Qanday hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi?


injener-geodezik qismiga nimalar kiradi?


Download 82.91 Kb.
bet16/26
Sana23.04.2023
Hajmi82.91 Kb.
#1385093
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
3-blok lavozim kasb faoliyati bo\'yicha

34. injener-geodezik qismiga nimalar kiradi?
Injenerlik geodeziyasi, geodeziya fanining tarkibiy qismi bo`lib, turli xil injenerlik ishlarini bajarishda qo`llaniladi. Geodeziya - yunoncha, geo - yer, deziya - o‖lchash, bo‖lish ma‖nolarini bildiradi.
Geoeziya - yerning shakli va o‖lchamlarini aniqlash, yer sirtini plan va kartalarda tasvirlash hamda xar-xil injenerlik masalalarini echishda bajariladigan o‖lchash usullari to‖g`risidagi fandir. Geodezik o‖lchashlar yer sirtida, dengizlarda, koinotda va yer ostida burchak, masofa va balandliklarni ulchash asboblari yordamida olib boriladi. Jamiyat taraqqiyotiga ko‖ra geoeziya fani ham rivojlanib bir necha mustaqil fanlarga bo‖lindi:
Oliy geoeziya - butun yer sirtini yoki uning katta qismlarini shakli va o‖lchamlarini aniqlash, yer sirtida ayrim nuqtalar koordinatalari va balandliklarini yagona tizimda topish, yer qobig`ining gorizontal (yotik) va vertikal siljishini o‖rganish kabi masalalarni xal qiladi.
Topografiya - yer sirtining katta bo‖lmagan bo‖laklarining karta va planlarini tuzish, hamda nuqtalarni balandliklarini aniqlash, ularning profili (vertikal kesimi)ni tasvirlash usullari bilan shug`ullanadi.
Injenerlik geoeziyasi - injenerli inshootlarni qidiruv, loyihalash, qurish va foydalanishda bajariladigan geodezik ishlar usullarini o‖rganishi bilan shug`ullanadi.
Fototopografiya yoki aerofoto geoeziya - yersirtini suratga olish va topografik karta, planlarni yerning foto va aerosuratlari orqali tuzish usullarini ishlab chiqish bilan shug`ullanadi. Kartografiya - kartalarni tuzish, nashr qilish va ulardan foydalanish usullarini o‖rganadi.
Kosmik geoeziyasi - yerning sun‖iy yuldoshdan turib, yer shaklini aniqlash va uning sirti suratini olish usullarini o‖rganuvchi fandir.
35. vizual tekshiruv qanday ketma-ketlikda amalga oshiriladi?
Vizual tekshiruv quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarni to‘liq vizual ko‘rikdan o‘tkazish;
poydevorni, poydevorning tashqi qismi, yerto‘la xonalarini tekshirish;
bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning konstruksiyasi, materiallar va yig‘ma panellarni, orayopma va choklarni, cherdak xonalarini tekshirish;
ichki kommunal-muhandislik tarmoqlarini va qurilmalarni tekshirish;
bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning qurilgan sanasi va undan foydalanish davrida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar hamda zararlanishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni yig‘ish;
bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning zararlanishi va konstruksiyalaridagi deformatsiyalar asosida uning texnik holatini baholash (I-seysmik mustahkamligi me’yorda, II-seysmik mustahkamligi qoniqarli, III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz, instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish talab etiladi, IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida);
instrumental-texnik tekshiruv o‘tkazish zarurligi va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning hajmi to‘g‘risida xulosa chiqarish hamda konstruksiyalarni instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish dasturini tuzish.
11. Vizual tekshiruv natijalari bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamligi yoki zaifligi to‘g‘risidagi dastlabki xulosani berishga asos bo‘ladi.
12. Vizual tekshirish jarayonida yirik nuqsonlar mavjudligi aniqlangan barcha konstruksiyalar instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkaziladi.


Download 82.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling