38. karkassiz binolar qanday binolarga aytiladi?
karkassiz binolar o'zaro bog'langan tashqi devorlar va qavatlararo yopmalardan iborat. Binoning tashqi va ichki devorlari orayopmalar hamda tom og'irligini qabul qiladi. Turar-joylar, maktablar va boshqa jamoat binolari qurilishida ana shu konstruktiv tur keng tarqalgan:
39. yarim karkasli binolar deb qanday binolarga aytiladi?
agar ichki bo'ylama yoki ko'ndalang devorlar o'rniga ustunlar sistemasini o'rnashtirib, ularga tayangan gorizontal to'sinlarga qavatlararo yopmalar joylashtirilgan bo'lsa, bunday binolar yarim karkasli bino deb ataladi. Bu turdagi binolarda ichki karkas bilan birgalikda tashqi devorlar ham orayopma va tomdan tushadigan yukni qabul qiladi.
40. Qurilishda ichki nazorat bo’yicha mutaxassis qanday ishlarni bajaradi?
41. to’sinlar qayerlarda ishlatiladi?
Injenerlik konstruksiyasida po„lat to„sinlar keng qo„llaniladi, ular asosan deformatsiyaning egilish turiga ishlaydi. Agar to„sinlar devor yoki ustunlarga o„rnatilgan bo„lsa, ularni bosh to„sinlar deb yuritiladi. Bosh to„singa o„rnatilgan to„sinlarni esa ikkinchi darajali to„sinlar deb yuritiladi.
Arnaliyotda 6x6 m va 6x9 m o'lchamli va nishabi bir tomonga yoki ikki tomonga bo'lgan tavr kesimli stropil to'sinlar qo'llaniladi, ular payvand karkaslar bilan armaturalanadi. Oraliq masofa 12 m va 18 rn bo'lganda to'sinlar oldindan tortib zo'riqtirilgan armatura bilan armaturalangan. To'sinlarning kesimi ikki tavrli bo'lib, devorining qalinligi 60—LOO mm. Katta ko'ndalang kuchlar ta’sir ko'rsatadigan tayanchlar atrofida devoming qalinligi sekin-asta ortib boradi. To'sinlarning balandligi oraliqning 1/10—1/15 qismini tashkil etadi, bu ularning bikrligini ta’minlaydi. Yuqoridagi siqilgan tokchaning eni to'sin tekisligidan mustahkamlikni ta’miiilash sharti bo'yicha ravoqning 1/50-1/60 qismiga teng qilib olinadi. Pastki tokchaning o'lchamlari ishchi armaturaning joylasliish sharoitlari va betonlash qulayligi bilan aniqlanadi. Siqilgan tokcha va devor to'sinlari payvand karkaslar bilan armaturalanadi, bo'ylama tortuvchi kuchlanishiar oldindan tortilgan kanatli yoki yuqori mustahkamlikka ega sterjenli (yoki simli) armaturaga uzatiladi. Ayrim hollarda tortilgan qismi kesimda juft-juft joylashgan o'zgaruvchan kesimli juda mustahkam sim bilan armaturalanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |