Qarag’aysimonlar sinfi. Qarag’aykabilar sinfchasi. Araukariyanomalar qabilasi. Qarag’aynomalar qabilasi. Kiparisnomalar qabilasi. Tissanomalar qabilasi. Podakarpus nomalar qabilasi


Download 242.44 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi242.44 Kb.
#1592305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4.mavzu. qaragaysimonlar sinfi. qara

Archa -Junipyerus turkmiga 14 ta tur kiradi. SNG florasida 21 turi uchraydi. Shundan 3 ta turiZarafshon archasi-Jynipyerus zezavschanica yarim sharsimon va Turkiston archasi (Jynipyerus turkistanica) O’zbekistonning tog’li hududlarida tarqalgan. Bundan tashqari eng chiroyli archalardan Virgin archa (J.vyerginia) bo’yi 15-30 m balandlikda, manzarali o’simlik sifatida respublikamizning shaharlarida o’stirilmoqda. Qrim va Kavkazning janubiy qirg’oqlarida o’stiriladi, yog’ochi engil, yumshoq bo’lib, qalam, yog’ochsozlikda ishlatiladi.
Zarafshon savr archalaridan O’rta Osiyo xalqlari qadim zamonlardan pistako’mir olishda ishlatganlar. Archalar ikki uyli, ayrimlari bir uyli o’simliklardir. Ularning erkak qubbalari 1 yil daraxtdda qishlab, ikkinchi yilning bahorida pishib yetiladi. Urg’ochi (urug’chi) qubbalari -qisqargan novdalarning qo’ltig’ida kuzda hosil bo’ladi. Ikkinchi bahorda ular kattalashib, ularda kurtaklar yetiladi. Urug’lanishdan keyin yumshoq etli urg’ochi qubbalarda urug’ hosil bo’ladi. Pishib yetilgan qubbalari sharsimon etdor bo’ladi. Urug’i ko’pincha ikkinchi yili yetiladi. 1-14 tagacha urug’i bo’ladi.
Archalar tog’lik tumanlarda eroziyaga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular o’zida fitontsid ajratish bilan havoni mikroblardan tozalaydi. Ulardagi efir moylari ham muhim ahamiyatga ega. Archalar qurilish uchun xom ashyo, uy -ro’zg’or asboblari yasashda manzarali o’simliklar sifatida ham katta rol o’ynaydi.
Archalar uzoq yashovchi o’simliklar bo’lib, 2000 yilgacha umr ko’radi.
Archa O’zbekistonda muhofaza qilinadi. Archalar (Turkiston, Zarafshon archalari) Tyan-Shan, Pomir-Oloy tog’ tizmalarida keng tarqalgan.


Tissanomalar qabilasi
Tissanamolar-Taxales qabilasi doimo yashil daraxt va butalardan tashkil topgan. Qabila 2 ta oilaga mansub, 20 ta turni o’z ichiga oladi. Ular asosan Shimoliy yarim sharda issiq hududlarda tarqalgan. Qaraqaysimonlar-Pinopsida sinfiga asosan Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan. Ularning yer sharida 8 ta oila, 55 ta turkum va 600 ga yaqin turlari uchraydi. Sinf ikki sinfchaga kordaitkabilar-Cordaitidae va qaraqaykabilar-Pinidaega bo’linadi. Kordaitkabilar sinfchasining vakillari karbon davridan permning oxirigacha o’sib, keyinchalik qirilib ketgan. Ular bitta qabila kordaitnamolar (Cordaitales) dan iborat. Kordaitlar yirik daraxt bo’lib, ularning balandligi 20 metrdan to 30 metrgacha etgan. Barglari bir necha sm dan to 1 m gacha uzunlikda va 1-2 sm kenlikda bo’lib, ular qalami, nashtarsimon, ellipsimon, teskari tuxumsimon shakllarga ega bo’lgan. Evolyutsion nuqtai nazadan qaraganda kordaitlar ochiq urug’larning eng keyingi vakillaridan bo’lib, urug’liqirqquloqlar bilan bir qatorda turgan. Lekin, mustaqil bo’lmay rivojlangan. Barglarining oralig’ida joylashagan qubbalarining uzunligi 30 sm gacha etgan. Kordaitlarga har xil sporali qirqquloqlardan kelib chiqqan deb qaraladi.

Download 242.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling