Qanday hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi?
bino konstruksiyalariga atrof-muhit ta’siri deganda nimalarni tushunasiz?
Download 82.91 Kb.
|
3-blok lavozim kasb faoliyati bo\'yicha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 45. mehnatni muhofaza qilish deganda nimani tushunasiz Mehnat muhofazasi
44. bino konstruksiyalariga atrof-muhit ta’siri deganda nimalarni tushunasiz?
Atrof-muhit ta’siri — tashqi harorat (konstruksiya chiziqli o'lchamlarining o'zgarishiga olib keladi), atmosfera va tuproq namligi ta’siri (qurilish ashyolarining xususiyatlarini o'zgarishiga olib keladi), havo oqimi yo'nalishining ta’siri (xona ichidagi mikroiqlimning o'zgarishiga olib keladi), quyosh nuri energiyasining ta’siri (qurilish ashyosi fizik-texnik xususiyatlarining o'zgarishiga olib keladi), havo tarkibidagi agressiv kimyoviy birikmalaming ta’siri (konstruksiyaning yemirilishiga va buzilishiga olib keladi), biologik ta’sir (mikroorganizmlar va qurt-qumursqalar konstruksiyani yemiradi), bino ichidagi yoki tashqarisidagi shovqin ta’siridan xonadagi normal akustik rejimning buzilishi. 45. mehnatni muhofaza qilish deganda nimani tushunasiz? Mehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi. sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan, mazkur maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar. 22. Umumiy foydalanishdagi yerlardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: aloqa yo‘llarini (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmoqlari, qirg‘oqlarni) joylashtirish uchun; madaniy-maishiy ehtiyojlar va aholi dam olishi (o‘rmonzor bog‘, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, havzalar, cho‘milish joylari hamda ariqlar tarmog‘i) uchun; kommunal-maishiy ehtiyojlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va yo‘qotish joylari, axlatxonalar va qishloq aholi punktlari ehtiyojlari uchun xizmat qiladigan boshqa yerlar) uchun. 23. Umumiy foydalanishdagi yerlarda turar joylarni qurish tartibi posyolka, qishloq va ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi me’moriy-rejalashtirish tashkilotlarining loyihalarida, bosh rejasida, batafsil rejalashtirish loyihalarida va aholi punktlarini qurish loyihalarida belgilanadi. 24. Umumiy foydalanishdagi yerlar muayyan yuridik shaxslarga va jismoniy shaxslarga biriktirilmaydi, ular tuman davlat hokimiyati organlarining bevosita tasarrufida bo‘ladi, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududlarida joylashgan qishloq aholi punktlarida esa — qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tasarrufida bo‘ladi. 25. Qishloq aholi punktlaridagi suv havzalari bo‘yidagi yerlardan, birinchi navbatda, belgilangan tartibda dam olish va sport uchun foydalaniladi. Download 82.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling