Qoraqaraqay-Piceae turkumi. Qoraqarag’ay turkumiga 30-50 ga yaqin tur kiradi. Ular soyasevar o’simliklar bo’lib, Shimoliy Sharqiy Evropada va Sharqiy Sibir, Kavkazda, O’rta Osiyoda tarqalgan. Shimoliy Amerikada tarqalgan El turlarining ayrimlari 50-60 metrdan to 80 metrgacha, balandlikka ega. Ular 500-600 yil yashaydi. El daraxti shoxlari yanvar oyida o’tkaziladigan yangi yil archa bayramida bezatish uchun ishlatiladi.
11-rasm. Oddiy qarag’ay-Pinus silvestris:1,2 - Erkak qubbali shoxchasi, 3- bargli shoxchasi, 4- urug’kurtakli tangacha, 5-urug’i, 6-bargi, 7, 8-urg’ochi qubbalari
Kiparisnoma lar qabilasi
Sarvdoshlar-Cupresaceae oilasiga 19 ta turkum 130-150 ga yaqin tur kiradi, ular har ikkala yarim sharda ham tarqalgan. Oila vakillari bir yoki ikki uyli daraxt va butalar bo’lib, ularda smola yo’llari bo’lmaydi. Barglari ninasimon yoki tangachasimon novdada qarama -qarshi yoki halqasimon o’rnashgan. Erkaklik (changchi) qubbalari yakka holda bo’lib, mikrosporafillari qalqonsimon, mikrosporangiylari 2-6 ta. Erkaklik gametofiti reduktsiyalangan. Urg’ochi (urug’chi) qubbasida qoplag’ich tangacha barg va urug’ tangachasi qo’shilib o’sib, bittaga aylangan, qoplag’ich tangacha bargi yog’ochlangan yoki yumshoq etli (archalar)dir.
Sarv-(kiparis)- Cupressus turkumi 15-20 ta turga ega, balandligi 30-50 m, bir uyli daraxt va buta o’simlik. O’rta Yer dengizining atrofida, Ximolay, Janubiy Xitoy va Amerikada tarqalgan. Qrim, qora dengiz qirg’oqlarida ayrim turlari O’zbekistonda ham manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi.
Doimiy yashil sarv - 30 m.li, 2000 yilgacha umr ko’radi. O’zbekistonda piramidasimon sarv Toshkent, Samarqand, Farqona vodiysida uchraydi.
Tuya-Thuja) turkumi bir uyli daraxt va butalardan iborat bo’lib, 6 turga ega. Shulardan G’arb tuyasi (Thuja occidentales) asosan Xitoyda tarqalgan. Manbalarda ko’rsatilishicha Sharq tuyasi Sarv O’rta Osiyoda muqaddas daraxt sifatida o’stirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |