Qaroqalpoq davlat universiteti


Rimni Italiyani bosib olishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/28
Sana25.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1259
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28

4. Rimni Italiyani bosib olishi 
Rimdan etrusk podsholari haydalgandan keyin qisqa bir davrda Rimning Latsiy 
viloyatidagi yetakchilik roli pasaydi. O’sha vaqtda rimliklar qo’shinlari Sabin, Ekv, 
Vol’sk, Tuskul boshchiligidagi Latin shaharlari ittifoqi bilan uzoq urushlar olib 
borishlariga to’g’ri keldi. Faqatgina er. avv. 493 yildagina Rim va boshqa latin 
shaharlari bilan mudofaa ittifoqi tuzishga erilishdi. Bu ittifoq er. avv. V asr davomida 
saqlanib qoldi va rimliklarni bir qancha  qo’shni viloyatlarni bosib olishiga qulay 
shart-sharoit yaratdi.  
Qo’shni hududlarni bosib olishi natijasida Rimning hududi ancha kengaydi. 
Urushlar natijasida qo’shnilar hisobidan Rim shahri tribiga  17 qishloq tribi qo’shib 
olindi. Er. avv. 396 yilda etrusk shahri Veyini bosib olinishi bilan ularning soni 25 
taga etdi. 
Er. avv. 390 yil  Alp tog’lari orqali po vodiysini egallagan gall qabilalaridan biri 
senonlar yo’lboshchi Brenn boshchiligida Etruriyaga bostirib kirdilar. Rim 
etrusklarga harbiy yordam bermadi, lekin rimliklar gallarga  elchilarini yubordilar. 
Elchilar gallar bilan dumoqdorlik bilan gaplashib ziddiyat keltirib chiqardilar. Gallar 
etrusk shahri Kluziy qamalini tashlab Rimga yurish qildilar.  Ular  Rimni urushsiz 
egalladilar, uni talab yondirib yubordilar. Rimliklar yana 7 oy Kapitoliyni himoya 
qildilar, lekin oxir-oqibatda gallarga oltin bilan katta miqdorda tovon to’lashga 
majbur bo’ldilar (rivoyatlarga ko’ra aynan shu vaqtda Brenn “yengilganlarni holiga 
voy!” mashhur so’zini aytgan).  
Rimni zaiflashganidan  qo’shni latin, vol’sk, ekiv va etrusklar foydalandilar. 
Rim lotin ittifoqi (er. avv. 384-yilda uning a’zolari 47 latin jamoasi bo’lgan edi) yana 
tarqalib ketdi. Rim lotin shaharlarini yana qayta kuch bilan bo’ysundirishga majbur 
bo’ldi. Lotin ittifoqi faqat 32 yildan keyingina rimliklar tomonidan qayta tiklandi. Er. 
avv. IV asr o’rtalarida Rim kuchli qo’shin bilan Italiyani bir qancha hududlarini 
egallab oldi.  
Er. avv. IV asr o’rtalarida Rim respublikasi  faqat Latsiya viloyatida emas, balki 
butun markaziy Italiyada kuchli davlatga aylandi. Er. avv. IV asr boshlarida Rim 
boshchiligidagi latin ittifoqi bilan janubiy Apenninda samnit qabilalari tuzgan samnit 
ittifoqi bilan kuchli qarama – qarshiliklar boshlandi.  

 185
Rim uzun nayza va to’g’ri to’rt burchakli qalqonlar bilan qurollangan dovyurak 
tog’li qabilalar samnitlar bilan urush boshladi. Rimning samnit urushlari latin 
ittifoqining barcha qatnashchilari uchun og’ir majburiyat bo’ldi. Samnit urushidan 
faqat Rim foyda ko’rdi, rimliklar samnitlardan bir qism yerlarni tortib oldilar. Latin 
shaharlari bunday adolatsizlikka chiday olmay, Rim bilan urush boshladilar, lekin 
ular yengildilar. Natijada  Latin ittifoqi tugatildi. Shundan so’ng rimning samnitlar 
bilan kurashi qayta boshlanib bir necha o’n yillarga cho’zilib ketdi.  Urush faqatgina 
er. avv. III asr boshlarida tinchlik  shartnomasi bilan tugallandi. Samnit qabilalari o’z 
mustaqilliklarini saqlab qoldilar, ammo Rim hududi  Kampaniya, Lukaniya va 
Apulyagacha kengaydi. Bu yerlarda Rim koloniyalari barpo etildi.  
Oradan o’n yil o’tgach janubiy Italiyadagi yunon shahri Tarent Rim elchilarini 
haqoratlashda ayblanib, Rim Tarentga qarshi urush e’lon qildi. Tarent Epir podshosi 
Pirrni yordamga chaqirdi. Pirr jangovar fillar bilan Janubiy Italiyaga bostirib kirib 
Gerakleya va Auskul yonidagi ikki jangda rimliklarni tor – mor qildi.  
Er. avv. 275 yilda esa Benevent yonida rimliklar Pirr qo’shinlarini yanchib 
tashladilar. Bir necha yildan so’ng Tarent shahri va u bilan ittifoqchi bo’lgan 
samnitlar, lukanlar va Bruttiya shahri aholisi rim hokimiyatini tan olishga majbur 
bo’ldilar. Er. avv. 265-yilda rimliklar etrusklarni markazi bo’lgan Volsiniya shahrini 
bosib oldilar. Natijada butun Apennin yarimoroli Po vodiysigacha Rim respublikasi 
tarkibiga kirdi.   
Bosib olingan joylarni aholisi cheklangan Rim fuqaroligi sine suffragio (xalq 
yig’inida ovoz berish huquqidan mahrum) huquqini oldi. Bu o’z – o’zini boshqarish 
huquqidan va jamoa yig’inlarida ovoz berish huquqidan mahrum bo’lish demak edi. 
Shahar ishlarini rimdan yuborilgan prefekt boshqarar edi.  
Rimliklar Italiyadagi bosib olingan yerlar aholisini turli huquqlarga ega bo’lgan 
toifalarga bo’ldilar. Faqat Rim fuqarolari patritsiylar va plebeylar hamda Rimga 
qo’shib olingan latin shaharlari, Rim shahriga doimiy ko’chib o’tgan barcha latinlar  
huquqlardan foydalanishlari mumkin edi. Rim qonunlari bo’yicha nikoh o’qitish, 
mulkini erkin tasarruf qilish, o’z moddiy manfaatlarini himoyasi uchun sudga 
murojaat qilish, yig’inlarda ovoz berish va mansablarni egallashi mumkin edi. Bu 
to’la huquqli fuqarolar Rim triblariga doimiy birkitilgan edi. Bundan tashqari 
Italiyaning turli muhim strategik markazlaridagi rim koloniyalarining aholisi ham 
to’la huquqli fuqarolar hisoblandi. Koloniyalar o’z – o’zini boshqaruvga ega edi. 
Cheklangan huquqlarga ega fuqarolar toifasi (“tsives sine suffragio”) ham 
mavjud edi. Ular Rim odati bo’yicha nikoh bitimi tuzishlari, o’z mulklarini tasarruf 
qilish huquqiga ega edilar, lekin Rimda mansablarni egallash va ovoz berish 
huquqidan mahrum edilar. Bunday cheklangan huquqlarga ega shaharlar 
munitsipiylar deb atalar edi. Ularning ba’zilari Rimdan yuborilgan prefekt tomonidan 
boshqarilar edi.  
Ozod qo’yilgan qullar Rim qonuni bo’yicha ochiq nikoh o’qitishlari mumkin 
emas edi. Ular faqat tribat komisiyalarida ovoz berish huquqiga ega edilar. 
Munitsipiylar aholisi huquqiy mavqeilariga ko’ra latin koloniyalari aholisiga yaqin 
turar va latin huquqiga ega edilar. Munisipiylar boshqaruvda  avtonom bo’lib, o’z 
tangalarini zarb qilish huquqiga ega edilar. Rimliklar bunday munsipiylardan 
yordamchi harbiy qism-kogortalar olish majburiyatini o’tashni talab qilar edilar.   

 186
Italiya aholisining “sotsii” (ittifoqchilar) deb atalgan yana bir toifasi rim bilan 
yanada zaifro q bog’langan edi. “Tsvitates federat” huquqidagi ittifoqchi shaharlar 
ham Rimga qo’shinlar bilan yordam berishlari shart edi. Lekin ular o’zlarining 
cheklangan davlat suverenitetini saqlab qoldilar, ularga Rimni ruxsatisiz shartnomalar 
tuzish, mustaqil tashqi siyosat yuritish, o’z tashabbusi bilan urush olib borish  
ta’qiqlangan edi. Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari Rim ittifoqchilarini alohida 
toifasini tashkil etar edi. Ular Rimga faqat harbiy flot bilan yordam berish 
majburiyatini olgan edilar. 
 
Tayanch iboralar 
“patres” – senat, 2  yuger-0,5  gektargacha yer,  okkupatsiya (latincha 
egallash),  (setsessiya),  ekvlar,  xalq tribunlari,  XII jadval qonunlari,  
patriarxal,  tsenzor,   Sekst Lateran,  nobil,  pretor,  poletar,  senonlar 
yo’lboshchi Brenn,  “yengilganlarni holiga voy!”,   samnit urushlari,  Tarent,  
Pirr qo’shinlari,  sine suffragio,  (“tsives sine suffragio”),  ozod qo’yilgan 
qullar,  “sotsii”,  “Tsvitates federat”. 
 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
 Karimov 
İ. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent 1998. 
 
Boynazarov  F. A. Kadimgi  dunё tarixi.  Toshkent 
2004. 
Nemirovskiy A. İ. İstoriya rannego Rima i İtaliya. Voronej, 1962, gl.  
VI, s. 232-268. 
Nechay F. M.  Obrazovanie Rimskogo gosudarstva. Minsk, 1972, gl. II-IV,  
s. 51-202. 
Utchenko S. L. Politicheskie ucheniya Drevnego Rima. M., 1977, gl. I, s. 18- 
41. 
Shtaerman E. M. Rimskaya sobstvennost na zemlyu.- Vestnik   drevney  
istorii, 1974, № 3. 
Shtaerman  E.M., Trofimova M.K.  Rabovladelcheskie  otnosheniya v ranney 
Rimskoy imperii (İtaliya) .M.,1971.   
Shtaerman  E.M. Drevniy  Rim: problemı  ekonomicheskogo 
razvitiya.M.,1978. 
Kovalev S.İ., Shtaerman  E. M.Ocherki  po istorii  drevnego  Rima.M., 1959. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 187
10-mavzu. Rim o’rtayerdengizi  davlati (Er. avv. III-I asrlar) 
Reja 
 
1. Rim-karfagen urushlari 
          2. Rim iqtisodiyoti. Klassik qulchilik munosabatlari 
          3. Harbiy tashkilot 
1. Rim-karfagen urushlari 
Rimliklar Italiyani bosib olishni tugallash davrida Karfagen manfaatlari bilan 
to’qnashdi. Ikki davlatning raqobati uchun asosiy sabab boy Sitsiliya edi. 
Karfagenliklar orolning g’arbiy iqsmida qadimdan o’rnashib, bu yerda Lilibey, 
Drepana va Panorm bazalarini qurdilar. Uzoq vaqt Rim va Karfagen er. avv, 348, 306 
va 279-yillarda tuzilgan savdo shartnomalari bilan tinchlik munosabatlarini saqlab 
turdilar.  Rim apinnen yarim orolini bo’ysundirish bilan band bo’lgan paytda 
Karfagen esa Shimoliy Afrikani bosib olish vaqtida ularning manfaatlari 
to’qnashmadi, ammo rimliklar janubiy Italiyaga suqilib kirishi bilan vaziyat o’zgardi. 
Rim respublikasi qudratli davlatga aylanib, o’rtayerdengizi orollari jumladan boy 
Sitsiliyaga hukmronlik qilishga da’vo qila boshladi. Karfagen Rimni kuchayishi va 
ekspansiyasidan bezovta bo’ldi, har ikki tomon urushga tayyorlana boshladi.   
Rimliklar karfagenliklarni punilar deb atar edilar. Rim va Karfagen o’rtasida uch 
marta urush bo’ldi. I urush er. avv. 264-241-yillar, II urush er. avv. 218-201-yillar, III 
urush er. avv. 149-146-yillar. Har uchala urushda ham rimliklar g’olib chiqdilar. 
Karfagenliklar Rim bilan to’qnashuv arafasida Sardiniya va Korsika orollariga 
o’rnashib olib, butun Sitsiliya ustidan hukmronlik qilar edilar. Sirakuza va Messana 
shaharlari bundan mustasno edi. Karfagenni Messanani egallashga urinishi Rim bilan 
urushni keltirib chiqardi. Rimliklar Karfagenliklarni puni deb atar edilar. Birinchi 
puni urushi 23 yil davom etdi. Dastlab harbiy harakatlar Sitsiliyaga boshlanib, 
rimliklar bu yerda bir necha yutuqlarga erishdilar. Lekin bu yutuqlar rimliklar uchun 
hech qanday ahamiyatga ega bo’lnadi, chunki rimliklar dengiz flotiga ega emas edilar  
va bu sohada Karfagen bilan raqobatlasha olmas edilar. Rim qisqa vaqt ichida barcha 
vositalarni ishga solib, er. avv. 260-yilda 120 jangovar kemadan iborat harbiy flotga 
ega bo’ldi. Shu yilda Lipar orollari yaqinida karfagenliklar Rim floti ustidan yengil 
g’alaba qozondilar. Dong’I ketgan dengizchi karfagenliklar tez yuradigan kemalarga 
ega bo’lib Rim flotiga mensimay qaradilar. Tez orada  rimliklar dengizda birinchi 
g’alabani qo’lga kiritdilar, ular harbiy harakatlarni Afrika hududiha ko’chirishga 
erishdilar. Ammo  Afrikaga  birinchi yurish yaxshi tayyorlanmagani uchun rimliklar 
uchun muvaffaqiyatsiz tugadi.   
 
Urush cho’zilib ketdi va urush harakatlari yana Sitsiliyaga ko’chdi. Har ikki 
urushayotgan tomonlarni  kuchlari zaiflashdi. Hal qiluvchi jang er. avv.  241-yilda 
Sitsiliyani g’arbidagi Egat orollari yonida bo’lib o’tdi. Karfagen floti batamom tor-
mor qilindi. Karfagen tinchlik shartnomasini  tuzishga majbur bo’ldi va Sitsiliyani 
qo’ldan boy berdi, hamda katta miqdorda tovon to’ladilar. Bir qancha vaqt o’tgach 
rimliklar Korsika va Sardiniya orollarini  bosib oldilar. Karfagen rimliklarni bu 
istilosiga  chidashga majbur bo’ldi. Bu vaqtda Karfagenning o’zida yollanma askarlar 
qo’zg’oloni boshlanib, unga Liviya aholisi ham qo’shildi. Qo’zg’olonning birinchi 
kuni o’zini ko’rsatgan lashkarboshi Gamilkar Barka tomonidan bostirildi. 

 188
Qo’zg’olon bostirilgach uning Karfagenda obro’si oshib ketdi. Gamilkar Barka  
Rimdan o’ch olishni orzu qilgan va rimliklar bilan yangi urush tarafdorlariga  
boshchilik qildi. Gamilkar urushga yaxshi tayyorgarlik ko’rish uchun Karfagen 
qo’shini bilan   Ispaniyaga jo’nadi. Rimliklar bilan bo’lg’usi urushda platsdarm 
tayyorlash uchun  bu mamlakatni bosib olmoqchi bo’ldi. 
Ispaniya istilosi vaqtida Gamilkar halok bo’ldi, Karfagen  qo’shinlariga 
qo’mondonlik  qilish uning kuyovi  Gannibal boshchilik qildi. Bo’lg’usi mashhur 
lashkarboshi Gannibal 11 yoshida  rimliklarga qarshi kurashishga qasamyod qilgan. 
Qo’mondonlik Gannibal qo’liga o’tishi bilan Rim bilan urush qilish  masalasi 
hal qilindi. Ikkinchi puni urushi   er. avv. 218-yilda boshlanib, 17 yil davom etdi. 
G’ayratli sarkarda urush harakatlarini rimliklar hududida olib  ntensi rejasini  tuzdi.  
Bu rejani  ntensi oshirish uchun Gannibal qo’shinlari Alp  tog’laridan oshib o’tdilar. 
Gannibal qo’shinlari Rim qo’shinlari ustidan  bir necha marta g’alaba qildi. Er. avv. 
216-yilda  Kann yonidagi  jang bu janglarni ichida eng mashhuri bo’lib, bu jangda 
Gannibal rimliklarni qurshab olib to’la tor-mor qildi. 
Karfagen o’z qo’mondoniga yetarli yordam ko’rsata olmadi.  Gannibal biror 
marta   yengilmagan bo’lsada o’z qo’shinlari bilan o’z yurtidan uzoqlashib, janubiy 
Italiyada qamalib qoldi. Karfagenliklar tomoniga o’tgan shaharlar yana Rimni 
qo’llab-quvvatlay boshladilar. Yosh rimlik sarkarda Publiy Korpeliy Stsipion  
Ispaniyaga karfagenliklarga qarshi g’olibona  urush harakatlarini olib bordi. U 
Ispaniyani  punilardan tozalab Afrikaga qo’shin tushirdi. Er. avv. 202-yilda Karfagen 
shahri  yaqinidagi  Zam qishlog’I yonidagi hal qiluvchi Gannibal o’z hayotida 
birinchi va oxirgi mag’lubiyatni boshidan kechirdi.  
Karfagen qo’shinlari to’la tor-mor qilindi. Bu safar Rim karfagenliklarga 
tinchlik shartnomasini og’ir shartlarini qo’ydi: Karfagen barcha koloniyalarini 
yo’qotdi, barcha kemalarini, jangovar fillarini Rimga topshirishga majbur bo’ldi va 
katta miqdorda tovon to’ladi. Bu tinchlik shartnomasining og’ir shartlari 
Karfagenning harbiy-siyosiy  qudratrini umrbod zaiflashtirdi. 
Rim Karfagen yana bir marta bilan to’qnashdi. Bu II puni urushi tugaganidan 
50 yil o’taganidan keyin sodir bo’ldi. Er. avv. 149-yilda III puni urushi boshlandi. 
Karfagen o’tgan 50 yil ichida  o’zining qulay geografik joylashuvi  bilan o’z iqtisodiy  
qudratini qayta tiklashga muvaffaq bo’ldi. U yana xalqaro vositachilik  savdosini 
shimoliy Afrikadagi yirik markaziga aylandi. Rimliklar o’zlarini eski raqibini Rim 
hududiga bostirib kirganini  hech qachon unuta olmas edi. II puni urushidan keyin 
rimliklar Karfagenning hatti-harakatini diqqat bilan kuzatib borar edilar. Karfagenni 
yana o’z  kuch-qudratini qayta tiklayotgani ularni bezovta qildi. Rimliklar Karfagenni 
er. avv. 201-yildagi shartnoma shartlaridan birini buzishda  bahona qilib, er. avv. 
149-yilda Karfagenga qarshi urush e’lon qildilar. Karfagen uch yil qamal qilindi. II 
puni urushida Karfagen qamaliga rahbarlik qilgan Sitsipionning o’g’li Emiliy 
Sitsipion shaharga bostirib kirdi. Karfagenga senat  komissiyasi keldi va shaharni  
to’la yo’q qilishga  qaror qildi. Shahar 16 kun o’t ichida qoldi, aholisi qul qilib sotib 
yuborildi.  
II puni urushidan so’ng rimliklar O’rtayerdengizining sharqiy qismini egallash 
uchun harakat boshladilar. Ular Sharqda  Rimning eng xavfli raqibi ellin 
Makedoniyasiga qarshi uch marta (er. avv. 206, 197 va 168-yillar) urush olib 

 189
bordilar. Rim o’zini yunon shahar-davlatlarini Makedoniya zulmidan ozod qiladigan 
xaloskori deb e’lon qildi. Amalda Makedoniya Yunonistondan haydab 
chiqarilganidan so’ng Bolqon Yunonistoni Rimga qaram bo’ldi. 
Ikkinchi makedon urushidan so’ng  sharqda Rimga qarshi ittifoq tashkil etishga  
uringan Salavkiylar hukmdori Antioxni zaiflashtirish uchun rimliklar bor kuchlarini 
ishga soldilar. 
Bu vaqtda makedon podshosi Persey  Rimga qarshi ittifoqni tashkil etishga  
urinib ko’rdi. Rim qo’shinlari Makedoniyani yengdi va bosib olingan hududlarda 
Makedoniya provinsiyasi tashkil topdi. Tez orada Yunonistonga rimliklar zulmiga 
qarshi harakat boshlandi. Rimliklar bu harakatni  shafqatsiz bostirdilar va er. avv. 
146-yilda Korinf shahrini vayron qildilar va Yunonistonda Axey provinsiyasini 
tashkil qildilar. Er. avv. 133-yil Kichik Osiyoda Pergam podshosi vafot etib, o’z 
podsholigini Rimga vasiyat qildi. Rimliklar bu yerda yana bir Osiyo provinsiyasini  
tashkil qildilar. 
 
2. Rim iqtisodiyoti. Klassik qulchilik munosabatlari 
Rim-italiya xo’jaligida klassikm  qulchilik munosabatlarini kirib kelishi chuqur 
o’zgarishlarga olib keldi. Qishloq xo’jalik rivojlanishida o’sish boshlandi. 
Uzumchilik, zaytun dsaraxtlari o’stirish, bog’dorchilik-sabzavotchilik rivojlandi. 
Yunoniston Kichik Osiyo va Afrikadan uzumning yangi navlari, mevai daraxtlar 
keltirildi, qishloq xo’jalik mehnat qurollari turlari ko’paydi. G’allachilik 
takomilllashdi, sifatli bug’doy ekilib, hosildorlik o’sdi. Yerlarga ishlov berish, 
o’g’itlash va boshqa agrotexnika qoidalariga rioya qilina boshlandi. Chorvachilikda 
ham muhim o’zgarishlar  yuz berdi. Chorvachilik va parrandachilik o’sha vaqtda eng 
daromadli sohalarga aylandi. Qishloq xo’jaligini o’sishining asosiy sabablari 
qulchilikni keng tadbiq qilinishi, Tovar ishlab chiqarish xo’jaligini tashkil qilinishi, 
kichik xo’jaliklardan katta ekin maydonlarida xo’jalik yuritish edi. Qishloq 
xo’jaligida bu davrda xo’jalikni asosiy yetakchi turi bir necha yuz yuger yer va unga  
10, 20 qullar  ishlaydigan quldor xo’jaligi edi.  Bular o’rta quldor xo’jaligi hisoblanib 
bozorga mahsulot ishlab chiqarar edi (villa). Villalar bilan bir qatorda erkin qishloq 
dehqonlari kichik xo’jaligi keng tarqalgan edi. Dehqon 10-30 yuger yerga o’z oilasi  
bilan ishlab, ba’zida bir yoki ikki qul mehnatidan foydalanar edi.  
Italiyada hunarmandchilikning gullab-yashnashi er. avv. II-I asrlarga to’g’ri 
keladi. Rim va boshqa shaharlarda kichik ustaxonalar (ergasteriylar)da 10-20 
hunarmand ishlar edi. Qul mehnatidan keng foydalanila boshlandi. 
Hunarmandchilikda ozod qo’yilgan  qullar mehnati ham sezilarli o’rinnni egalladi, 
ularning o’zlari ham uncha katta bo’lmagan ustoxonalarga ega edilar. 
Hunarmandchilikning rivojlanishi metal, tosh, yog’och, jun, teri, shisha va qurilish 
matyeriallariga bo’lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Sardiniya va Ispaniyada temir qazib 
chiqarish keng yo’lga qo’yildi. Tog’-kon va metal quyishda yangi texnik o’zgarishlar 
amalgam oshirildi. Shaxtalar 150 m.gacha chuqurlikda ishlana boshlandi. 
Ventilyatsiya, Arximed vinti, kondan suvni qochirish g’ildiragidan foydqalanila 
boshlandi.  
Yunonistondan  marmar, Misrdan granit import qilindi, Italiyani o’zida, 
shimoliy Etruriyada marmar qazib olina boshlandi. Qurilish materiallari taqchil 

 190
bo’ldi, arzon, qulay, mustahkam qurilish materialiga ehtiyoj o’sdi. Er. avv. II asrda 
rimliklar  bu talablarni qondiradigan qurilish xom ashyosi betonni kashf qildilar. 
Rimliklar pishirilgan g’isht ishl0ab chiqarishni keng yo’lga qo’ydilar. Er. avv. II-I 
asrlarda ma’lum ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik hunarmandchilik markazlari 
shakllandi: Putiola-temirni qayta ishlash, Kapuya-jez va qo’rg’oshin quymalari bilan, 
Minturin va  Kaliy-qishloq xo’jalik qurollarinitayyorlash, Arretsiy-kulolchilik, 
Tarent, Kanuziy-jun mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shuhrat qozondilar.  
Rimliklar fuqarolik va injener memorchiligini rivojlantirdilar. Rim suv 
quvurlari, ko’priklari, termalari, amfiteatrlari, portlar, rimdagi ko’p etajli uylar  
me’morchilik va qurilishning eng yaxshi yutuqlari asosida bunyod qilindi.  
O’rtayerdengizi savdosi gullab-yashnadi. Rim Putiola, Sirakuza eng yirik 
savdo markazlari bo’lib qoldilar. Kemasozlik, dengizchilik rivojlandi, 200 
tonnagacha yuk ortiladigan savdo kemalari paydo bo’ldi. Qo’shimcha yelkanlar, 
kema boshqaruvi, mayoqlar, gavanlar qurildi. Dengiz savdosi bilan hatto savdo qilish 
man etilgan nobillar ham shug’ullana boshladilar. Ular  qonunni chetlab o’tib dengiz 
savdosi bilan  vositachilar va  o’zlarining  ozod qo’yilgan qullaridan foydalandilar.  
Quruqlikdagi savdo ham katta ahmiyatga ega bo’ldi. Shahar va qishloqlar 
o’rtasida  nten almashuv maxsus qurilgan shahar bozorlarida, viloyatlar aro 
yarmarkalarda  ntensi oshirildi. Viloyatlar o’rtasida aloqalarni mustahkamlanishi 
Italiyada puxta qurilgan qurilish san’atining noyob yutuqlari bo’lgan yo’llarni 
qurilishiga sabab bo’ldi. Yo’llar tosh to’shalgan mustahkam to’g’ri bunyod qilinib, 
boshda Italiyani keyinchalik provinsiyalarni qamrab oldi. Rim shahridan o’tadigan 
eng yirik yo’llar Italiyaning barcha viloyatlari va undan tashqari cho’zilib ketdi. Rim 
forumida oltin suv yuritilgan ustun qo’yilib, undan Italiyani bosh yo’llarini masofasi 
hisoblash boshlandi. Ana shu yerdan “barcha yo’llar Rimga boradi” aforizmi tug’ildi.  
Rim savdosining o’sishi tanga miqdorini ko’paytirishni talab qildi. Rimning 
sestersiy va denariy kumush tangalari  tezda O’rtayerdengizi havzasida asosiy valyuta 
o’rnini egallab, boshqa tangalarni siqib chiqardi.  
Qul asosiy ishlab chiqaruvchiga aylandi. Quldorlik xo’jaligi bozor uchun 
mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashib tobora ko’proq mahsulot ishlab chiqarish 
uchun qul mehnatidan keng foydalandi. Qullarning ijtimoiy va huquqiy ahvoli 
yomonlashdi.  Qul buyumga, hayvonga tenglashtirildi. Xo’jayinnning mutlaq 
hukmronligiga o’tib, qulni o’ldirish, yirtqich baliqlar va yovvoyi hayvonlarga yem 
qilish mumkin edi. Rim jamiyatida qullarga bo’lgan ehtiyoj muntazam bo’lib, u turli 
xil manbalardan to’ldirildi. Ko’pgina urushlar Rimga 100 minglab asirlarni olib 
kelishga sabab bo’ldi. Karfagen yurishlaridan sarkarda konsul Regen Rimga  20 ming 
asirni qul qilib jo’natdi. Er. avv. 209-yilda Tarent ishg’oli vaqtida 30 ming aholi qul 
qilindi, Agregant qamali  vaqtida 25 ming asir olindi. Er. avv. 167-yilda Epir 
shaharlari qamal qilinganda 150 ming kishi qul qilib sotib yuborildi. 
Rimning har bir katta shahrida qul bozori mavjud bo’lib, bu yerda har qanday 
fuqaro qulni sotishi yoki olishi mumkin edi. O’rtayerdengizidagi eng katta qul 
bozorlari Delos (Egey dengizi) orolida, Akvileya shaharlarida (shimoli-sharqiy 
Italiya), Tanais (Don daryosi yuqori oqimi)da muntazam mavjud edi. Delos qul 
bozorida bir kunda 10 minggacha qul sotilar edi.  Bozorga kiritilgan qullar miqdoriga 

 191
qarab uning narhi o’zgarib turar edi. Urushda olingan asirlar qul bozorida 
avuksiondan  kvestor tomonidan sotilgan.   
Rim fuqarolari uchun qarzi uchun qul qilish er. avv. 326-yilda qonun bilan 
bekor qilingan edi. Biroq Italiyaning  va provinsiyalarning Rim fuqaroligi bo’lmagan 
aholisi uchun qarzi uchun qul qilish o’z kuchini saqlab qoldi. Provinsiyalarda rimlik 
soliqchilar  aholiga katta foizda qarz berib, ularni  qul qildilar. Qullarni safini 
to’ldirishni yana bir manbasi ularni tabiiy ko’payishi edi. Cho’ri  qullar bolalarini 
ko’paytirish va tarbiyalash ba’zi quldorlar tomonidan rag’batlantirilar edi. 
Go’dakligidan qullikda tarbiyalangan qullarning bolalari kasb-hunarga o’rgatilgan 
bo’ysunuvchan bo’lganligi uchun yuqori baholanar edi. Yana bir manba dengiz 
qaroqchilari dengizlarda  kemalar qirg’oq yaqin shahar qishloqlarini talab, o’z 
qurbonlaeini qulchilikka sotar edilar. Ba’zi yillarda qaroqchi piratlar bir necha yuz 
ming qullarni bozorga yetkazib berar edilar.   
O’rtayerdengizi havzasida  yuz yil davomida olib borilgan bosqinchilik 
urushlari  natijasida Rim kichik shahar davlat doirasidan chiqib, O’rtayerdengizining 
eng qudratli davlatiga aylandi. Bu mamlakat iqtisodiyotiga va Rim jamiyat 
hayotining boshqa sohalarida ham o’zgarishlarga olib keldi. Ayniqsa  iqtisodiyotda 
muhim o’zgarishlar yuz berdi. 
Bosqinchilik urushlari natijasida Rimga moddiy boylik, pul mablag’lari, qullar 
oqib keldi. I puni urushidan so’ng rim xazinasiga  3200 talant kirim bo’ldi. II puni 
urushidan  so’ng Karfagenning to’lov puli 10 ming  ntens, Antioxga yuklangan 
tovon to’lovi 15 ming talantni  tashkil etdi. Rim sarkardalarini  harbiy o’ljalari 
behisob edi. Makedoniya podshosi Perseyni g’olibi  Emiliy Pavelni Rimga zafarli 
kirishida, bosib olingan qimmatbaho qurollar, san’at asarlari, oltin, kumush bilan 
to’la katta xumlar jang aravalarida  uch kun davomida olib o’tildi. Antiox ustidan 
g’alaba  natijasida harbiy o’lja sifatida 1280 fil tishi, 234 oltin chambar, 187 ming 
funt kumush (1 rim funti 327 gramm), 224 ming yunon kumush tangasi, 140 ming 
makedon tilla tangasi, ko’p miqdordagi zargarlik buyumlari rim xazinasiga kelib 
tushdi. Er. avv. II asrgacha Rim kumush tangaga ehtiyoj sezmadi, bu istilolar ayniqsa 
ispan kumush konlarini bosib olinishi Rim davlatini  o’z pul tizimini kumush bilan 
ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Bu Rimda savdo, moliya-sudxo’rlik kapitalini 
rivojlanishiga turtki  bo’ldi. Rimda turli jamoat ishlarini, provinsiyalarga soliqlarni 
ijaraga olgan moliyachi tadbirkorlar paydo bo’ldi. 
Ma’lumotli qullar yoki malakali qullar (o’qituvchi, aktyor, oshpaz, 
raqqosalar)ni bahosi juda baland turar edi. 
Italiya qishloq xo’jaligi mamlakati bo’lib qolaverdi, qullar asosan qishloq 
xo’jaligida ishlatildi, qullar asosan qishloq xo’jaligida tog’-kon, metallurgiya va 
qurilishda foydalanila boshlandi. 
Bosib olingan hududlar tepasida pretor yoki konsullar turgan Sitsiliya, Sardiniya, 
Yaqin va Uzoq Ispaniya provinsiyalari tashkil qilindi. Rimda konsul, pretor 
lavozimlarini egallagan zodagonlar keyin provinsiyalarga noib bo’lar edilar. Noiblar 
provinsiyalarda harbiy va sud hokimiyatini o’z qo’llariga to’pladilar. Provinsiyalar 
noibni, uni amaldorlari va qo’shinlarini moddiy jihatdan ta’minlashi kerak edi. 
Noiblar o’z mansablarini suiste’mol qilib, shaxsiy boylik orttirish uchun 
provinsiyalarini talon – taroj qildilar. Shu sababli er.avv. 149 yil Rimda provinsiya 

 192
noiblarining talon tarojlariga, suiste’mollariga qarshi senator trubinallari tashkil 
qilindi. Bu maxsus sudlarga provinsiyalarning noiblaridan jabr tortgan kishilari 
murojaat qilishi mumkin edi. Provintsiyalar aholisi uchun yana bir kulfat bu 
Rimliklarning soliq to’lashdagi tovlamachiliklari bo’ldi. Rim noiblari soliq yig’ish 
huquqini xususiy kishilar “publikanlarga” topshirdilar. Ular soliq summasini ma’lum 
bir miqdorda Rimga to’lab, keyin uni mahalliy aholidan bir necha barobar ko’paytirib 
yig’ib oldilar. Bu kishilar bilan asosan moliya zodagonlari bo’lgan yangi suvoriylar 
qatlamining vakillari shug’ullandi. 
Rim davlati bo’ysundirilgan xalqlarning yerlarini bir qismini tortib oldi. Oltin va 
kumush, tuz, tosh konlari va o’rmonlar Rim davlati ixtiyoriga o’tdi. Katta miqdordagi 
urush tovonlarini asirlarni qul qilib sotishdan kelgan daromadlar, harbiy o’ljalar 
Rimni antik dunyoda eng katta moliyaviy markazga aylantirildi. 
Ayniqsa Rim respublikasida yuqori hokimiyat egasi bo’lgan nobilitet yanada 
boyib ketdi. Nobillarni boyligining asosi bu yirik yer egaligi edi. Nobillar qo’shin 
qo’mondonlari yoki provinsiyalar noiblari sifatida katta miqdorda boylik to’pladilar. 
Er. avv. 218 yilda qabul qilingan alohida qonun bo’yicha senatorlar savdo va 
moliya ishlari bilan shug’illanishlari ta’qiqlab qo’yilgan edi. Shu sababli zodagon 
senatorlar ko’p miqdorda yer maydonlarini sotib oldilar, yirik xo’jaliklar tashkil qilib, 
qullar mehnatidan foydalanib,  yuqori daromad oldilar. Nobillarni iqtisodiy – siyosiy 
qudrati zodagonlarni tashqi ko’rinishida ham   aks etdi; ular keng qizg’ish yo’lli 
tunuka va maxsus poyafzal kiyar, hamda qo’llariga maxsus  senator uzugini taqar 
edilar. Bu ularning Rim jamiyatining boshqa qatlamlaridan ajratib turadigan ramziy 
belgi edi. 
Mashhur tarixchi yunon Polibiy Rimda birinchi marta senatorlikni qurib, ularni 
ulug’vorligidan hayratda qolgan edi. Polibiy senatorlarni podsholar bilan 
tenglashtirdi. Nobillar “oddiy” fuqarolarni davlatda yuqori mansablarni 
egallashlariga, eng avvalo konsullik mansabiga yaqinlashtirmaslikga harakat qilar 
edilar. Er. avv. 180 yilda qabul qilingan qonun nobillar  harakatlarining natijasi edi. 
Ushbu qonunga ko’ra Rim fuqarosi uchun  mansabga erishish o’n yillik harbiy 
xizmatdan so’ng, 28 yoshdan boshlanishi lozim edi. Dastlab kvestor, keyin kuril edili, 
shundan so’ng 40 yoshdan keyin pretorlikni olish mumkin edi va 43 yoshdagi 
shuhratparast rimlik fuqaro konsul  mansabiga da’vo qilishi mumkin edi.  
Nobillar kam sonli ijtimoiy qatlam  bo’lishlariga qaramasdan yuz yillar 
davomida davlat hokimiyatining yuqori mansablarini faqat o’zlari egallab turdilar. 
Ular mamlakat  miqyosida  o’z obro’-e’tiborlarini kuchaytirish maqsadida Italiya 
munitsipiy boy zodagonlari bilan yaqin aloqada bo’ldilar, o’zlariga  xizmat qiladigan 
ko’p sonli  klientlarni ushlab turdilar. Rim magistraturasiga faqat o’z toifalariga yaqin 
bo’lgan kishilarni qo’ydilar. Bir necha patritsiy oilalari yuz yillar davomida  rimga 
senatorlar, konsullar, tsenzorlar va boshqa yuqori mansabdorlarni  yetkazib berar 
edilar. Oliy mansablarni egallash uchun zodagon oilalar bir – birlari bilan ittifoq 
tuzdilar, bir – birlariga mansablarini egallash uchun saylovlarda yordam berar edilar. 
Rimning istilochilik urushlari davrida jamiyatning yangi imtiyozli tabaqasi 
suvoriylar paydo bo’ldi. Suvoriylar soliqlar yig’ish, qo’shin ta’minoti va sudxo’rlik 
ishlari bilan shug’ullanib boyib ketdilar. 

 193
Qul mehnatiga asoslangan Rim zodagonlarining yirik pomest’e-latifundiyalari 
paydo bo’lishi bilan Italiyada qulchilik klassik shaklga kira boshladi. Yirik 
latufindiyalarni g’alla va boshqa mahsulot ishlab chiqadigan xo’jalikka aylanishi 
bilan minglab kichik yer egalari ular bilan raqobat qila olmay xonavayron bo’ldilar. 
Qullarning mehnati juda arzon, o’zlari esa qadrsiz edilar.  
Qul mehnatidan ommaviy tarzda foydalanish, provinsiyalardan arzon g’allani 
keltirilishi Italiya dehqon xo’jaligini izdan chiqardi. Dehqonlar g’alla o’rniga uzum 
va zaytun daraxtlarini o’stira boshladilar. Bog’dorchilik, polis-sabzavotchilik keng 
rivojlandi. Vinochilik tez orada katta daromad keltira boshladi. Dehqonlar 
xonavayron bo’lib katta shaharlarga keta boshladilar va Rim hokimiyatidan tekin non 
va tomosha talab qila boshladilar. Ularning ba’zilari senatorlarning klientlariga 
aylandilar.  
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling