Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan


Biologiyasi va ekologiyasi


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana17.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1545522
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan

Biologiyasi va ekologiyasi. Dengiz sathidan 1000m balandlikkacha bo‘lgan
joylarda: tog‘larda, yantoq, galofit va efemer o‘simliklar o‘sib yotgan gil tuproqli
cho‘llar, saksovul va boshqa butalar o‘sadigan qumliklar, daryo yaqinidagi jarliklar
va xarobaga aylangan imoratlarda hayot kechiradi. Sharoit qulay bo‘lgan yerlarda
1 ga yerda 7 ta individ uchrashi mumkin. Bu ilon yerdagi har xil teshiklar va
kovaklar, kemiruvchilar ini, toshlar orasi va qoyatoshlar yorig‘ida yashaydi. Yoz
faslida kun issiq bo‘lganidan pana joylarga yashirinadi. Oktabr oyida qishki
uyquga ketadi. Quyosh chiqib turgan qish kunlari kunduzgi vaqtlarda kulcha
bo‘lib, oftobda isinib yotadi. Surxondaryo viloyati sharoitida qum charxiloni
fevralning ikkinchi dekadasida qishki uyqusidan uyg‘onadi.
Fevraldan iyungacha kunduzgi paytlarda, yozda esa tunda faol bo‘ladi.
Sichqonsimon kemiruvchilar, mayda qushlar, qurbaqalar, baqalar, ayrim hollarda
boshqa ilonlar va kaltakesaklar bilan oziqlanadilar. Yosh charxilonlar esa
umurtqasizlar: skolopendralar,
chayonlar, chigirtkasimonlar, qo‘ng‘izlar va kaltakesaklarni yeydi. Juftlashish
mart-aprel
oylarida
bo‘lib
o‘tadi.
Charxilonning
urg‘ochisi
iyul-avgustda
urg‘ochisi uzunligi 10-16 sm keladigan 3-16 ta bola tug‘adi. Tinch holatda
harakatlanganda bu ilon boshini yon
tomonga tashlab, yon tomoni bilan harakat qiladi. Bezovtalangan ilon bir joyda
turib gavdasini sirtmoqqa o‘xshab qayishtiradi, bunda sirtmoqlari bir-biriga qattiq
ishqalanadi, natijada charx toshiga o‘xshash tovush chiqadi. Shuning uchun ham
unga charxilon deb nom berilgan. Boshini biroz yuqoriga ko‘targan holda


26
dushmanini chaqib olishga qulay fursat poylab, birdaniga hujumga tashlanishi
mumkin.
Tarqalishi. Shimoliy va Sharqiy, Shimoli-G‘arbiy Afrika, Arabiston
Yarimoroli, Eron, Iroq, Afg‘oniston, Pokiston, Kaspiy dengizi sharqidan Orol
dengizigacha
bo‘lgan
hududlarda, Turkmaniston,
Tojikistonda
uchraydi.
O‘zbekistonda Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida, Qizilqum sahrosida uchraydi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling