Qadimgi yunonistonning ishlab chiqarish kuchlari mavzusida yozgan mustaqil ishi


Download 88.8 Kb.
bet3/3
Sana24.03.2023
Hajmi88.8 Kb.
#1292149
1   2   3
Bog'liq
Qadimgi dunyo tarixi fanidan

 
2.5. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy 
qarashlar 

Rimning yirik siyosiy arbobi va


yozuvchisi Katta Mark Porsiy Katon
(m.av. 234–149) o‗zining «Dehqonchilik
to‗g‗risida»gi asarida qishloq xo‗jaligini
xalq xo‗jaligidagi asosiy tarmoq, deb
hisoblaydi. Katon dehqonchilikni tashkil
qilishning eng qulay usulini qo‗llashga,

Mark Portsiy Katon (m.av. 234–149)


 

39


qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta e‘tibor
berdi. U faqat ortiqcha mahsulotni sotish, xo‗jalikda ishlab chiqarish
mumkin bo‗lmagan narsalarni esa sotib olish zarurligi to‗g‗risida fikr
yuritdi. Eng foydali mahsulot, deb zaytun yog‗ini hisoblagan. Katon
savdogarlar va sudxo‗rlar faoliyatiga salbiy munosabatda bo‗lgan.
Katon tovar qiymatidan ortiqchasini
foyda, deb bilgan va qiymatni to‗la ravishda
ishlab chiqarish xarajatlariga kiritgan.
Masalan, uningcha, barcha «qiymat o‗za-
gini» material sarflari, usta va yordam-
chilarga to‗lanadigan haq tashkil etadi.
Atoqli Rim yozuvchisi va olim Mark
Terensiy Varron (m.av. 116–27) xalq
xo‗jaligida dehqonchilik va chorvachilikni
asosiy tarmoq hisobladi. U «Qishloq
xo‗jaligi to‗g‗risida» degan asarida o‗zining
iqtisodiy
qarashlarini
bayon
etdi.
Chorvachilikka katta e‘tibor berib, bozor
sharoitida uni eng foydali tarmoq, deb bildi.
Bunday xulosa qilishning asosiy sababi shundaki, o‗sha davrda Italiyada
don arzon bo‗lgan, chunki u chet o‗lkalardan ancha ko‗p miqdorda olib
kelinar edi, chorvachilik daromadi esa yuqori bo‗lgan. Shu bilan birga
Varron har bir xo‗jalikning o‗zini o‗zi ta‘minlashining tarafdori bo‗lgan,
bozor uchun qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni
rivojlantirishga esa uncha e‘tibor bermagan.
Rim yozuvchisi Yuniy Moderat Kolumella (m.av. I asr) «Qishloq
xo‗jaligi to‗g‗risida» degan kitobida inqiroz va kolonatning (yirik yer
egalari bilan bevosita ishlab chiqaruvchilar – kolonlar o‗rtasidagi ishlab
chiqarish munosabatlari shakli) rivojlanishi davridagi Rim qishloq
xo‗jaligiga tavsif beradi. Uning fikricha, qullar yerni yaxshi
ishlatmaydilar, yerdan yuqori hosil olish uchun qayg‗urmaydilar.
Kolumella urug‗ni sepishdan boshlab to hosilni yig‗ib olishgacha
bo‗lgan davrda qullar isrofgarchilik qilishini, yaxshi ishlamasligini,
o‗g‗rilik qilishini va pirovard natijada donni qabul qilishda uning
miqdorini hisob daftarida noto‗g‗ri ko‗rsatishini aytib berdi. U qullar
mehnatidan ko‗ra erkin mayda ishlab chiqaruvchilar mehnatining
afzalligini isbotlab berdi. Qullarning imkon boricha yerni ishlamaslikka
intilishini ko‗rgan Kolumella bunday yerlarni erkin kolonlarga bo‗lib
berish, mayda tovar ishlab chiqarishga o‗tish zarurligi to‗g‗risida fikr
Mark Terensiy Varron

(m.av. 116–27)


40


yuritadi. Bunday fikrning yuritilishi Kolumellaning ishlab chiqarishni
rivojlantirish masalalarini nisbatan to‗g‗ri tushunganligidan dalolat
beradi.
Qadimgi Rimning jiddiy iqtisodiy muammolaridan biri yerga
bo‗lgan mulkchilikning oqsuyak patritsiylar qo‗lida to‗planishi va
italiyalik ko‗pchilik dehqonlarning yerdan mahrum bo‗lishi hisoblanadi.
Xonavayron bo‗lgan mayda dehqonlarni aka-uka Tiberiy (m.av. 162-
133-y.) va Gay (m.av. 153–121-y.) Grakxlar himoya qilib chiqishdi.
Patritsiylarning yer mulkini cheklash va
agrar masalalarni hal qilish maqsadida
Tiberiy Grakx m.av. 133-yilda qonun
qabul qilishni taklif qilib chiqdi. Bu
qonunga muvofiq rimlik fuqarolarga
davlatning haydaladigan yeridan 500
yuger (125 gektar)gacha ijaraga olish
ruxsat etilgan. Bundan tashqari bir oila
1000 yugerdan ziyod yerga egalik qilishi
man etilgan. Barcha ortiqcha yerlar
davlat ixtiyorida bo‗lgan va yerga
muhtojlarga avlodlariga qoldirish va
uncha ko‗p bo‗lmagan soliq to‗lash
sharti bilan 30 yugerdan bo‗lib berilgan.
Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va
natijada o‗n minglab dehqonlar yer
olishga muvaffaq bo‗ldilar. Tiberiy
Grakx ataylab o‗ldirilgandan keyin,
uning ishini ukasi Gay Grakx davom
ettirdi. Dehqonlarga yer berish qaytadan
bosh-landi hamda shaharlik kambag‗al-
larga davlat xazinasidan past bahoda
don sotish to‗g‗risida qonun qabul
qilindi. Grakx-larning islohoti mayda
dehqon yer egaligi mavqeyini kuchay-
tirish va aholi kamba-g‗allashu-vining
oldini olishga qaratilgan edi. Islohot
ancha muvaffaqiyatli bo‗ldi va hatto
Gay Grakx o‗limidan keyin ham
konservatorlar muhtojlarni yer bilan ta‘minlash to‗g‗risidagi qonunni
bekor qila olmadilar.

Download 88.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling