Qarmoq metodi orqali dars o‘tish


Zettelkasten metodi haqida


Download 22.08 Kb.
bet2/6
Sana28.01.2023
Hajmi22.08 Kb.
#1136674
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
metodlar

Zettelkasten metodi haqida


Ushbu metod sizga dars mobaynida kerak bo‘lmaydi. Ammo siz o‘quvchilaringizga ushbu metodning mohiyatini tushuntirsangiz o‘quvchilarning qabul qilish qobiliyati yanada rivojlanadi.
Dars mobaynida darslarda qoloq bo‘lgan o‘quvchilar yoki o‘qishga tayyorlanayotgan o‘quvchilarga ushbu metod juda ham foydali hisoblanadi. Darsda lirik chekinish qilib, qiziqarli metodni tushuntirsangiz, sevimli ustoz sifatida sinfda o‘z pozitsiyangizni yanada mustahkamlagan bo‘lasiz.

Zettelkasten metodini o‘quvchilarga 7 qadamga bo‘lgan holda quyidagicha tushuntirasiz:

Birinchi qadam. Chalg'ituvchi omillardan xalos bo'ling.


O'qishdan oldin sizga hech kim va hech narsa halaqit bermasligiga amin bo'ling.
1)Uydagilaringizga sizni bezovta qilmasligini aytib qo'ying;
2) telefoningizni ovozsiz yoki pilot rejimiga qo'ying;
3) iloji bo'lsa xonada sizdan boshqa hech kim bo'lmasin va boshqalar.
Bu nima uchun kerak? Agar dars jarayonida sizni kimdur chalg'itsa siz qayta darsga e'tiboringizni qaytarishingiz uchun kamida 30 daqiqa vaqt ketadi (pul sanayotganizda kimdur aksirsa adashib ketganizni eslang)

Ikkinchi qadam. Start va Finish.


Chalg'ituvchi faktorlardan qutulib endi kitobni ochasiz va dastlab Start va Finishni belgilang. Ya'ni, qaysi mavzudan qaysi mavzugacha o'qishingizni belgilang. Agar shunday qilmasangiz ushbu mavzulardan tashqaridagi ma'lumotlar sizni chalg'itishi va diqqatingizni bo'lishi mumkin.

Uchinchi qadam. O'qing


Endi sizga kerakli mavzularni 3 marta o'qib chiqing. Bu bosqich sizga tanish, ya'ni sizning kunlik ishingiz. Oddiy qilib aytganda siz bu bosqichda kitobni ovoz chiqarib o'qishingiz kerak. Pichirlab yoki ichda o'qilganda effekt juda-juda kam bo'ladi. Siz esa faqat ovoz chiqarib va tik turib xonada yurgan holda o'qishga harakat qiling. Bunday o'qish tadqiqotlarda isbotlangan samarali usul hisoblanadi.

To‘rtinchi qadam. Tanaffus qiling


Mavzularni 3 marta o'qib bo'lganingizdan so'ng, endi siz kutgan bosqich keldi. Endi dam olasiz. Ko'p emas ya'ni 5 daqiqadan oshmasin. Dam olish shart! Nega deysizmi? Chunki o'qigan tartibsiz ma'lumotlaringiz miyada chuqurroq joylashib olishi kerak. Dam olish jarayonida tashqariga chiqish, telefonni yoqish, telegramga kirish umuman mumkin emas📵Siz ko'zlaringizni yumib hech narsani o'ylamasdan dam olishingiz kerak.

Beshinchi qadam. So'zlab bering


Eng asosiy bosqichga yetib keldik. Bu so'zlab berish bosqichi. O'qigan ma'lumotlaringizni 5 daqiqa davomida to'xtamasdan so'zlab berasiz. Oynaga yoki shunchaki so'zlasangiz ham bo'ladi. E'tibor bering 5 daqiqa ichida to'xtab qolmaslikka va ko'proq ma'lumot aytishga, Miyangizdan ma'lumotlarni chiqarishga majburlang.

Oltinchi qadam. Qayta o'qing


Endi sizning miyangizda beixtiyor "evrika" ovozi eshitiladi. Miyangiz "ehhh mana bu ma'lumotni aytmabmanku" deya uni yanada mukammal eslab qolasiz. Qayta o'qish orqali siz 5-bosqichda ayta olmagan ma'lumotlaringizni chuqurroq eslab qolasiz.

Yettinchi bosqich. Kartochka tizimi.


Chet tilini o'rganishda lug'atlarni kartochkalarga yozib chiqiladi. Siz ham endi 6 ta bosqichdan o'tganingizdan so'ng, mavzulardagi eng kerakli ma'lumotlarni savol-javob shaklida kartochkaga o'tkazib chiqishingiz kerak bo'ladi. Bir tomoniga savol qismi, bir tominiga esa uning javobini yozasiz. Endi sizga kitob kerak bo'lmaydi. Siz faqat mana shu kartochkalar bilan ishlashni boshlaysiz.
_________
Ushbu metodni o‘quvchilaringizga yaxshilab tushuntirganingizdan so‘ng, topshiriq bering. Kim ushbu metodni qo‘llab ko‘rsa, natijasini qolgan o‘quvchilar bilan bo‘lishishi kerak. Albatta bunday qiziqarli va yangi usullar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otishi aniq.

Download 22.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling