Qaraqay Pinus L. turkumi. Qaraqay turkumiga100 ga yaqin turga ega tabiiy sharoitda Azarbayjon bilan Gruziyada o’suvchi (eldar qaraqayi) qurg’oqchillikka chidamliligi uchun O’zbekistonning ko’pchilik shaharlarida manazarali daraxt sifatida o’stiriladi. Qaraqay doimo yashil daraxt. Subtropik iqlim mintaqalarida qarag’ay turlari tog’li o’lkalarda o’sadi va o’z arealida aralash yoki sof o’rmonlarni hosil qiladi. Bu turkumning oddiy qarag’ay -Pinus selvestris, Sibir qarag’ayi-P.sibirica kabi turlari keng tarqalgan. Qrim va Kavkazda -kavkaz qaraqayi o’sadi.
Oddiy qaraqay-P.silvestrisning areali keng hisoblanadi. O’rta va Shimoliy Evropadan Shimoliy Osiyoga qadar tarqalgan. U muqit sharoitini tanlamaydi. Janub sharoitida tog’li hududlarda, qumloq daryo sohillarida, botog’oqliklarda o’rmon hosil qiladi. Yorug’sevar poyasi tik o’sadi, balandligi 20-40 m. Po’stloqi qizg’ish -qo’ng’ir.
Urug’i yordamida ko’payadi. Qubbalari qisqargan novdaladar 2 tadan joylashadi. 3 yilga qadar saqlanadi. Ko’pchiligi 2 uyli, qubbasi mikrosporafill yoki megosporafillar to’plamidan iborat. Mikrosporafil ostida 2 ta yoki undan ortiq chang xaltachasi (mikrosporangiy) joylashadi. Megosporafillar -qubba shaklida. Qubba markazida uzun o’q bo’ladi. Bu o’q atrofida yopg’ich qipiqlar bo’ladi qo’ltig’ida urug’ qipig’i joylashadi. Shu urug’ qipig’ining ustki tomonida megosporangiy -urug’kurtak joylashadi. Changlanishdan urug’lanishga qadar ancha vaqt o’tadi. Qaraqay urug’i faqat 2-yili to’liq pishib yetiladi. Bu davr ichida qubbbalarning tashqi tuzilishi kattalashadi. Rangi ham ancha o’zgaradi. Har yili qarag’aylarda 3 xil qubbalarni kuzatish mumkin. Changlanish jarayonida yuz beradigan mayda qizil qubbalar. Urug’lanish jarayonida -birmuncha yirik yashil rangli qubbalar. Urug’lar yyetilganda kuzatiladigan - yirik jigarrang qubbalar (11-rasm).
Qarag’aylarning turlari juda ko’p, lekin ular bir - biridan morfologik tuzilishi, qubbalarning katta -kichikligi poyasining rangi va barglarining o’rnashishi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |