Qaraqalpaqstan Respublikasi Qaraqalpaqstan


Download 166.49 Kb.
bet7/7
Sana30.01.2024
Hajmi166.49 Kb.
#1808903
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QARAQALPAQTSAN

2-statya. Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi jumi'si'ni'n' tiykarg'i' principleri.
Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi o'z jumi'si'nda kollegialli'q, demokratiya ha'm ni'zamli'li'q, Qaraqalpaqstan Respublikasi'nda jasaytug'i'n barli'q milletlerdin' ma'plerin yesapqa ali'w principlerin basshi'li'qqa aladi'.
3-statya. Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esinin' ja'miyetlik birlespeler menen wo'z-ara qatnasi'qlari'.
Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esi o'zinin' wa'killigine kiretug'i'n ma'seleler boyi'nsha ja'miyetlik birlespeler menen o'z-ara baylani'sli' ha'reket yetedi ha'm wolarg'a ha'rekettegi ni'zamlarg'a muwapi'q za'ru'rli ja'rdem ko'rsetedi.
4-statya. Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esinin' diniy sho'lkemler menen qatnasi'qlari'.
Qaraqalpaqstan Respublikasi' Ministrler Ken'esinin' diniy sho'lkemler menen wo'z-ara qatnasi'qlari' O'zbekstan Respublikasi'ni'n' ha'm Qaraqalpaqstan Respublikasi'ni'n' hu'jdan yerkinligi ha'm diniy sho'lkemler haqqi'ndag'i' ni'zamlari' menen belgilenedi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: kecha va bugun


Mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz barcha sohalarda asrlarga teng taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Shaharu qishloqlarimiz zamonaviy qiyofa kasb etib, hayotimizda ijtimoiy-siyosiy munosabatlar butunlay o‘zgardi. Mustabid tuzum davrida asosan xomashyo yetkazib beruvchi agrar respublika bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror taraqqiy etayotgan, sanoati rivojlangan, eng muhimi, xalqining farovonligi muttasil yuksalib borayotgan qudratli davlatga aylandi. 
Mamlakatimizning shimoliy mintaqasi – Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham mustaqillik yillarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan alohida e’tibor yuksak samaralar berdi. Puxta o‘ylangan, boqichma-bosqich amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli Qoraqalpog‘iston Respublikasi oddiy agrar o‘lkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi, transport-kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangan mintaqaga aylandi. 
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ro‘y bergan o‘zgarish va yangilanishlar haqida uzoq gapirish mumkin. Markaziy Osiyoda yagona, sahro bag‘ridagi mo‘jiza –Qo‘ng‘irot soda zavodi, Xo‘jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo‘shma korxonasi, Qo‘ng‘irot karbid, Nukus marmar va kabel zavodlari, O‘rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” kabi zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, o‘nlab umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san’at maktablari... Bunday muhtasham inshootlar istiqlol sharofati tufayli barpo bo‘ldi. 
Istiqlolning dastlabki yilidayoq minglab aholini ichimlik suvi bilan ta’minlagan 243 kilometrlik Tuyamo‘yin-Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir suv tarmog‘i ishga tushirildi. 1991-2010-yillarda hududda gaz va gaz kondensati, shisha, kungaboqar yog‘i, kalsiylashtirilgan soda, vermikulit konsentrati, talkomagnezit, glitserrizin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
Xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish borasida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari eng savobli ishlardan bo‘ldi. Bu sohada ham islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning manfaatlari uchun degan ezgu g‘oya doimiy ustuvor vazifa bo‘lib kelmoqda. 
2000-yili Nukus shahrini Xo‘jayli tumani bilan bog‘laydigan ulkan ko‘prik, 2001-yilda 345 kilometrlik Nukus-Sultonuvaystog‘-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yo‘li ishga tushirildi. Yuzlab kilometr avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi. Bu ravon yo‘llarning uzunligi 4 ming 100 kilometrdan oshib ketdi. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 
Er osti boyliklarini izlash, qazib olish va ulardan samarali foydalanishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xorijlik sheriklar bilan “Jel”, “G‘arbiy Orol” kabi istiqbolli konlar ochildi. “Ustyurt va Orol dengizi atroflarida geofizika ishlarini amalga oshirishni kuchaytirish” dasturiishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Ustyurt kengliklarida seysmik tadqiqotlar jadal olib borilmoqda. Ayniqsa, “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali jamoasining sa’y-harakatlari tahsinga munosib. Hozir kuniga 45 ming kubometr gaz berayotgan “Tillali”, “Sayxun”, “In’om”, “Arslon” singari yangi konlar ana shu ekspeditsiya izlanishlarining samarasidir. 
Bugun dunyo xalqlarining e’tiborini tortayotgan, havasli, hayratli nigohlariga sabab bo‘layotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etildi. Asrlar osha qaqrab yotgan bepoyon dashtda ulkan ishlab chiqarish quvvati qad rostladi. Korxona jahonning nufuzli nashrlari tomonidan 2012-yilning eng yaxshi loyihasi, deb topildi. 
2014-yili nufuzli “Infrastructure Journal” xalqaro nashri mazkur loyiha qurilishini “2014-yilning neft-gaz sohasidagi eng yirik bitimi”, deb e’lon qildi. Umumiy qiymati 4 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bu mashhur loyiha amalga oshirilishi mamlakatimiz sanoati rivojini yangi bosqichga ko‘tarishi shubhasiz. Hozir bu yerda yiliga 4,5 milliard kub metr gaz qayta ishlanmoqda. Buning samarasida xalqimiz ehtiyoji va eksport uchun 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillyati va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yengil sanoatni rivojlantirish, jumladan, paxta yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni, madaniy o‘simliklarning yangi navlarini sohaga joriy etish asosida ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotir. 2016-yilda bu yo‘nalishda uchta yangi korxona tashkil etilib, to‘rttasi modernizatsiya qilinadi. 
Shu yilning ikkinchi choragida momiq ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Bunyodbek-Xo‘jayli” oilaviy korxonasi foydalanishga topshiriladi. Yil oxirigacha “Yoqubova Gavhar” fermer xo‘jaligi kalava ip ishlab chiqara boshlaydi. Ellikqal’ada “Global national-tex” sho‘ba korxonasida jinsi mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Amudaryo tumanidagi “Kameks-KK” korxonasida momiq, Kegeyli tumanidagi “Avto Qayip mayshi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft paypoq ishlab chiqariladi. “To‘rtko‘l omad tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. 
Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi sohasida mutlaqo yangi va samarali iqtisodiy munosabatlar joriy etildi. Yer o‘z egasini topdi. Bugun Qoraqalpog‘iston fermerlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda. 
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylarga talabgorlar tobora ko‘paymoqda. Barcha sharoitlarga ega bunday zamonaviy uylarda minglab oilalar baxtli hayot kechirmoqda. Uy to‘ylariga kelin to‘ylari ulanib ketayotir. 
Yosh avlodning hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishi, iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘tgan davr mobaynida hududda zamonaviy sharoitlar yaratilgan 99 kasb-hunar kolleji, 9 akademik litsey foydalanishga topshirildi. 2015-yilda 9 ming 700 o‘rinli 22 ta zamonaviy maktab binosi barpo etildi. Ayni paytda hududdagi 370 umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda 170 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar zamonaviy bilimlarni o‘rganmoqda. 
O‘tgan yili Nukus shahri markazida 2,5 milliard so‘mlik loyiha asosida bunyod etilgan va barcha qulayliklarga ega “Baxt uyi” foydalanishga topshirildi. Inson baxt uchun dunyoga keladi. Bu borada mamlakatimizda yoshlarga doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida Nukus shahri, Amudaryo, Ellikqal’a, Beruniy, Xo‘jayli tumanlarida ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan yuzlab yosh oilalarga “Kamolot” uylari topshirildi. 
Nukus shahrida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi va bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Temir yo‘l vokzali, I.Savitskiy nomidagi san’at muzeyi tanib bo‘lmas darajada zamonaviy qiyofa kasb etdi. Shaharning Qoraqalpog‘iston, Amir Temur, To‘lepbergen Qaipbergenov ko‘chalarida qad rostlagan ko‘p qavatli zamonaviy uylarga ko‘chib o‘tgan yuzlab oilalar hayotiga o‘zgacha shukuh kirdi. Shahar markazidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanalining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab 2,5 kilometr masofada ko‘plab ko‘ngilochar, dam olish obyektlari ishga tushirildi. 

– O‘tgan yilgi investitsiya dasturiga ko‘ra, yangi uy-joylarga qo‘shimcha 117 ijtimoiy obyektda rekonstruksiya va qurilish ishlari amalga oshirildi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Azimjon Qurbonboyev. – O‘nlab kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablari, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlari qurildi. Ko‘plab suv tarmoqlari tortildi.


Mintaqada ekologik barqarorlikni ta’minlash masalasi davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Prezidentimiz Islom Karimov bu masalaga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratdi. Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi ana shunday olijanob sa’y-harakatlar samarasida tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha 2013-2017-yillarga mo‘ljallangan dasturi bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Dasturda Orolbo‘yini ekologik sog‘lomlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, cho‘llanishning oldini olish, Orol dengizining qurigan hududlarida sun’iy o‘rmonlar barpoetish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Dasturga ko‘ra, mazkur ishlarga 89,39 milliard so‘m, 1635,55 million AQSh dollari va 57,63 million yevro mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. 
Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi Nukus filiali tomonidan 2014-yilda Mo‘ynoq tumanida, Orol dengizining Axantay qismida 1500, Oqqum qismida 34 gektarlik saksovulzor – sun’iy o‘rmon barpo etildi. 
Ayni paytda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 90 million AQSh dollari miqdoridagi loyiha asosida Orol dengizining qurigan qismida cho‘llanishdan himoyalovchi mitti o‘rmonlar bunyod etishga kirishilayotgani ham hudud aholisi turmush farovonligini yuksaltirish borasidagi ezgu ishlarning davomidir. 
Mustaqillik inshootlaridan yana biri Qo‘ng‘irot soda zavodidir. Ko‘plab sohalar uchun zarur xomashyo – kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarayotgan ushbu yirik korxona o‘z mahsulotining aksariyatini eksportga yo‘naltirmoqda. O‘tgan yili korxona xorijlik buyurtmachilarga 24 ming tonna mahsulot yetkazib berdi. Ichki bozorda “Kvars”, “Asl oyna” aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Qo‘ng‘irot soda zavodining asosiy buyurtmachilaridir. 
Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi tubdan yaxshilandi. Bugun olis ovullar aholisi ham zamonaviy tibbiy xizmatdan bahramand bo‘layotir. 
– Chekka tuman va qishloqlardagi tibbiy muassasalarning ham moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Bu biz, mutaxassislarni ham yanada samarali ishlashga undamoqda, – deydi Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori o‘rinbosari J.Davletova. – Bugun oddiy qishloq shifokori ham bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘yib, zamonaviy uskunalar yordamida samarali davolay oladi. Bularning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasidir. 
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar mustaqilligimizning birinchi kunlaridan belgilab olingan eng muhim vazifalarning izchil davomidir. 
Bugun Qoraqalpog‘iston shifokorlarining Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Polsha va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi, ilg‘or tajribalarni qo‘llashi oddiy holga aylandi. 
Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishi, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Mustabid tuzum davrida chekka hudud sifatida mutlaqo e’tibordan chetda qolgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bugun ana shunday taraqqiyot yo‘lidan dadil bormoqda. Bugunidan mamnun va ertangi kuniga ishonchi qat’iy bo‘lgan Qoraqalpog‘iston xalqi Vatanimiz mustaqilligining 25-yillik bayramini munosib kutib olishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu ularning shukronalarida, mamnun chehralarida yaqqol aks etmoqda. 

Ерниязов Муса Тажетдинович (род. 20 декабря 1947 года Кегейлийский район, Кара-Калпакская АССР, Узбекская ССР,СССР) — советский, затем узбекистанский государственный и политический деятель, председатель Жокаргы Кенгеса (Парламента) Республики Каракалпакстан. Член Сената, заместитель Председателя Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан. Депутат Жокаргы Кенеса Республики Каракалпакстан.


Download 166.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling