Qarmoq metodi orqali dars o‘tish


Yaponiyaning mashxur KAIZEN (continuous improvement) metodi


Download 22.08 Kb.
bet6/6
Sana28.01.2023
Hajmi22.08 Kb.
#1136674
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
metodlar

Yaponiyaning mashxur KAIZEN (continuous improvement) metodi


Ikkinchi jaxon urushidan keyin Yaponiyaning taraqqiyot yo‘li sifatida ishlab chiqilgan KAIZEN (continuous improvement) metodi bugunga kelib barcha sohalarda, qolaversa shaxsiy rivojlanish uchun ham foydalanib kelinmoqda.
Kaizen
Bu doimiy takomillashtirishni anglatadigan atamadir. Kaizen ta’rifi ikkita yapon so‘zidan kelib chiqadi: "kai" va "zen" - ingliz tilida - continuous improvement degan ma’noni anglatadi. Yaponiya falsafasiga aylangan bu yo‘lning mashxurlikka erishishi - avtomobil ishlab chiqaruvchi Toyota kompaniyasidan boshlangan. Aynan ushbu yo‘l Toyota kompaniyasini tanazzuldan olib chiqqan va butun dunyoga mashxur qila olgan edi.
Kaizen falsafasi murakkab bo‘lgan jarayonlar yoki formulalardan iborat emas. Kaizen - tushunilishi oson va natijasi ulkandir. Siz bu falsafaning mohiyatini tushuna olsangiz butun hayotingiz davomida samarali shaxsga aylanasiz.
Demak, KAIZEN falsafasi qanday ishlaydi?
Kaizen jarayonini faqat to'rt bosqichga qisqartirish mumkin. Har bir qadam nimani anglatishini qisqacha ko'rib chiqamiz:
1) Maqsadingizni va unga qanday erishish mumkinligini aniqlang ya’ni oldindan rejalashtiring;
2) Re'jani bajaring va uning bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha o‘zgarishlarni amalga oshiring ya’ni doimiy talabchanlikni yo'qotmang;
3) Natijalaringizni tekshiring, baholang va takomillashtirish imkoniyatlarini aniqlang;
4) Oldingi bosqichlarda erishilgan narsalarga qarab doimiy tuzatishlar kiritib boring.
Kaizen falsafasining eng asosiy ma’nosi - Siz doimiy ravishda maqsadingiz uchun kichik nimanidur amalga oshirib boring. Kaizen falsafasini o‘rganuvchilar shunday deydi:
"Agarda, yugursangiz yo‘lning yarmida to‘xtab qolasiz, katta qadamlar bilan harakat qilsangiz nafasingiz qisishi mumkin, Aksincha, har kungi kichik qadamlar orqali maqsadingiz sari intiling".
Ushbu metodning o‘quvchilarga nisbatan juda ham ko‘p bog‘liqligi mavjud. O‘quvchilar odatda biror qiyin mavzu yoki murakkabroq fanlarda o‘zlashtirishga qiynalishadi. Bu esa borib borib bu fanni umuman o‘qimaslikka olib boradi.
Ushbu vaziyatda bir narsaga e’tibor qarating, o‘quvchingizni murakkab mavzuni o‘zlashtirishga majburlamang. Aksincha siz o‘quvchiga motivatsiya bering. Ushbu vaziyatda darsda lirik chekinish qilingda, o‘quvchilaringizga KAIZEN metodini tushuntiring.
____________
Demak, yuqorida aytib o‘tganimizdek KAIZEN metodining asosiy mazmuni, kuniga kichik kichik o‘zgarishlar orqali muntazam rivojlanishga intilishdir!
Download 22.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling