Qanxa davri mudofaa inshootlarini tipologik jihatdan uch guruhga bo’lish mumkin. Bular joy relyefi bilan bog’liq ravishda noto’g’ri tarxli, to’g’ri to’rtburchyk tarhli, do’kaloq tarhli inshootlar


Download 139.5 Kb.
bet8/12
Sana02.05.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1423377
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Xazorasp – Xorazm vohasining janubiy darvozasi bo’lib, eng qadimiy shaharlardan biridir. Yodgorlik tekislikka qurilgan, uning rejalashtirilishi to’rt tomoni teng (10,8 ga), qadimda ikki qatorli devor bilan o’rab olingan, ular o’rtasida kengligi 2,10 m bo’lgan yo’lak o’tgan. Shaharning janubiy-sharqiy burchagida ark joylashgan (hajmi 40x40 m). Yodgorlikning qurilish tarixi to’g’risida yagona ilmiy fikr hanuzgacha mavjud emas, bunga arxeologik qazish ishlarining eng qadimiy madaniy qatlamgacha olib borilmaganligidir.
1958–1960 yillarda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari, 1997, 2000, 2003 yillarda Xorazm Ma’mun akademiyasining arxeologiya guruhi xodimlari Xazoraspning bir necha joyida tadqiqotlar olib borilgan, afsuski bu tadqiqotlar tugallanmay qolib ketgan.
Devor va kungurlar saqlanib qolgan, balandligi turlicha, ya’ni 5-14 m. Janubiy devor mahalliy aholi tomonidan buzib tashlangan, bu devorda bitta kungur saqlanib qolgan, g’arbiy, shimoliy va sharqiy devorlarda kungurlar yaxshi saqlangan, ular o’rtasida oraliq 10–55 m.
Shimoliy-g’arbiy qismi ichki qismidan eng qadimgi paxsa devor topildi, unda to’g’ri burchakli kungur mavjud.
Qal’aning masjid qismida, shimoliy-g’arbiy, g’arbiy qismda mudofaa devorini kesish ishlari olib borildi. Natijada shaharning qurilish tarixini mil.av. VII asr bilan belgilash imkonini berdi. Tadqiqotchi Q.Sobirov Bo’ston shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro Simpoziumda qilgan ma’ruzasida Xazorasp yoshini miloddan avvalgi VII-VI asrlarga oidligini qayd etgan edi. Xullas Xazorasp qal’asida keng miqyosda tegilmaydigan er qatlamigacha arxeologik tadqiqotni olib borish zarur, bu albatta kelajakka oid masaladir.
Katqal’a (Shovot) – Shovot tumanidagi Beruniy nomli shirkat xo’jaligi Kat qishlog’i hududida joylashgan, rejalashtirilishi noto’g’ri to’g’ri burchak, umumiy hajmi 10,8 ga, qadimda ikki qatorli devor o’rab olgan bo’lib, ular o’z navbatida yarim aylanali kungurlar bilan kuchaytirilgan, ular o’rtasidagi oraliq –27 m. Yodgorlik mil.av. IV asrda qurilgan.
Akshaxon – Beruniy tumanidagi «Ozod» fermer xo’jaligidagi qumliklar o’rtasida tekislikka qurilgan. Rejalashtirilishi to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni – 45 ga, qadimda ikki qatorli devor o’rab olgan, kengligi – 6 m. Devor bo’ylab to’g’riburchakli kungurlar, burchak qismida esa to’rt tomoni teng kungurlar joylashgan.
Shimoli-g’arbiy burchakda ark joylashgan, to’g’riburchak shaklda (380x340 m). Darvoza janubi-sharqiy va janubiy-g’arbiy devorda joylashgan, labirint bilan mustahkamlangan. Yodgorlikning tashqi devori va kunguri o’rganildi. Yodgorlik mil.av. IV – milodiy III asrlarda Xorazmning poytaxti bo’lgan (podsho Farazman 1500 otliq askar bilan Baqtr shahriga A.Makedonskiy huzuriga shu shahardan ketgan bo’lishi shubhasiz). Yodgorlik Qoraqalpog’iston va Avstraliya olimlari tomonidan uzluksiz ravishda tekshirilmoqda.

Download 139.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling