Qaroqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qadimgi Rim tarixi manbalari
- 3. Rim tarixini davrlashtirish
- 2. Rim podsholik davrida (Er. avv. 753-510 yillar)
166 7-mavzu. Rim tarixiga kirish. Italiya va uning qadimgi aholisi Reja 1. Apennin yarim oroli va uning aholisi 2. Qadimgi Rim tarixi manbalari 3. Rim tarixini davrlashtirish 4. Apennin yarim orolining qadimgi aholisi 1. Apennin yarim oroli va uning aholisi Qadimgi Italiya (yunoncha “buzoqlar mamlakati”) deb dastlab o’zining sero’t yaylov-o’tloqlari bilan ma’lum bo’lgan Apennin yarim oroli janubi aytilgan. Apennin yarim oroli o’rtayerdengizi dunyosining eng markazida joylashgan bo’lib, qadimda qulay geografik va iqlim shart-sharoitlariga ega edi. Italiyani sharqdan, janub va g’arbdan Ligur, Tirren, Ioniya va Adriatika dengizlari o’rab, uni O’rtayerdengizining barcha mamlakatlari bilan bog’lagan edi. Er. avv. I ming yillikda Italiyaning shimoliy hududlari mo’tadil iqlim zonasida bo’lib, Apennin yarim orolning qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi. Shimolda uning tabiiy chegaralari Alp tog’lari, janubda Messin qo’ltig’I uni Sitsiliyadan ajratib turar edi. Italiyaning g’arbiy qirg’og’i qulay buxtalarga boy bo’lkib, dengizchilik va savdoni rivojlanishiga turtki berdi. Italiyaning ko’pgina qismini tog’lar egallaydi, faqatgina 20% hududi tekisliklardan iborat. Etruriya, Kampaniya va Apuliyaning unumdor yerlari Latsiya tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik uchun qulay bo’lganligi uchun bu yerda tariq, bug’doy, polba ekilgan, bog’dorchilik zaytun daraxtlari va uzumchilik bilan shug’ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va o’rmonlarga boy edi. Qadimda foydali qazilmalar ko’p emas edi: temir, mis, qo’rg’oshin, oltin, kumush, qurilish toshi, marmar, loy, tuz. Qadimgi Italiyani 3 qismga bo’lish qabul qilingan: Shimoliy (Liguriya, Alp orti galliyasi va Venetsiya), o’rta (Etruriya, Latsiya. Kampaniya, Umbriya, Pitsen va Samniy) va janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya). Apennin tog’lari janubiy sharqqa cho’zilib borib Arelin tumanida Adriatik dengizigacha yetib boradi, yarim orolning shimoliy qismi markaziy va janubiy qismidan ajratib turadi. Uning shimoliy iqlimi o’rta Evropa iqlimiga yaqinroq. Yarim orolning bu qismi juda hosildor bo’lib keyinchalik Italiya deb atala boshlandi. Dastlab bu nom yunonlar Italiya deb atagan aholi yashagan Kalabriyaning janubiy tumanlariga nisbatan aytilgan. Er. avv. V asrda Po vodiysiga gallar ko’chib kelib, u erdan etrusklarni siqib chiqardilar. Shu sababli bu o’lka Rimda “Tsizlal’p galliyasi” deb nom oldi. U sispadan Galliyasi Poning o’ng qirg’og’i va tarnspadan Galliyasi (daryodan shimol tomondagi viloyat) ni o’z ichiga oladi. Italiyani o’zi Apennin janubidan boshlanadi. Markaziy Italiyani G’arbiy qismi madaniyat tarixida o’z er tuzilishiga ko’ra muxim rol’ o’ynadi. Bu erda etrusk (hozirgi Florentsiya), latin markazi Rim, Kampaniya (Kapuya va Neapol bilan) kabi uch tekislik etadi. Bu erdan kemachilik uchun qirg’oqlari qulay tabiiy portlari bo’lgan Tibr daryosi oqib o’tadi. Latin tekisligining markazida Tibr daryosi va shimoliy sharqdan sabin, sharqdan Alban, janubdan Vol’sk tog’lari bilan o’rab turishi yarim orol tarixida latin xalqlarini 167 yuksalishiga sabab bo’ladi. Italiyani sharqiy qismi tog’lik bo’lib, janubga tomon mars, piligin, marrusen, vistenlar vatani yovvoyi sabin tog’lari cho’zilib ketadi. Undan so’ng Samnit tepaliklari etadi. Janubiy Italiyaning g’arbiy qismida samnitlarga qarindosh tog’li qabilalar joylashgan tog’lik Lukaniya va Bruttiya yotadi. Sharqiy qismida suvsiz Apuliya va Kalabriya viloyatlari bo’lib bu erda Tarent qo’ltig’i orqali Yunonistondan kolonistlar kelgan. Bu erda Tarent, Regey, Kroton, Metapont, Posidoniya, Eleya kabi ko’p sonli yunon koloniyalari barpo etilib buyuk Yunoniston deb atalgan. Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o’rin tutadi. Orolni sharqiy va janubiy hududlarini yunonlar egalladilar. Bu erga ilgariroq finikiyaliklar kelib Panorm (hozirgi Palermo) va Lilibey (hozirgi Marsala) shaharlariga asos soldilar. Qadimdan Italiyada apelsin va limon daraxtlari o’stirilgan. Italiyaga xurmo va anorni karfagenliklar olib keldilar. Yunonistonga qaraganda Italiyada hosildor yerlar ko’proq. Ayniqsa Po vodiysi, Kampaniya, viloyati tsikurn va falern navli vinolari bilan mashhur edi. Italiyada dehqonchilik uchun juda ko’p botqoq yerlar quritilib, sun’iy sug’orish ishlari amalga oshirildi. Bu ishning moxir ustasi etrusklar edi. Mamlakatda metal juda kam bo’lgani uchun u chetdan olib kelingan. Faqat Etruriyadan mis va qo’rg’oshin, El’ba orolida temir qazib olingan. Metalga ishlov berishda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar. 2. Qadimgi Rim tarixi manbalari Qadimgi Rim tarixini an’anaviy xronologik chegarasi Rim shahrini barpo qilinishi 754 – 753 yillardan boshlanib, G’arbiy Rim imperiyasining qulashi 476 yil bilan tugallanadi. Rim tarixini o’rganishda turli xil manbalar: Rim va Yunon tarixchilarining asarlari, tabiiy, ilmiy va badiiy adabiyot, huquqiy yodgorliklar, arxeologiya, epigrafika, numizmatika va papirologiya ma’lumotlaridan foydalaniladi. Qadimgi Rim tarixi bo’yicha moddiy manbalar xilma-xil bo’lib, Italiyaning paleolit va neolit davridan dalolat beradigan tosh qurollar, sopol idishlar, qoyatosh tasvirlari mavjud. Shimoliy va o’rta Italiyada etrusk madaniyatiga tegishli bo’lgan sog’onalar, uy-joy ibodatxona qoldiqlari topilgan. Rim shahrining o’zida palatin, eskvilin va boshqa tepaliklarda hamda forumda ko’p sonli qabrlar, ibodatxona poydevorlari, ona bo’rining jez haykali, Serviy tulliy davridagi shahar devori qoldiqlari qazib ochilgan. Italiyaning boshqa shaharlarida ko’p sonli arxeologik yodgorliklar mavjud. Jumladan eramizning 79-yilida vulqon otilishi natijasida kul ostiga qolib ketgan Pompeya va Gerkulanum shaharlari arxeologlar tomonidan to’la qazib ochilgan. Bu shaharlardagi ko’chalar, uylar, ibodatxonalar to’laligicha saqlanib qolgan va eramizdan avvalgi birinchi ming yillikdan eramizning II asrigacha mavjud bo’lgan shahar me’morchiligi to’g’risida boy ma’lumotlar beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarida ba’zida yozuvlar ko’p bo’lgan. Qazib ochilgan inshootlardan etrusk, latin, yunon yozuvlari topilgan. Bu yozuvlar bino devorlari, sopol idishlarda va toshlarga bitilgan. Rim tarixi bo’yicha eng qimmatli manbalardan biri bu yozma adabiyotdir. Er. avv. III asrdan boshlanib Rim xalqaro siyosatda yetakchi rol o’ynashi bilan uning tarixi to’g’risida boy ma’lumotlar to’plana boshlandi. 168 Er. avv. II asrda Polibiy kabi yunon yozuvchilarining asarlari Rim tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Rimdagi fuqarolar urushi davri Gay Sallyustiy Krispning tarixiy monografiyalarida aks etdi. Rim respublikasini so’ngi davridagi yirik siyosiy arboblar Tsitseron va Tsezarning asarlari, ilk imperiya davrida Tit Liviyning Rim tarixi, eramizning I asrida Velley Patirkulning ham shu nomdagi asarlari yaratildi. Liviy tarixida Rimning ichki va tashqi siyosati, diniy hayoti to’g’risida boy ma’lumotlar berilgan. Velley Patirkulning ikki jildli asarida Rim butun dunyo tarixi markazi sifatida tasvirlangan. Er. avv. I asr so’ngida Rimda yashagan yunon galikarnaslik Dionisiyning “Rim qadimiyatlari ” nomli 20 kitobida Rimning ilk etnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixi batafsil tasvirlanadi. Bu kitoblardan 9 tasi to’la saqlanib qolgan bo’lib, er. avv. 442- yilgacha bo’lgan voqealar bayon qilinadi. Rim tarixshunosligining eng yirik vakili Tatsit (eramizning I asrining 2-yarmi, I asrning boshlari) asarlarida eramizning I asridagi voqealar va Rim tarixiga oid german qabilalari to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. II-III asrlar tarixiga oid asarlar to’la saqlanmagan. Ularni ichida IV asrda tuzilgan “Avgustlar tarixi yozuvchilari”, “imperatorlar tarjimai hollari” kabi to’plamlarni ko’rsatish mumkin. So’nggi imperiyaning yirik tarixchisi Ammian Martsellin asarlarida tarixiy voqealar eramizning 378 yiligacha bayon qilingan. Qadimgi Rim tarixi bo’yicha muhim ma’lumotlar yunon mualliflari: Plutarx, Appian(II asr), Dion Kassiy (III asr) asarlarida mavjud. Bundan tashqari tarixiy voqealarni borishini tiklash uchun Askoniy Pidian (eramizning I asri), Lutsiy Anney Flor (II asr) Evtropiy (IV asr) kabi imperiya davri yozuvchilarining yirik asarlari, har xil kompendiyalar, yozuvchilarning yirik asarlari, xronografiyalar va obzorlarni ko’rsatish mumkin. Rim shahrining arxeologik yodgorliklari alohida ahamiyatga ega. Bu yerdan topilgan qabrlar, uy – joylar, jamoat binolari, mudofaa devorlari, Rim forumi, suv quvurlari muhim arxeologik manba bo’lib xizmat qildi. Italiyalik arxeologlar hozirgi kungacha bu yodgorliklarni tarixiy-madaniy jihatdan to’la tadqiq qilib, Rim tarixini qayta tiklashda ilmiy jihatdan qimmatli bo’lgan 100 ga yaqin tadqiqotlarni e’lon qildilar. Rimning etrusklar davri, respublika imperiya davrlari, diniy hayoti bo’yicha qimmatli ma’lumotlar qadimgi kohinlar kollegiya jadvallari, qabrtosh yozuvlari, nasroniy dini kitoblari, nasroniy tarixchilarning asarlari orqali bilish olish mumkin. Rim davlatiga oid davlat aktlari, senat qarorlari, va sud hujjatlari Rim kalendari kabi tarixiy hujjatlar mavjud. Rim mifologiyasi, falsafa, adabiyot, komediya kabi yozma yodgorliklari bizgacha juda katta miqyosda yetib kelgan. Shu bilan birga Rim imperiyasi qaramog’ida bo’lgan Italiyadan tashqari Yevropaning boshqa hududlarida, Osiyo, Afrikada ko’p miqdorda memoriy inshootlar: saroy-ibodatxona, mudofaa inshootlari qoldiqlari, ko’priklar, portlar saqlanib qolgan. 3. Rim tarixini davrlashtirish Rivoyatlarga ko’ra Rim shahriga er. avv. 753-yil 21-aprelda asos solingan. “Qadimgi Rim" tushunchasi o’n ikki asrdan ortiqroq tarixni o’z ichiga olgan (er. avv. 753-yil 21-apreldan boshlanib, eramizning 476-yil 23-avgustida G’arbiy Rim 169 imperiyasining halokati bilan tugallandi) davlat jamiyat va sivilizatsiyani o’z ichiga oladi. Boshida uncha katta polis bo’lmagan Rim er. avv. 265-yilga kelib, butun Italiyani o’ziga bo’ysundirdi, er. avv. II asr o’rtalarida eng qudratli o’rtayerdengizi davlatiga aylandi. Eramizning I-II asrlariga kelib, O’rta yer dengizi qadimgi sivilizatsiyalarini ulkan madaniy merosini o’zlashtirgan bepoyon imperiya bo’ldi. Jahon tarixida antik madaniyatning buyuk yutuqlarini qabul qilgan, o’zlashtirgan va keyingi avlodlarga yetkazgan davlat va jamiyat sifatida Qadimgi Rimning muhim o’rni belgilanadi. Qadimgi Rim davlati va jamiyati tarixi uzluksiz taraqqiyot jarayonida bo’lgan iqtisodiy-siyosiy, madaniy va ijtimoiy voqelikdir. Rim tarixi uning taraqqiyotini belgilovchi tarixiy jarayonlarga ko’ra olti davrga bo’linadi: Podsho Rimi (er. avv. VIII-VI asrlar). Bu vaqtda urug’ qabila munosabatlari, tuzilmalari yemiriladi, ilk sinfiy jamiyat paydo bo’ladi va Rimning bo’lajak siyosiy,ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida asos bo’lib xizmat qilgan ilk davlat muassasalari shakllanadi; Ilk respublika davri (er. avv. V-III asrlar). U Italiyada quldorlik jamiyati va davlatining intensiv taraqqiyoti bilan belgilanadi; So’ngi respublika davri (er. avv. II-I asrlar). Bu vaqtda klassik qulchilik shakllanadigan Rim o’rtayerdengizi davlati tashkil topadi; Ilk imperiya yoki printsipat (eramizning I-II asrlari). Bu davr Rim imperiyasining oltin davri, O’rta- yer dengizi antic sivilizatsiyasining gullab-yashnashi, iqdisodiyot va madaniyatning o’sishi bilan belgilanadi; Umumiy tushkunlik Rim imperiyasining yemirilish xavfi (eramizning III asri). Bu davrda Rim jamiyatining barcha tuzilmalarida kuchli tushkunlik belgilari yaqqol ko’rinadi va Rim davlatchiligining halokati xavfi tug’iladi; So’ngi Rim imperiyasi yoki Dominat (eramizning IV-V asrlari). Bu davr quldorlik jamiyatining yemirilishi, uning bag’rida feodalizmning ilk belgilarini shakllanishi va g’arbiy Rim imperiyasini qulashi bilan belgilanadi. 4. Apennin yarim orolining qadimgi aholisi Arxeologik qazishmalar Italiyada odamlar paleolit davrida joylashganini tasdiqlaydi. Ular dastlab g’orlarda yashaganlar va ovchilik bilan shug’ullanganlar. Er. avv. 1800 yillar atrofida Apennin yarim orollariga shimoldan yangi qabilalar kelib o’rnashdilar. Ular bilan Terra – Marra (italyancha-“qora unumdor yer”) dehqonchilik madaniyatini olib keldilar. Bu qabilalar suvdan ko’tarilgan ustunlarda qurilgan yoki uylarda yashaganlar to’g’ridan – to’g’ri qirg’oqda qurilgan. Keyinchalik bu madaniyatning vakillari latin, samnit, umbrlar qabilalariga bo’linib ketdilar. Er. avv. 1000 yilliklar atrofida qabilalarning yangi to’lqini Villan madaniyatini (Bolqoniya yaqinidagi joy nomi bo’yicha) olib keldilar. Bu madaniyat vakillari o’lik mayitlarni gulxanda yoqib, kulini maxsus idishlarda saqlar edilar. Er. avv. VIII asrda Italiyada ikki til guruhida so’zlaydigan latin – sikull, sabin- umbrlar tashkil qildilar. Latinlar dastlab qadimgi Latsiya hududida yashadilar. 170 Umbrlar Tibrning yuqori qismida samnitlar togli Samnit viloyatida, shimoliy Kampaniya, Apuliya, Lukaniya va Bruttiyada yashadilar. Volsklar tili umbrlar va sabin qabilalariga yaqin bo’lgan Volsk hududida latinlardan janubda yashadilar. Aterna daryosining so’l qirg’og’ida vestin va marusin qabilalari joylashdilar. Ularning ijtimoiy munosabatlari mutlaqo ibtidoiy edi. Italiyaliklar kelishigacha mamlakatni shimoli-g’arbidagi ligurlar italiyaliklar kelishigacha eng qadimgi tub joy aholisi edi. Jez davri boshlarida kelgindi hind-yevropa qabilalari ligurlarni Italiyaning shimoliy g’arbiga siqib chiqardilar. Italiyada joylashgan sikan va sikunlar ham ibtidoiy hayot kechirar edilar. Ular dastlab Sitsiliyada yashar edilar. Keyinchalik ularni Finikiya va yunon kolonistlari orol ichkarisiga siqib chiqardilar. Bu davrda Italiya hududida finikiyaliklar va etrusklar qaram kishilar mehnatidan foydalanib jamiyat taraqqiyotida yuqori darajaga erishganlar. Er. avv. I ming yillikda yarim orolning aholisini asosiy qismini hind-yevropa qabilalari bo’lgan italiklar, illiriyaliklar va yunonlar tashkil qildi. Yunonlar ilk bor Italiyaga er. avv. II ming yillikda paydo bo’ldilar. Er. avv. VIII asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyada ko’plab yunon koloniyalari barpo qilina boshlandi. Janubiy Italiyada shunday koloniyalardan Lokri, Sibaris, Tarent va Kroton, Sitsiliyada esa Sirakuza, Gela va Akragant koloniyalariga asos solindi. Yunonlar dehqonchilik, chorvachilik va vositachi savdo bilan shug’ullandilar. Yunon koloniyalarida savdo-hunarmandchilik, dehqonchilik gullab yashnadi. Bu koloniyalar o’z ona vatanlari Bolqon Yunonistoni, Kichik Osiyo va boshqa hududlar bilan faol savdo aloqalarini yo’lga qo’ydilar. Vaqt o’tishi bilan bu hudud buyuk Yunoniston nomini oldi. Yunon koloniyalarida ijtimoiy-siyosiy hayot keskin ziddiyatli edi. Yunonlarning ilg’or ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, polis tuzumi, madaniy turmush tarzi mahalliy qabilalarni tarixiy taraqqiyot jarayoniga ta’sir qilib, ularda ilk sinfiy jamiyat va davlat tashkilotini shakllanish jarayonini tezlashtirdi. Tarentlik Liviy Andronik Rim adabiyotining asoschilaridan biri hisoblanadi. Er. avv. I ming yillik o’rtalarida Po vodiysida kel`t qabilalri o’rnashdilar. Ular bosh kiyimlarini xo’roz patlari bilan bezar edilar, shu sababli Rimliklar ularni gall (latincha gallus-“xo’roz”) deb atadilar. Er. avv. VI asrdan boshlab Sitsiliya va Italiyaga finikiyaliklar kela boshladilar. Er. avv. III asrda Italiya hududi Rim istilolari natijasida yagona davlatga birlashdi. Natijada bu yerda yashagan turli qabila va xalqlar bir-biri bilan yaqinlashib romanlashish jarayonini boshdan kechirdi. Er. avv. I asrga kelib latin tilida so’zlashadigan yagona italiyan xalqi shakllandi. Shu davrdan boshlab mamlakat Italiya deb atala boshlandi. Tayanch iboralar “Buzoqlar mamlakati”, Apennin yarim oroli, Latin tekisligi, sabin, Vol’sk, samnit, apelsin, limon, Rim, 754 – 753 yillar, palatin, eskvilin, Pompeya, Gerkulanum, latin,, Gay Sallyustiy Krisp, Tit Liviy, Velley Patirkul, Dionisiyning “Rim qadimiyatlari ” nomli 20 kitobi, Tatsit, Terra – Marra, Villan madaniyati, Umbr, hind-yevropa qabilalari, gall. 171 Tavsiya etiladigan adabiyotlar Karimov İ. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent 1998. Boynazarov F. A. Kadimgi dunё tarixi. Toshkent 2004. Xrestomatiya po istorii Drevnego Rima/Pod red. S. L. Utchenko. M., 1962. Velley Paterkul. Rimskaya istoriya/Per. A. İ. Nemirovskogo i M. F. Dashkovoy.-Vestnik drevney istorii, 1983, № 4; 1984, № 1-4. Lutsiy Anney Flor. Epitomı.-V kn.: Nemirovskiy A. İ., Dashkova M. F. Lutsiy Anney Flor – istorik Drevnego Rima. Voronej, 1977, s. 41–162. 8-mavzu. Etrusklar. Rim podsholik davrida Reja 1. Etrusklar 2. Rim podsholik davrida 1. Etrusklar Er. avv. I ming yillik boshlarida Italiyaga Kichik Osiyodan etrusk qabilalari kelib o’rnashdi. Latinlar ularni etrusklar yoki tusklar, yunonlar tirrenlar yoki tersenlar deb atadilar. Etrusklar tarixi bo`yicha sog’ona, dafn toshlari, qo’rg’oshin taxta, ko’za, muxrlarda mavjud bo’lgan 11 ming etrusk yozuvlari mavjud. Ularning ko`pchiligi bag’ishlov, in’om mazmunida bo’lib qisqa yozilgan. Etrusklar to’g’risidagi ilk aniq ma’lumotlar er. avv. VIII asrga tegishli. Etrusk madaniyatining asosiy yodgorliklari O’rta Italiyada Tibr va Arnus daryolari oralig’ida Rimliklar Etruriya (hozirgi Toskana) deb atagan viloyatda to’plangan. Etrusklar dehqonchilik va hunarmandchilik bilan mashg’ul bo’lganlar. Temir va misdan ajoyib buyumlar yasalgan. Ular vositachilik savdosi bilan ham shug’ullanganlar. Etrusk shaharlarini qadimdan rasman podsholar boshqardilar, er. avv. VI asrda ularni o’rnini magistratlar egalladilar. Amalda hokimiyat zodagonlar (harbiy-kohin zodagonlar-luqumonlar) qo’lida edi. Etrusklar janubiy Italiya, Korsika va Sardiniyada o’z koloniyalarini barpo qildilar. Er. avv. VII-VI asrlarda Etruriyada markazi Volsiniya shahri (Bu shaharda etrusklarning oily xudosi kertumnani ziyoratgohi bor edi.)bo`lgan, etrukslarning 12 shahar konfederatsiyasi mavjud edi. Konfederatsiya siyosatiga 12 luqumon kengashi rahbarlik qilgan. Aholisi ko`p sonli va boy Veyi, Populoniya, Kluziy, Belsiniya, Peruziya, Tarkviniya, Vulchi, Tsere kabi etrusk shaharlari bo’lgan, Etrusk me’morchiligi yuqori darajada shakllangan bo’lib keng ko’chalar (kengligi 10-15 metr), maydon, kvartal, mudofaa devorlari, tosh kuprin, suvquvurlari va kanalizatsiyalarni mavjudligi buning dalilidir. Etrusklar kuchli harbiy flotga ega bo’lib Misr, Fnikiya va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan savdo qilganlar va dengiz qaroqchiligi bilkan shug’ullanganlar. 172 Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari etrusklar bilan raqobat qildilar. Er. avv. 535-yilda Etrusklar Alaliya yonidagi jangda (Korsikada yaqinida ) yunonlarni tor- mor qiladilar. Korsikani etrusklar qo’lga oldi. Shu vaqtda etrusklar Latsiya, Kampaniya va shimoliy Italiyani bir qismi Etrusklar qo’lida edi. Er. avv. VI asrning birinchi yarmi Etruriyani iqtisodiy-siyosiy hayotini yuksalish davri edi. Er. avv. VI asrning ikkinchi yarmidan etrusklar zaiflasha boshladi. Ular birdaniga yunon, rimliklar va gallarni siquvi ostida qoldi. Er. avv. 524-yilda yunonlar Kampaniyada etrusklarni tor-mor qildilar. Er. avv. 509-yilda rimliklar so’ngi etrusk podshosi Tarkviniy mag’rurni shahardan haydab yuboradilar. Er. avv. 265-yilda Voliniyani qulashi bilan rimliklar Etruriyani to’la istilosini tugalladilar. Yangi era boshida Etrusklar romanlashtirish jarayonida o’z ona tillarini unutdilar va rimliklar bilan qo’shilib ketdilar. Etrusk san’ati tarixi to’rt davrga bo’linadi: Birinchi davr er. avv. VIII-VII asrlar, arxaik er. avv. VI asr, klassik er. avv. V-IV asrlar va ellin er. avv. III-I asrlar. Etrusk shaharlarida qal’a inshootlari qoldiqlari, ibodatxona xarobalari, ularni barchasi odatda tuf va travertindan qurilgan. Etrusklar qobiliyatli injenerlar bo’lib pishiq ko’priklar va yo’llarni quruvchilar edilar. Jahon san’at tarixiga mansub mashhur etrusk maqbaralari Kvyuzi, Cherveteri Vulchi Volterra va Mantanoli burtma naqshlar, jez va loydan yasalgan haykallar bilan bezatilgan, luqumonlarning naqshin sog’onalari, dafn ko’zalari jezdan yasalgan diniy va kundalik, zargarlik nafis, yuksak san’at asarlaridir. Bizgacha Tarkveniy Mag’rur oldida ishlagan haykaltarosh afsonaviy Vulku ma’lum. Shuningdek etrusklarni jezdan bunyod qilingan noyob haykallari “Kapitoliy ona bo’risi” va “Ximere” (er. avv. V asr) butun dunyoga tanilgan haykallar hisoblanadi. Etrusklarning dini asosida odamlarni qurbonlik keltirish bilan o’liklarga, ruhlar va devlarga e’tiqod qilish yotar edi. Oliy xudo Vertumn hisoblangan. Uning orqasida triada: Tiniya, uni va Menerva (rimliklarda-Yupiter, Yunona va Minerva). Qolgan xudolar fufluns keyin u rimliklar tomonidan Vakx-Dionis bilan, Maris-Mars bilan, Aplu-Apollon bilan, Turms-Germes bilan tenglashtirilgan edi. Etrusk madaniyatini shakllanishiga Sharqning qadimgi sivilizatsiyalari, yunon dunyosi ijobiy ta’sir qildi. O’z navbatida etrusk sivilizatsiyasi rim madaniyatini rivojlanishida jiddiy ta’sir ko’rsatdi. 2. Rim podsholik davrida (Er. avv. 753-510 yillar) Latsiyani qadimgi shaharlaridan biri bo’lgan Rim Tibr daryosi o’rta oqimida Etruriyadan janubda joylashgan edi. Boshqa latin shaharlari kabi Rim bir necha kichik urug’ qo’rg’onlarini birlashuvi bilan paydo bo’ldi. Er. avv. VIII asrda eng qadimgi shaharlari Lavrent, Lanuviy va Laviniy bo’lgan 30 shahar Alba-Longa shahri boshchiligida Latin federatsiyasini tashkil qildilar. Rivoyatlarga ko’ra Al’ba-Longani asoschisi Askaniy Yul troya qahramoni Eneyning o’g’li edi. Alba-Longaning o’n to’rtinchi podshosi Numitorning nevaralari aka-uka Romul va Rem rivoyatga ko’ra Tibr qirg’og’idagi Palatin tepaligida yangi shahar Rimga asos soladilar. Romul janjalda ukasini o’ldirib qo’yadi va Rimning yetti podshosidan birinchisi (er. avv. 753-715 yillar) bo’ladi. Rimning ilk aholisini sabin-umbr qabilalari tashkil etadi. Romul Rim aholisini 30 kuriyaga bo’ladi, 300 173 kishilik podsho gvardiyasini tuzib Veya shahrini bosib oldi. Romuldan keyin Numa Pompiliy (er. avv. 715-673 yillar), Tull Gostiliy (673-641 yillar), Ank Martsiy (641- 616 yillar), Luqiy Tarkviniy qadimgi (616-578 yillar), Serviy Gulliy (578-534 yillar), Lutsiy Tarkviniy mag’rur(534-510 yillar) hukmronlik qilganlar. Dastlab Rim aholisi 3 urug’-qabila (Titsiy, Ramn va Lutsern) tribi, 30 kuriya va 300 urug’, 3000 familiya (oila)ga bo’lingan. Triblar etnik farqlanmagan qabilalar birlashmasi bo’lishi mumkin. Kuriya erkak jangchilarni diniy, harbiy va shakklanayotga siyosiy tashkilotning asosi bo’lgan ibtidoiy birlashmasi, gent podsholik davrida yemirilayotgan urug’ jamoasi, familiya-katta patriarxal oila edi. Latinlarning bir necha o’nlab mustahkamlangan markazlari ittifoqqa birlashtirilgan bo’lib, uning boshida Alba-Longa shahri turar edi. Har yili latin jamoalari vakillari hamma uchun umumiy bo’lgan lotin bayramlarini nishonlash uchun Alban tog’i tepaligida to’planar edilar. Barcha latinlar uchun umumiy xudo ma’buda Diana edi. Arxeologik qazilmalarga ko’ra eramizdan avvalgi X asrda latinlarni kichik guruhi Palatin tepaligining g’arbiy tomonida Tibr daryosi bo’yida kelib joylashdilar. Bu erda mudofaa devori bilan o’ralgan to’rtburchak shakldagi qishloqlar paydo bo’ldi. Palatinda yashagan odamlar mayitlarni dafn qilmasdan gulxanda yoqar edilar. Bu odat Alba-Longadagi dafn marosimiga o’xshar edi. Bu Rimning ilk aholisini kelib chiqishi Alba shahridan ekanligini tasdiqlaydi. Bir necha o’n yildan so’ng ular qo’shni tepaliklar Seliy va Eskvilinni egalladilar. Er. avv. VII-VI asrlarda 285 gektar erni egallagan Palatin, Tseliy, Eskvilin tepaliklaridan boshqa Kvirinal va Viminal tepaliklarini ham qo’shib olindi. Bu tepaliklar va Palatin o’rtasidagi bo’shliq shahar markaziga aylandi. Shu erda uzoq yuz yilliklar davomida Rim davlat hayoti to’plangan Forum Romanum paydo bo’ladi. “To’rt kvartalli” shaharni paydo bo’lishida etrusklarni roli katta edi. Ular shaharga Roma (Rim) nomini bergan bo’lishlari mumkin. So’nggi Rim tarixchilarining aytishicha, Rimning eng birinchi podsholaridan biri Serviy Tulliyning kelib chiqishi etrusklardan bo’lib, Serviy Tulliy davrida shahar yanada kengaydi. Kapitoliy va Aventin tepaliklari qo’shib olinib, mustahkam devorlar bilan o’rab olingan. Endilikda Rim eng qudratli latin shahriga aylandi va tezda Latsiy viloyatida Alba Longadan etakchilikni tortib oldi. Ilk Rim jamiyatining asosi bu- urug’ edi. Urug’ a’zolari umumiy mulkka ega bo’lib, diniy marosimlarni birgalikda bajarar edilar. Bu qadimgi urug’ jamoat tuzilmasining izlari Rim ismlarida ko’rinadi. Rim ismlari uch qismdan tuzilgan: shaxsiy ism, urug’ni nomi va laqab, misol uchun Gay Yuliy Sezar. Bu keyinchalik merosiy bo’lib o’tgan. Vaqt o’tishi bilan urug’chilik aloqalari zaiflashdi, oiulaviy aloqalar kuchaydi. Bu aloqalar nafaqat oila a’zolarini, balki xonaki qullarni ham qamrab oldi. Podsholik davrida qullar xali ham kam sonli edi. Ana shunday patriarxal oila tepasida barcha oila a’zolarining hayoti va o’limi ustidan cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lgan “pater familius” (oila otasi) turar edi. O’sha vaqtda rimning to’la huquqli fuqarolari ”Populyus Romanus” (Rim xalqi) shahardagi uch etnik unsur lotin, sabin va etrusklarni aks ettirgan uch tribga bo’lingan edilar. 3 Tribni har biri o’ziga un kuriyani, kuriya esa o’n urug’ni o’z ichiga olgan edi. Shunday qilib Rim tarixchilarining ma’lumotiga ko’ra Rimning erkin aholisi dastlab 174 300 urug’dan iborat bo’lgan. Podshoning chaqirig’iga ko’ra ular kurial yig’inlari- komisiyalariga to’planar edilar. Saylov Kuriyalar bo’yicha o’tkazilar edi Kuriya yig’inlarida urushlar, tinchlik, diniy e’tiqodga oid qarorlar qabul qilinar edi. Boshqa lotin shaharlari kabi Rimda ham jamoalar tepasida Kuriya komisiyalarida (xalq yig’ini) saylanadigan podsho turar edi. Podsho oldida uning xokimiyati ramzini ko’targan 12 liktorlar borar edi. Davlatni podsho bilan dastlab 100 keyinchalik 300 a’zodan iborat bo’lgan oqsoqollar kengashi- senat boshqagan. Senat komisiyalar qabul qilgan barcha qarorlarni tasdiqlar edi. Podsho vafot etgan taqdirda senat yangi podsho saylaguncha o’z ichidan har besh kunda bir kishini vaqtinchalik podsho (“interreks”)ni tayinlar edi. Bu odat keyingi vaqtlarda ham saqlanib qoldi. Rimda oily mansabdor shaxs konsul vafot etganda ham bu odat qullanilar edi. Podsho oliy harbiy boshliq, kohin va sudya bo’lib, zaruriyat bo’lganda bir qancha yordamchilar-kvestorlarga tayanar edi. Kvestorlar odam o’ldirish ishlari bo’yicha sudni amalga oshirar edilar. Podsho mutlaq hukmdor bo’lmasada etrusklar davrida uning hokimiyati juda kuchli bo’lib, Rim oilasi “pater families” hokimiyatini eslatar edi. An’ana bo’yicha Rim tarixchilari shahar tarixida yettita podshoni aytib o’tadilar. Ular: Romul (er. avv. 753-715-yillar), Numa Pompiliy (er. avv. 715-673-yillar), Tull Gostiliy (er;. avv. 673-641-yillar), Ank Marsiy (er. avv. 641-616-yillar), Tarkviniy Qadimgi (er. avv. 616-578-yillar), Serviy Tulliy (er. avv. 578-534-yillar) va Tarkviniy Mag’rur (er. avv. 534-509-yillar). Bulardan kelib chiqishi etrusk bo’lgan oxirgi uch podshoni tarixiy deb aytish mumkin. Urug’ tashkilotlari a’zolari rim xalqini (Romanus papulus) tashkil qildi. Boshda ko’vhib kelganlar hisobidan to’ldiriladigan Rim fuqarolik jamoasi kuriyalar bo’yicha taqsimlangan edi. Ank Martsiy davrida jamoa yer fondi (ager publucus) zahiralari tugadi. Chetdan ko’chib keladiganlar endilikda qabul qilinmadi va yopiq jamoa hosil bo’ldi. Natijada qadimgi Rimning ikki sinfiy toifalari imtiyozli patritsiylar (patricius-“zodagon otani o’g’li”), patrisiylar jamoa yer fondidan foydalanish, kuriya komisiyalarida ishtirok etish huquqlariga ega edilar. Ko’p sonli plebeylar esa o’z urug’larini saqlab qolib, rim urug’chilik tashkilotidan tashqarida bo’lib hech qanday huquqlarga ega emas edilar. Shu sababli patritsiy va plebeylar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar yuz yillab davom etdi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida bir qism plebs boyib ketdi, kambag’allashib qolgan plebeylar, xonavayron bo’lgan fuqarolar hamda ozod qo’yilgan qullar qudratli patritsiylar homiyligiga o’tib ularga kliyenni (clients-“qaram kishilar”) bo’ldilar. Klient o’z patrani urug’ini a’zosi bo’lib unga bo’ysunar edi. So’ngi rim podsholari o’z shaxsiy hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan siyosat olib bordilar. Ular patritsiylarga qarshi kurashda plebeylardan siyosiy qurol sifatida foydalandilar. Podsho Serviy Tulliyning islohotlari rim jamiyatini urug’ jamoasidan davlatga o’tishda muhim o’rin tutadi. U harbiy islohot va unga bog’liq tsenz (mulk) islohotlarini o’tkazdi. Bu o’zgarishlar natijasida kuriyalar bo’yicha yig’inlarni ikkinchi darajali qilib qo’ygan tsentsuriy komisiyalari yetakchi o’ringa chiqib oldi. Podsholik davri so’ngida mulkchilikning antic shakli bilan rim polisi yoki civitas fuqarolik 175 jamoasini shakllanishi tugadi. Serviy Tulliy o’tkazgan siyosiy islohotlar bu qarama- qarshiliklarni ma’lum darajada yumshatdi. Serviy Tulliy islohoti urug’chilik tuzumi asoslarini yemirdi. Serviy Tulliy Rimning barcha erkak aholisini (patritsiy va plebeylarni) olti mulkiy toifaga bo’ldi. Birinchi toifa 100 000 mis assga teng mulkka ega bo’lgan, II- 75 000 ass, III-50 000 ass, IV-25 000 assga, V-11 500 ass qiymatli mulkka ega bo’lishi kerak edi. Barcha kambag’allar butun boyligi bolalari bo’lgan VI-toifaga proletariy (latincha proles-“avlod”)larni tashkil etdi. Har bir toifa qo’shinga belgilangan miqdorda tsenturiy (yuzlik) berishi shart edi: I toifa-og’ir qurollangan piyodalar 80 tsenturiy, suvoriylar 18 tsenturiy, jami 98 tsenturiy; II-22 tsenturiy, III- 20 tsenturiy, IV-22 tsenturiy, V-30 tsenturiy yengil qurollangan piyodalarni, VI toifa- 1 tsenturiy, jami olti toifa 193 tsenturiy (yuzlik) berishi shart edi. Serviy Tulliy xalq yig’inini yangi ko’rinishi tsenturiya komisiyalarni joriy qildi. Ularda patritsiylar bilan plebeylar ham qatnashdilar. Tsenturiylarda odamlarning soni bir necha o’ndan ( 1 toifa) bir necha yuzgacha (proletar tsenturiylari) tebransada har bir tsenturiy ovoz berishda faqat bir ovozga ega edi. I mulk tsenzi toifasi 193 ovozdan 98 ovozga egalik qilar edi. Shundan xulosa qilgan holda tsenturiy komisiyalarida hal qiluvchi ovozga mulkdor fuqarolar egalik qildilar. Mulkiy tsenzdan tashqari yosh tsenzi ham belgilandi: yoshlarni tsenturiylari (17 yoshdan 46 yoshgacha) harbiy dala xizmatini o’tadilar; keksalar tsenturiylari (46 yoshdan katta) garnizonlarda xizmat qilar edilar. Qo’shinlar podsho qo’mondonligi ostidagi 4 legiondan tashkil topgan edi. Serviy Tulliy yana ma’muriy-hududiy islohot o’tkazdi, Rim davlati hududi 21 okrugga (er. avv. 241-yildan ularni 35 taga yetdi) bo’lindi. Bu okruglar trib deb (ulardan 4 tasi shahar, qolgan 10 tasi qishloq tribi) ataldi. Patrisiylar va plebeylar o’rtasida boshdanoq kuchli ijtimoiy-siyosiy qarama – qarshiliklar mavjud edi. U Rim erkin aholisini mulkiy belgisiga qarab ajratdi. Rim xalqi “populyus romanus” tarkibiga patrisiylardan tashqari plebeylar ham kiritildi. Bu fuqarolarning barchasi siyosiy huquqlarga ega bo’ldi. Aholi ro’yxati asosida u yoki bu kishini mulk, ishlov beriladigan yerni miqdoriga qarab Rim aholisi 6 mulkiy toifaga bo’lindi. Birinchi mulkiy toifa 100 ming ass (pul birligi) mulkka ega bo’lgan fuqorolar kiritildi. Eng avvalo mulkiy belgisiga qarab harbiy majburiyat taqsimlandi. Birinchi toifa og’ir qurollangan piyodalardan 80 senturiy va 18 senturiy suvoriylar; qolgan toifalar hammasi bo’lib engil qurolli piyoda yordamchi qismlar 95 senturiy berish kerak edi. Hammasi bo’lib senturiy komisiyalarga to’planadigan 193 senturiy paydo bo’ldi. Senturiy komisiyalariga kuriya komissiyalarining muhim vakolatlari qonunlarni qabul qilish , mansabdor shaxslarni saylash, urush e’lon qilish va tinchlik bitimi tuzish kabi o’tdi. Amaldagi hokimiyat eski patrisiy urug’lari qo’lida saqlanib qoldi. Chunki ular erning eng ko’p miqdoriga ega bo’lib, birinchi tabaqani tashkil qilib sentual komisiyalarda ko’pchilikni 95 qarshi 98 tashkil qiladi. Qadimgi Rim jamiyati dehqonlar va cho’ponlar jamiyati edi. Rimliklar etrusklardan yerga ishlov berishning samarali usullari va uzumchilikni o’zlashtirib oldilar. Etrusklarni tajribasidan foydalanib rimliklar forum atrofida eng katta yer osti kanalini qurdilar. Ular yana etrusklardan markaziy zalga ega tomida tuynugi bo’lgan 176 uyning maxsus tipi-atriyni o’zlashtirib oldilar. Etrusklarning Rimda hukmronligi davrida mahalliy hunarmandchilik va savdo aloqalari rivojlandi. Savdoning rivojlanishi uchun shaharning geografik jihatdan qulay joylashganligi, serqatnov suv yo’li –Tibrda joylashganligi muhim ahamiyat kasb etdi. Bir necha asrlar davomida rimliklar savdo aloqalarini pul muomulasisiz pekus (hayvon) ayirboshlash yordamida amalga oshirdilar. Dastlab Rim savdo aloqalarini janubiy Italiyadagi yirik shaharlar bilan olib bordi. Podsholik davrining oxirida esa Attika va Karfagen bilan savdo aloqalarini olib bordilar. Eng birinchi savdo shartnomasi Karfagen bilan tuzildi. Savdo va hunarmandchilik bilan birinchi navbatda plebeylar shug’ullandilar. Bu yerda Rimdagi Kapitoliy va Palatin o’rtasida etrusk kvartali “Vikus tuskuss” muhim rol o’ynadi. Dastlabki Rim dini animistic ko’rinishda va unda totemizmning bir qancha qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Bunga misol qilib Rim shahrini asoschilari Romul va Remni emizgan ona bo’ri to’g’risidagi afsonani aytish mumkin. Podsholik davrida Rim yovuzlik va ezgulik ruhlari bilan to’la edi. Ularni sehrgarlik, qurbonlik va duolar o’qish bilan yumshatish mumkin edi. Rimliklar asosan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanganliklari uchun, tabiat hodisalari va dehqon hamda cho’ponni barcha ishlariga homiylik qiladigan ko’pgina xudolarga sig’inar edilar. Vervaktor, Vedator va Obarator deb atalgan uch xudo qo’riq erni xaydashda odamlarga yordam ko’rsatgan. Yerlarni o’g’itlashda xudo Saterkuliniyga qurbonlik keltirilgan. Ekishga Saturin va Semonga, ilk maysalar chiqqanda ma’buda Siga, g’alla unib chiqqanda ma’buda Segitiyaga murojaat qilar edilar. Begona o’tlardan ekinlarni Runsinator, g’allani chirishidan esa Robig himoya qilgan. Boshoqni yetilishi xudo Laturnaning, gullashi ma’buda Floraning vazifasi, o’rimni xudo Messis boshqargan. Uy-joyni Lara va Penat, eshiklarni Yanus, uy o’chog’ini ma’buda Vesta himoya qilgan. Har bir oila o’zining homiy xudosiga ega edi. Rim e’tiqodi eng avvalo barcha diniy urf-odatlarga qat’iy rioya qilish edi. Shu sababli ko’p sonli kohinlar mavjud bo’lib, ular barcha xudolarni nomlari va vazifalarini yaxshi bilar edilar. Kohinlar duolarni rasmiy tasdiqlagan to’plamlarini tuzar edilar. Ular kalendarni ham joriy qildilar. Qaysi kunda qaysi diniy marosimlarni bajarish baxtli va baxtsiz kunlarni aniqlaydigan kohinlar avgurlar deb atalgan. Avgurlarning maxsus kollegiyasi mavjud edi. Kohin-folbin paruspiklar qurbonlik hayvonlarni ichki a’zolariga qarab fol ochar edilar. Kohinlar rimda saylab qo’yiladigan mansabdor shaxslar edilar, lekin alohida toifani tashkil qilmas edilar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling