Qadimgi yunonistonning ishlab chiqarish kuchlari mavzusida yozgan mustaqil ishi


Aristotelning iqtisodiy qarashlari


Download 88.8 Kb.
bet2/3
Sana24.03.2023
Hajmi88.8 Kb.
#1292149
1   2   3
Bog'liq
Qadimgi dunyo tarixi fanidan

Aristotelning iqtisodiy qarashlari 
Antik dunyodagi iqtisodiy fikr-
larning yirik namoyondalaridan biri
Aristotel (m.av. 384–322) hisoblanadi.
O‗z mamlakatida shakllangan natural-
xo‗jalik munosabatlarini himoya qilgan
bu qadimgi yunon mutafakkiri boshqa
zamondoshlariga
qaraganda
iqtisodiy
muammolarga chuqurroq kirib borishga
muvaffaq
bo‗lgan.
Uning
iqtisodiy
masalalar bo‗yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi»
va «Siyosat» hisoblanadi. Bu yerda Aristotel xuddi Platonga o‗xshab
ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o‗ziga xosligi
shundan iboratki, unda xo‗jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari
(mayli u: erkin fuqarolar bajaradigan boshqaruv-nazorat funksiyasi
bo‗lsin yoki yer egalari, chorvador, hunarmandlar, savdogarlar bo‗lsin)
har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topishi nuqtayi
nazardan tahlil qilinadi. Shu yerda Aristotel boylik topish va ehtiyojlarni
qondirish usullari to‗g‗risida fikr yuritib, ekonomika va xrematistika
tushunchalari farqini ajratib ko‗rsatib beradi.
Aristotel nafaqat o‗zining falsafiy tafakkuri, balki sotsialistik
iqtisodiy g‗oyalarni rivojlantirishga qo‗shgan hissasi bilan ham ajralib
turadi. Aynan Aristotelning qarashlariga 1300-yildan 1500-yilgacha
bo‗lgan davr mobaynida Avliyo Tomas Akvinskiy va boshqa
namoyondalar o‗z munosabatlarini bildirganlar. Demokrit (eramizdan
avvalgi taxminan 460-370-yillar) mehnat taqsimotini rag‗batlantirish
bilan bir qatorda xususiy mulkni rivojlantirish tarafdori bo‗ldi.
Aristotelning ustozi Platonning ta‘kidlashicha, barkamol jamiyatning
hukmron sinfi – askarlar va faylasuflar e‘tiborini muhimroq
masalalardan chalg‗itadigan mulk bo‗yicha mojarolarni oldini olish
uchun ular xususiy mulkka ega bo‗lmasdan, balki jamoat mulkidan
foydalanishi maqsadga muvofiq. Lekin Aristotelning fikricha, xususiy
mulk jamiyatda foydali funksiyani bajaradi, uning miqdori bo‗yicha
cheklov o‗rnatadigan qoidalar tatbiq etilmasligi zarur. Uning xususiy
mulkka bo‗lgan huquqni ma‘qullagan holda, iqtisodiy o‗sish orqasidan
quvishni ayblashdagi aniq izchillikka ega bo‗lmagan g‗oyalari
faylasuflarni o‗n oltinchi asrgacha tashvishga solib keldi.

Aristotel (m.av. 384–322)


 

37


Aristotelning iqtisodiy ta‘limotga qo‗shgan asosiy hissasi tovarlar
almashuvi va bu almashuvda puldan foydalanish bilan bog‗liq
munosabatlarni chuqur yoritganligida edi. Uning fikricha, odamlarning
ehtiyoji o‗rtacha, lekin odamlarning istaklari cheksizdir. Shundan kelib
chiqib, ehtiyojni qondirish uchun tovarlarni ishlab chiqarish tabiiy,
cheksiz istaklarni qoniqtirish uchun tovarlarni ishlab chiqarish notabiiy
holat. Aristotelning fikricha, tovarlar bozorda sotish uchun ishlab
chiqarilganida, bu faoliyat ehtiyojni yoki istaklarni qondirish uchun
amalga oshirilganligini aniqlash qiyin; lekin uning fikricha, agar
bozordagi almashuv barter shaklida bo‗lsa, bu tabiiy ehtiyojni qondirish
uchun amalga oshirilgan va bundan iqtisodiy foyda ko‗zlanmagan.
Aristotel Platon va ko‗pchilik boshqa yunon olimlarining iqtisodiy
faoliyatini kengroq kontekstda o‗rgandi. Aristotel ko‗rsatib o‗tgan
qiziqarli
masalalardan
biri
shundan
iboratki,
yetishmovchilik
muammosini iste‘molni kamaytirish, odamlarning munosabatini
o‗zgartirish yo‗li bilan hal qilish mumkin. Bu yetishmovchilik asosida
yotadigan to‗qnashuvlarni bartaraf etib, jamiyatdagi to‗qnashuvlarni
tugatish orzusida bo‗lgan utopistlar va sotsialistlar uchun kuchli g‗oya
bo‗ldi.
11

Ekonomika – Aristotel tushunchasi bo‗yicha bu eng avvalo,


dehqonchilikdagi kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo
bilan band bo‗lganlarning asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi
– insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, shuning
uchun unga davlat g‗amxo‗rlik qilishi kerak.
Xrematistika bu yirik savdo yo‗li bilan boylik orttirish mahoratidir.
Aristotelning qayd qilib o‗tishicha, bunday boylik orttirish maqsadiga
erishishning cheki bo‗lmaydi. Bunday maqsad – boylik va pul topishdir
(shu boisdan uning chegarasi yo‗q). Ekonomikadan farqli ravishda,
xrematistika zarur hisoblanmaydi va tabiat qonunlariga zid, deb
ko‗rsatiladi. Shundan kelib chiqqan holda, Aristotelning xitob qilishicha,
«ekonomika maqtovga sazovor, xrematistika esa – tanbehga».
Qadimgi yunon mutafakkirlarining ekonomika va xrematistikaga
bo‗lgan bunday munosabati uning natural xo‗jalik mavqeyida
bo‗lganligini yaqqol ko‗rsatib turibdi.
Aristotel o‗zining ekonomika va xrematistika konsepsiyasi
doirasida quldorlik davlat tuzilishini ideallashtirib, xo‗jalik hayotining
eng muhim unsurlarini sun‘iy ravishda «soddalashtirdi». Masalan,

11
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 48-b.

38

Aristotel fikri bo‗yicha, «haqiqatan ham narsalar shu qadar turli-


tumanki, ularni tenglashtirib (taqqoslab) bo‗lmaydi». Shunga ko‗ra
xulosa qilinadi: «5 qo‗ndoq = 1 uyga», chunki ularni taqqoslash faqat
go‗yoki pul tufayli amalga oshirilishi «kundalik hayotda» ancha qulay.
Tovar sifatidagi pulning o‗zi esa, olimning fikricha, stixiyali ravishda
emas, balki odamlar o‗rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni
(pulni) «iste‘molga yaroqsiz» qilib qo‗yish «bizning ixtiyorimizda».
Aristotelning
ekonomika
va
xrematistika
konsepsiyasi
«kamchiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham kiritish
mumkin. Bu yerda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni
qondirishda asosiy akt sifatida ko‗riladi va tovarning iste‘mol qiymatini
iqtisodiyot sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi,
ikkinchi bir joyda – aksincha, ayirboshlash boylik orttirish sifatida
qaraladi va tovarning almashuv qiymatini xrematistika sohasining
kategoriyasi, de-yishga asos bo‗la oladi.
Nihoyat, shu konsepsiya nuqtayi nazaridan Aristotel savdo
shakllari evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini biryoqlama
tahlil qilib, o‗zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy
munosabatda ekanligini namoyon etdi. Xususan, to‗g‗ridan to‗g‗ri tovar
ayirboshlash va pul vositasi orqali tovar ayirboshlash kabi savdoning
dastlabki shakllarini u ekonomika sohasiga kiritadi, savdo kapitalining
harakatini, ya‘ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan
pulning ko‗payishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga
o‗xshash, Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning
qiymat o‗lchovi va muomala vositasi tarzida aks ettirilishini –
ekonomika sohasiga, pulning foydani ko‗paytirish vositasi sifatida
ishlatilishini esa xrematistika sohasiga kiritadi.


Download 88.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling