Qarmoq metodi orqali dars o‘tish


Download 22.08 Kb.
bet1/6
Sana28.01.2023
Hajmi22.08 Kb.
#1136674
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
metodlar

Qarmoq metodi orqali dars o‘tish


Birinchi bo‘lib, darsga kirganingizda o‘quvchilarga biror qiziq bo‘lgan mavzuda gap oching. So‘ngra dars oxirida sizlarga ajoyib jumboqli savol beraman deb ayting.
Bu nima uchun kerak? Bunday oddiy savol sizga g‘alati tuyulishi mumkin, ammo hech shunaqa qilib ko‘rganmisiz? Bu metod oddiy tuyulsada, o‘quvchilarning psixalogiyasiga juda katta ta’sir o‘tkazadi.
O‘quvchilar dars boshlanishidayoq o‘qituvchiga diqqat e’tiborini qaratishadi. Bu esa sizga dars davomida juda ham qo‘l keladi.

Endi esa asosiy Qarmoq metodini ko‘rib chiqamiz


Yuqorida aytganimizdek o‘quvchilar dars tugashida darsning tugashidan xursand bo‘lishadi,bu muammoni aynan qarmoq metodi orqali hal etasiz.
Dars tugashida siz o‘quvchilarga har darsda bitta o‘ta qiziqarli jumboqli va mantiqli savol berish bilan darsingizni tugating. O‘quvchilar o‘rtasida jamoaviy muhitda o‘zining aqilli ekanligini ko‘rsatish instenti birdaniga qo‘zg‘aladi.
Vosita esa o‘qituvchidir. O‘quvchi savolni javobini aytish orqali o‘zini sinfda obro' jihatdan yangilashga kirishadi. Savol javobini esa keyingi dars boshlanishida aytishingizni ayting.
Demak har dars tugashida siz o‘quvchilarga mantiqiy savol berasiz, keyingi dars boshlanishida esa javobini aytasiz. Bu uslubni albatta qo‘llab ko‘ring. Natijasini ko‘rib o‘zingiz ham hayratlanasiz

"Sinf qutisi" metodi


Aziz ustozlar, bugun judayam qiziq bo'lgan emotsional metodni o'rganamiz. Bilamizki, barchamiz ijobiy va salbiy hissiy holatlarni boshdan kechirganmiz. Jahlimiz chiqqan, xursand bo'lganmiz yoki asabiylashganmiz. Maktab o'quvchilarida ham shunday hissiy lahzalar ko'p uchraydi. Shunday ekan, bugungi "Sinf qutisi" metodi sizga juda foydali bo'ladi.
Sinf xonasiga chiroyli quti yoki plastik idishni joylashtiring. Unga "Sinf qutisi" deb nom bering. Bolalarga har kuni o'zlarini baxtli his qilgan bir lahzani aks ettiruvchi stikerlardan birini qutiga solishlarini taklif qiling. Masalan, men qiyin masalani yecha oldim, do'stim bilan maroqli vaqt o'tkazdim, tushlik menga yoqdi, chiroyli narsani ko'rdim va hokazo. Har bir hafta so'ngida bolalar bilan baxt qutisiga solingan barcha stikerlarni olib o'qing.
Bolalar bunday texnikani yaxshi ko'rib qolishlari aniq, sababi - bu ularga ko'plab ijobiy lahzalar va go'zal his-tuyg'ular borligini ko'rsatishga, his etishga imkon beradi. Vaqti kelsa, hatto biz har doim qadrlamaydigan yoki ko'zimizga ko'rinmaydigan eng oddiy narsalar ham baxt va quvonch keltirishi mumkinligini bilmaymiz. Bu texnika esa, nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham dunyoni yorqin taraflama ko'proq ko'ra bilishimizga yordam beradi.
"Sinf qutisi" metodi sizga o'quvchilar xarakteridan kelib chiqib dars o'tishingizga, faningizni samarali tushuntirib bera olishingizda katta yordam beradi. Unda ushbu ajoyib metodni bugunoq o'quvchilaringiz bilan sinfda tashkillashtiring

Download 22.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling