilish), «Kriton» (qonunni xurmat qilish 
xaqida), «Laxet» (mardlik xaqida), «Menon» (notiklik san’atining moxiyati xaqida), «Bazm» 
(eros xaqida), «Berd» (Eydoslar xaqidagi ma’lumot), «Fedon» (adolat xaqida), «Davlat» 
(adolat xaqida), «Piemem» (bilim xakid), «Timey» (kosmologiya), «Qonunlar», «Siyosatdon», 
«Fileb» va boshqalar, Platonning asarlari asrlar davomida Garbda, SHarqda ma’lum v mashxur 
bo‘lgan, ko‘p tillarga tarjima qilingan, ularga sharxlar yozilgan. «Davlat» asariga Ibn Rushd, 
«Qonunlar» Farobiy shrxi e’tiborga loyiq. Farobiyning sharxi «Talxisu navomisi Aflotun» 
(Aflotunning qonunlri moxiyati) deb ataladi. Bu asar 1993 yilda «Fozil odamlar sharxi» 
kitobida nashr qilingan. 2002 yilda Aflotunning «Qonunlar» asari Toshkentda o‘zbek tilida 
nashr etildi. YOzuvchi Omon Muxtorning «Aflotun» romani chop etildi. (Toshkent, 1998 y.). 


Download 179.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling