Qanday hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi?


Ishlab chiqarish-texnika nazorati


Download 82.91 Kb.
bet10/26
Sana23.04.2023
Hajmi82.91 Kb.
#1385093
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
3-blok lavozim kasb faoliyati bo\'yicha

Ishlab chiqarish-texnika nazorati — sanoat korxonalarida mahsulot sifatini nazorat qilish yuzasidan bajariladigan xizmatlar majmui. Texnik nazorat i.ch.ning barcha qismlari (xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, yarim fabrikatlar, butlovchi qismlar, texnologik jarayonlar, asboblar, dast-goxlar, uskunalar, tayyor mahsulotlar va b.)da amalga oshiriladi. Nazorat qilinadigan obʼyekt xususiyatiga koʻra, nazoratning kuzatib nazorat qilish, mexanik xususiyatlarni nazorat qilish, kimyoviy taxlil, metallografik tadqiqotlar oʻtkazish, sinab koʻrib nazorat qilish va b. usullari bor. Tashkiliy jihatdan uning texnologik ja-rayonlarni nazorat qilish; operatsion nazorat (mahsulot i.ch. bilan bogʻliq operatsiya bajarib boʻlingach, oʻtkaziladi); inspeksion (yoki tanlab) nazorat qilish; boshlangʻich nazorat (korxonaga yetkazib berilgan materiallar, xom ashyo, yarim fabrikatlar, butlovchi de-tallar nazorat qilinadi); faol nazorat (mahsulotni i.ch. jarayonida oʻlchov asboblari yordamida nazorat qilish)
17. rekonstruksuya loyihasini amalga oshirish deganda nimani tushunasiz?
Rekonstruksiya (re... va lotinchaconstructio — qurilish):

  1. mavjud narsa (korxonashahar, bino)ni yaxshilash, amaliy ahamiyatini oshirish, takomillashtirish maqsadida tubdan qayta qurish;

  2. qoldiklariga, yozma manbalarga asoslanib, biror narsa (Mas, meʼmoriy yodgorlik) qiyofasini, dastlabki koʻrinishini tiklash, qurish. Rekonstruksiya chizma, racm, tasvir, loyiha va h.k. orqali amalga oshiriladi. Yodgorliklarning ilmiy Rekonstruksiya si uning keyingi restavratsiyayenga bogʻliqdir.[1]


18. qurilish mahsulotlarining sifati
Mahsulot sifatining ko`rsatkichi deb, mahsulot sifatiga kiruvchi bitta yoki bir necha xossasining miqdoriy tavsifi, uning yaratilishi va ishlatilishi yoki iste'molidagi muayyan sharoitlarga qo`llanilishini qurilishiga aytiladi.
Sifat ko`rsatkichlari quyidagi asosiy talablarga javob berishlari lozim:
- turg`unligi;- rejali asosda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga yordam berishi;- fan va texnika yutuqlarini inobatga olinishi;- muayyan vazifasiga ko`ra ma'lum ehtiyojlarni qondirishga layoqatliligi.
Vazifaviy ko`rsatkichlar mahsulot xossalarini tavsiflaydi, ularni asosiy vazifalarini belgalaydi, mahsulotni qo`llash sohasiini aniqlaydi. Mashina va asbobsozlik, elektrotexnika va boshqa buyumlar uchun bu ko`rsatkichlar buyum tarafidan bajariladigan foydali ishni tavsiflaydi.
Sifat xalqasi deb ataluvchi tushuncha mahsulotning butun hayot holati davrini o`z ichiga oluvchi (to`liq) mujassamlashgan faoliyatdir.
Sifat xalqasi ehtiyojlarni aniqlashdan tortib, to ularning qanoatlantirilishini baholashgacha bo`lgan turli bosqichlarda sifatga ta'sir etadigan, o`zaro bog`langan faoliyat turlarining nazariy tushunchalar modelidir.
Sifat ham boshqa tushunchalar singari o`zining tizimiga egadir.
Sifat tizimi deganda, tashkiliy cho`zilishi, ma'suliyati, ish tartibi, jarayonlar, resurslar yig`indisi bo`lib, sifatning umumiy boshqaruvini amalga oshirilishi tushuniladi.
Belgilangan mahsulotning sifat ko`rsatkichlari nomenklaturasini tanlash, bu ko`rsatkichlarning qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo`luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o`z ichiga oluvchi ishlarning yig`indisi, mahsulot sifatining darajasini baholash deb ataladi.

Download 82.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling