Qarindoshlar oʼrtasida nikoh tuzish holatlari va uning salbiy oqibatlarini oldini olish
-jadval. Qarindoshi bilan oila qurganidan afsuslanish holatlari va sabablari
Download 45.48 Kb.
|
1 2
Bog'liqQarindoshlar oʼrtasida nikoh tuzish holatlari va uning salbiy oqibatlarini oldini olish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jizzax viloyati Qashqadaryo viloyati Surxondaryo viloyati
- Farzand ko‘rish va uning salomatligi bo‘yicha qarindoshlar o‘rtasida kelishmovchiliklarning yuzaga kelganligi 8,2%
- Yosh kelin-kuyovlarning jismoniy va maʼnaviy kamchiliklarini oshkora aytishning mushkulligi 4,1%
- Yosh kelin-kuyovlarning janjali, qarindoshlarning yuz ko‘rmas bo‘lishiga sababchi bo‘lishligi 22,4%
- Qarindoshlar o‘rtasida nikohda hech qanaqa salbiy holatlarni ko‘rmayman 32,7%
- Boshqa salbiy holatlar 16,3% 0,0%
1-jadval. Qarindoshi bilan oila qurganidan afsuslanish holatlari va sabablari
Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, qarindoshlari bilan nikoh qurganlarning aksariyati bunday nikohdan afsuslanishi, buning oqibatida turli noxushliklar bo‘layotgani malum bo‘ldi (1-jadval). Bunday nikoh oqibatida, farzandlarda nogironlik va irsiy kasalliklarning borligi bo‘yicha umumiy 27,6 foiz axoli eng ko‘pi bilan Jizzax viloyati (30,6%) axolisi aziyat chekmoqda. Yosh kelin-kuyovlarning janjali, qarindoshlarning yuz ko‘rmas bo‘lishiga sababchi bo‘lishligi 30,8 foizni tashkil etib, eng yuqorisi Surxondaryo viloyatiga (38,9%) to‘g‘ri keldi. Respondentlarning 26,9 foizi, qarindoshlar o‘rtasida nikohda hech qanaqa salbiy holatlarni ko‘rmasliklari malum qildi. O‘rganilayotgan hududda qarindoshlar o‘rtasida nikohning eng asosiy sababchisi yaxshi qizni qo‘ldan chiqarmaslik (39,0 %) bo‘lib, bunga Qashqadaryo viloyati (47,1%) yaqqol misol bo‘ladi. O‘tkazilgan tadqiqot doirasida respondentlarning qarindoshlar o‘rtasida nikox qurish urf-odat, oilaviy shajarani saqlash (29,5%) qarindoshlik aloqalarini saqlab qolish (23,4%), bobo-buvilarning orzu-havaslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida qarindosh bilan oila qurish (18,0%) xolatlari mavjud. Shuningdek, ota-onalarning farzandlarini turli begona muxitdan himoya qilish maqsadida qarindoshlar bilan nikox qurish fikrga 13,7 foiz respondent to‘liq qo‘llab-quvvatlayman deb javob bergan. O‘z farzandini qarindoshlar bilan nikoh qurishini qo‘llab-quvvatlayotgan ota-onalarning salmog‘i 20,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 38,9 foiz axoli qarindoshlar bilan nikox qurishni umuman qo‘llab-quvvatlashmadi. Respondentlarning 5,4 foizi bu savolga javob berishni istamagan, 21,2 foizi bu nikoxni unchalik qo‘llab-quvvatlamayman degan fikrda. Shu bilan birga ilmiy tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan qarindoshlar o‘rtasida nikoh qurishning ijobiy va salbiy tomonlari o‘rganilganda, shunday xulosaga kelish mumkin. Tadqiqot olib borilayotgan xududda qarindoshlar orasida nikoh qurishning ijobiy tomonlari sifatida nikohlanuvchining ota-onasi, yaqin qarindoshlari yoki qaromog‘iga olgan insoni, ishonchli oila bilan quda-anda bo‘lish maqsadini olg‘a surgan (57,8 %). Oila qurayotgan kelinning yangi muxitga oson moslashadi (24,0%), qon-qarindoshlik munosabatlarini davom ettiradi(17,8%) degan aqidalar xam mavjud. Ammo bu degani qarindoshlar o‘rtasida nikoh qurish holatlarining ko‘payishi kerak degani emas. Qarindoshlar o‘rtasida nikox qurishning qator salbiy oqibatlarini kuzatibgina qolmay, bu xaqida respondentlarning ko‘pchiligi tibbiyot xodimlari (61,5%), televideniye orqali (33,2%), ko‘cha-kuydan (13,3%), mahalla faollari tomonidan (12,1%), internetdan (4,4%), diniy ulamolardan (mullo, otinoyi va boshqa) ( 6,0% ), yaqin do‘stlari orqali (5,1%), maktabda (2,3%), OTMda (1,6%) eshitgan. O‘tkazilgan tadqiqot doirasida bunday nikoxning ko‘plab salbiy oqidatlarga olib kelishini takidlash joiz. Bunday nikoxga FHDYO organlari tomonidan raddiya berilganligini (arizaning qabul qilinmasligini) 25,1 foiz respondentlar bilishgan, 74,9 foizi bu xaqida umuman malumotga ega emaslar. Malumot o‘rnida aytish joizki, qarindoshligi bo‘lmagan shaxslargagina FHDYO organlari tomonidan berilgan arizalar qabul qilinadi va nikoh guvohnomasi mavjud nikoxlanuvchilarga imom tomonidan nikoh o‘qishga ruxsat beriladi. Tibbiyot sohasi mutaxassislari (ayniqsa, skrining markazi mutaxassislari) bugungi kunda yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasida (asosan shaʼriy) tuzilgan nikohlarning oqibatida nogiron va irsiy kasalliklarga chalingan bolalar tug‘ilayotganliklarini doimiy ravishda taʼkidlab o‘tayotganlariga qaramasdan bunday nikoxlarning soni tobora ortib bormoqda. Buning oqibatida turli xil muammolarning yuzaga kelishi ayni xaqiqat. O‘tkazilgan tadqiqot va respondentlarning intervyulari natijasida qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar tufayli nogiron farzandlar tug‘iladi degan fikrni 40,7 foiz respondent tasdiqlab ovoz bergan. 22,9% foiz repondent qarindoshlar o‘rtasida sovuq munosabatlar yuzaga kelishi mumkin degan aqidaga ega bo‘lishiga qaramay, 19,2 foizi ular orasida xech qanday salbiy taʼsiri yo‘q degan fikrda. Shu bilan birga Surxondaryo viloyatining 51,6 foiz, Qashqadaryo viloyatining 39,2 foiz axolisi bo‘nday nikoh oqibatida nogiron farzandlar dunyoga keladi degan gaplarni ko‘proq maqullashdi. 3 foiz respondent Onaning sog‘lig‘ining yomonlashishini takidlab o‘tishgan bo‘lsa, 14,2 foizi bilmayman deb javob berdi. Download 45.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling