Qadimgi Yunoniston va Rim davrlarida ta’lim-tarbiya


Download 42.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.03.2023
Hajmi42.25 Kb.
#1314550
1   2   3
Bog'liq
Qadimgi Yunoniston va Rim davrlarida ta’lim-tarbiya.

Lakoniya (Sparta)da kemalar to’xtaydigan qulay gavanlar bo’lmaganligi tufayli qullar mehnatiga
asoslangan dehqonchilik hukmron edi. 9 ming oiladan iborat bo’lgan
quldorlar 250 mingdan ko’proq aholiga hukmronlik qilardi. Spartada qullar shafqatsiz ta’qib ostiga
olinar edi.
Tarbiya ishlari esa davlat ixtiyorida bo’lib, uning asosiy maqsadi spartaliklarning bolalarini baquvvat,
jismoniy sog’lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalash va bo’lajak quldorlarni etkazishdan
iborat edi.


Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin “agella” deb ataluvchi davlat muassasasida
18 yoshga etguncha tarbiyalanar edi. Ular “pedonom” rahbarligida jismoniy sog’lom bo’lish uchun turli
mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og’riqqa bardosh berishga
o’rgatilar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi.
Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta maktablaridagi ta’limtarbiya haqida gapirib,
shunday deydi:
“O’qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o’rgatilar edi, tarbiyaning qolgan
qismi esa bitta maqsad: hech so’zsiz itoat qildirishni, chidamli bo’lishni va engish ilmini o’rgatishni
ko’zda tutar edi”.
Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni
mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar
“Kreptiyalar”da, ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashar, shubhali bo’lib ko’ringan har
qanday illatni (qulni) o’ldirar edilar.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o’tkazib, shu yo’l bilan ularga
axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Shuningdek, bolalarni savoljavob jarayonida aniq, qisqa va lo’nda
qilib javob berishga o’rgatib borilgan.
Spartada 18—20 yoshga etganda yigitlar “Efeblar” o’spirinlar guruhida harbiy xizmatni o’taganlar.
Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor berilgan. Ularni harbiy va jismoniy tarbiya malakalari
bilan qurollantirib borilgan. Chunki erkaklar jangga ketganlarida ular shaharni qo’riqlab, qullarni itoat
saqlashini ta’minlar, ular hatto jangda ham qatnashar edilar.
Afinada esa hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim-tarbiya spartanikidan butunlay farq
qilar edi. Qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Afinada eramizdan ilgarigi V—IV asrlarda madaniyat barq
urib o’sdi. Fan, me’morchilik va haykaltaroshlik taraqqiy qildi.
Afinada eng ko’rkam va barkamol inson deb ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan etuk kishini
o’zlarirning “ideali” deb hisoblar edilar. Bu ideal faqatgina yuqori tabaqali quldorlarga xos edi. Jismoniy
mehnat esa faqat qullarning qismati deb hisoblanar edi. Afinada bolalar 7 yoshga etguncha uyda
tarbiyalanar, o’g’il bolalar 7 yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko’magida uy-
ro’zg’or ishlariga o’rgatilar edi. Afinada xotin-qizlarning hayoti uy doirasidan chiqmas, asosan ichkarida
o’tar edi.
Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13—14 yoshgacha “grammatist” (savod o’rgatish ma’nosida),

Download 42.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling