Qanday hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi?


instrumental-texnik tekshiruv nimalarni aniqlashni o’z ichiga oladi?


Download 82.91 Kb.
bet17/26
Sana23.04.2023
Hajmi82.91 Kb.
#1385093
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
3-blok lavozim kasb faoliyati bo\'yicha

36. instrumental-texnik tekshiruv nimalarni aniqlashni o’z ichiga oladi?
Instrumental-texnik tekshiruv quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning loyiha-smeta va texnik hujjatlarga mosligini tekshiruvdan o‘tkazish;
bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning konstruktiv yechimi, rejadagi shakli, gabarit o‘lchamlari, qavatlar balandligi, antiseysmik chok orqali bo‘lmalarga (otseklarga) ajratilganligini aniqlash;
poydevor turi, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari, orayopmalar, tom qismi, antiseysmik tadbirlar, konstruksiya materiallarining mustahkamlik ko‘rsatkichlari, qurilish maydonining o‘ziga xos xususiyatlari, rekonstruksiya davomida mustahkamlanganligi hamda muhandislik-geologik ko‘rsatkichlari holatini to‘liq aniqlash;
bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarda yoriqlar, boshqa shikastlanishlar va deformatsiyalanish joylarini aniq belgilash;
o‘lchov ishlarini olib borish;
olingan namunalarni instrumental-texnik tekshiruvdan va laboratoriya tadqiqotidan o‘tkazish;
to‘plangan ma’lumotlar asosida bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamligini modelli tadqiq etish;
instrumental-texnik tekshiruvlar, o‘lchov ishlari, laboratoriya hamda modelli tadqiqotlarga muvofiq bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning zararlanishi va konstruksiyalaridagi deformatsiyalar asosida uning texnik holatini baholash (I-seysmik mustahkamligi me’yorda, II-seysmik mustahkamligi qoniqarli, III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz, IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida);
15. Instrumental-texnik tekshiruv natijasida olingan ma’lumotlar va laboratoriya tahlillari bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamligi yoki zaifligi to‘g‘risida to‘liq xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
37. karkasli binolar deb qanday binolarga aytiladi?
karkasli binolarda ustunlar sistemasi gorizontal to'sinlar bilan birgalikda bino skeletini tashkil qiladi. Binoning karkasi binoga ta’sir qiladigan barcha kuch va og'irliklami qabul qiladi. Karkasli bino konstruksiyalari vazifasiga ko'ra bir-biridan farq qilib, ko'tarib turuvchi va himoyalovchi guruhlarga bo'linadi. Bu holda tashqi devorlar faqat himoyalovchi funksiyani bajarib, ular o'z-o'zini ko'taruvchi yoki ilib qo'yilgan bo'lishi mumkin;
Shuni aytish kerakki, yirik panelli jamoat va turar-joy binolari qurilishida karkasli binolar qo'llash ko'proq foydaUdir. Bulardan tashqari, turar-joy binolari qurilishida zavodlarda tayyorlangan yirik hajmiy bloklar keng qo'lamda qo'llanilmoqda. Umuman olganda, bino va inshootlar konstruksiyalari sifatida karkas konstruksiyalar bilan bir qatorda panel, yirik panel, monolit, temir-beton, hamda kombinatsiyalashtirilgan konstmksiyalar qo'llaniladi

Download 82.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling