Qarori 2019-2028-yillar davrida o‘zbekiston respublikasida biologik xilma- xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to‘G‘risida
-bob. Bioxilma-xillik sohasida xalqaro aloqalar
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
bioxilma xillikni saqlash boyicha milliy stratyegiyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bob. Strategiyaning maqsadlari va vazifalari
- 6-bob. Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha harakatlarning asosiy yo‘nalishlari
- 1-§. Biologik xilma-xillik sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
- 2-§. Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastri yuritilishini va monitoringi olib borilishini takomillashtirish
- 3-§. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish
- 4-§. Eng zaif tabiiy ekologik tizimlarning tanazzuli va fragmentatsiyasi sur’atlarini pasaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish
- 5-§. Hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarini tiklash tadbirlarini amalga oshirish
- 6-§. Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish
- 7-§. Ekologik turizmni rivojlantirish
4-bob. Bioxilma-xillik sohasida xalqaro aloqalar 40. O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish mintaqaviy va xalqaro jarayonlarining faol ishtirokchisi hisoblanadi. Hamkorlik ko‘p tomonlama tabiatni muhofaza qilish shartnomalarini — global ekologik Konvensiyalarni, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar va memorandumlarni amalga oshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bular: Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya; Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya; Xalqaro ahamiyatga ega, ayniqsa suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari bo‘lgan suvli- botqoq joylar to‘g‘risidagi konvensiya (Ramsar konvensiyasi); YUNESKOning butunjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi; Yovvoyi hayvonlarning migratsion turlarini saqlash bo‘yicha konvensiya;
Jiddiy qurg‘oqchilik va/yoki cho‘llanishga duchor bo‘lgan mamlakatlarda, ayniqsa, Afrikada cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha konvensiya; Afro-Yevroosiyo migratsiyalanadigan suvli-botqoq joylardagi qushlarni muhofaza qilish bo‘yicha bitim; Oq quyruq, Buxoro bug‘usi, Sibir oq turnasi singari hayvonlarning kamyob migratsiyalanadigan turlarini saqlash bo‘yicha o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi memorandumlar; Sut emizuvchilar bo‘yicha Markaziy Osiyo tashabbusi; Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim. 41. Biologik xilma-xillikni saqlash va tegishli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish doirasida Global ekologik jamg‘arma, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi, BMT TD, BMTning atrof muhit bo‘yicha dasturi, YUNESKO, Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha Mixael Zukkov jamg‘armasi singari xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinmoqda. 42. O‘zbekistonda keyingi o‘n besh yilda xalqaro grantlar jalb etilgan holda bir qancha loyihalar amalga oshirildi. Ular doirasida muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlarda va ular atrofida bioxilma-xillik va tabiiy resurslarni saqlash va boshqarish, muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlar tizimini kengaytirish bo‘yicha yangi yondashuvlar namoyish qilindi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish tufayli muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning yangi toifalari tashkil etildi, ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilandi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimi mutaxassislari va xodimlarini, shuningdek, respublika kompaniyalari va korxonalari ekologlarini bioxilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha yangi ilg‘or yondashuvlarga o‘qitish yaxshilandi. 5-bob. Strategiyaning maqsadlari va vazifalari 43. Ushbu Bioxilma-xillikni saqlash strategiyasining konsepsiyasi O‘zbekiston rivojlanishning muvozanatli va barqaror shakliga erishishidan, u uzoq muddatli istiqbolda millatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ehtiyojlari bog‘liq bo‘lgan ekotizimlarning asosiy xizmatlarini ta’minlaydigan bioxilma-xillikni e’tirof etishi, baholashi va saqlab qolishidan iboratdir. 44. Strategiyaning maqsadi 2029-yilga kelib bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni, ekotizimlar faoliyat ko‘rsatishi va ular tomonidan asosiy xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash uchun samarali va shoshilinch chora-tadbirlar ishlab chiqilishidan iborat. 45. Bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni, oziq-ovqat xavfsizligini, aholi yashashi uchun qulay muhitni hamda mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun 2029-yilgacha quyidagi strategik maqsadlar belgilandi: bioxilma-xillik masalalarini davlat hokimiyati boshqaruvi organlari va butun jamiyatning faoliyatiga kiritish; bioxilma-xillikka to‘g‘ridan to‘g‘ri yuklamalarni qisqartirish, uning komponentlaridan oziq- ovqat landshaftlarida barqaror foydalanish; muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlar hududi tizimini rivojlantirish, ekotizim xizmatlari tomonidan ta’minlanadigan afzalliklar hajmini ko‘paytirish; salohiyatni rejalashtirish, yaratish va moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish yo‘li bilan biologik xilma-xillik saqlash va undan barqaror foydalanish samaradorligini oshirish. 46. Strategiya turli darajalardagi davlat va nodavlat tuzilmalari, aholining kelishilgan sa’y- harakatlarini safarbar qilishga, shuningdek, bioxilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan donorlarni jalb etishga yo‘naltirilgan. 47. Biologik xilma-xillik mavzularini davlat hokimiyati boshqaruvi organlari va butun jamiyatning faoliyatiga kiritish uchun: atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimini takomillashtirish, biologik xilma-xillik komponentlari monitoringi bilan keng qamrab olish hisobiga uning mazmun-mohiyatini kengaytirish; biologik xilma-xillik qadriyatlari va ekotizim xizmatlari to‘g‘risida davlat hokimiyati boshqaruvi organlari, shuningdek, jamiyatning barcha qatlamlarining xabardorligi va bilimini oshirish; biologik xilma-xilliklar qiymati va ekotizimlar xizmatlarini iqtisodiy baholashni ishlab chiqish va uning mexanizmlarini rejalashtirish jarayoniga kiritish; tashkiliy-texnik, texnologik yechimlarni o‘z ichiga oladigan davlat ekologik ekspertizasi doirasida tabiatni muhofaza qilish tadbirlari iyerarxiyasini nazarda tutuvchi atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi bayonotlar loyihalariga xalqaro talablarni ishlab chiqish va joriy etish zarur. 48. Biologik xilma-xillikka to‘g‘ridan to‘g‘ri yuklamalarni qisqartirish va uning komponentlaridan oziq-ovqat landshaftlarida barqaror foydalanish uchun: eng zaif tabiiy ekologik tizimlar tanazzuli va fragmentatsiyasi sur’atlarini pasaytirish bo‘yicha kompleks choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini; takomillashtirilgan huquqiy va metodik asosda suv havzalari va boshqa ekotizimlarning biologik resurslaridan barqaror foydalanishni ta’minlash zarur. 49. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, ekotizimlar xizmatlari bilan ta’minlanadigan afzalliklar hajmini ko‘paytirish uchun: muhofaza qilinadigan tabiiy hudud tizimini muqobil va samarali boshqarishni va tabiiy bog‘lar, kompleks buyurtmaxonalar va buyurtmaxonalar hisobiga tizim maydonini kengaytirishni; oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan biologik xilma-xillik komponentlarini saqlash va ulardan barqaror foydalanish davlat dasturi ishlab chiqilishini ta’minlash zarur. 50. Salohiyatni yaratishni rejalashtirish yo‘li bilan biologik xilma-xillikni saqlab qolish va ulardan barqaror foydalanish samaradorligini oshirish uchun milliy, hududiy va tarmoq rivojlanishi rejalarining tarkibiy qismlari sifatida ushbu Strategiyaning qoidalari kiritilishi va amalga oshirilishini ta’minlash zarur. 6-bob. Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha harakatlarning asosiy yo‘nalishlari 51. Biologik xilma-xillikni to‘g‘risidagi konvensiyaning Tomonlari konferensiyasi (KT-10) qaroriga muvofiq 2010-yilda Konvensiya tomonlari bo‘lgan mamlakatlar yangilashlari va “biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha samarali va yangilangan milliy strategiyalar va harakatlar rejalarini boshlashi” kerak. 52. Strategiya va Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi biologik xilma- xillik komponentlarining hozirgi holatini, mamlakatning iqtisodiy, institutsional, huquqiy, ta’lim, ilmiy, axborot xususiyatlarini va boshqa xususiyatlarini tahlil qilishga asoslanishi kerak. 53. O‘zbekiston tomonidan mustaqillik davrida ko‘rilgan biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanishga doir sa’y-harakatlar yerning tanazzulga uchrashi, cho‘llanish, qurg‘oqchilik, areallar va turlar sonining qisqarishi sohasida va tabiiy resurslardan nobarqaror foydalanishning boshqa oqibatlari bo‘yicha tendensiyalar uncha katta bo‘lmagan sekinlashishiga olib keldi. Biroq bioxilma-xillik masalalari iqtisodiyotning asosiy sektorlariga zarur darajada integratsiyalashtirilmadi. 54. Uzoq muddatli istiqbolda barqaror rivojlanishga erishish uchun biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish masalalarini zarur tashkiliy va moliyaviy resurslar yaratilgan holda iqtisodiyotning barcha sektorlarini milliy rivojlantirish rejalariga kiritish zarur. 55. Mamlakatning yanada iqtisodiy rivojlanishi, aholi sonining va tabiiy resurslarga bo‘lgan talabning o‘sishi sharoitlarida faqat “yashil iqtisodiyot” prinsiplariga amal qilish mamlakatning ekologik xavfsizligini, yerning uzoq muddatli mahsuldorligini ta’minlashga, biologik xilma-xillikni va ekotizimlarning asosiy xizmatlarini saqlab qolishga qodirdir. 56. Biologik xilma-xillik saqlab qolinishi va undan barqaror foydalanishni ta’minlash quyidagi asosiy yo‘nalishlarni amalga oshirish bilan bog‘liqdir: biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish sohasida normativ- huquqiy bazani takomillashtirish; hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastri va monitoringi yuritilishini takomillashtirish; ushbu sohada siyosatni shakllantirish va kompleks qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan biologik xilma-xillikning holati va ahamiyati to‘g‘risidagi zamonaviy ilmiy axborotni takomillashtirish; muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish; eng zaif tabiiy ekologik tizimlar tanazzuli va fragmentatsiyasi sur’atlarini pasaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarini tiklash tadbirlarini amalga oshirish; hayvonot va o‘simliklar dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazorat qilishni kuchaytirish; ekologik turizmni rivojlantirish; biologik xilma-xillikka nisbatan aholining xabardorligi va ekologik madaniyati darajasini oshirish.
57. Tabiatdan foydalanish sohasidagi faoliyatning huquqiy va qonunchilik asosi 120 tadan ortiq qonunlar va qonunosti hujjatlarini o‘z ichiga oladi, ularning ko‘pchiligi to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita biologik xilma-xillik masalalari bilan bog‘liqdir. Biroq hamon nuqsonlar mavjud, ayniqsa biologik xilma-xillikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat loyihalarining atrof muhitga ta’sirini baholash qo‘llanilishiga nisbatan nuqsonlar mavjud. 58. Biologik xilma-xillikning davlat kadastri va monitoringini yuritishning institutsional va qonunchilik asoslarini takomillashtirish zarur. Tabiatdan foydalanishga va uni nazorat qilishga yo‘naltirilgan qonunosti hujjatlari ham takomillashtirishni talab qiladi. Shuningdek, ham biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha faoliyatni moliyalashtirishni izlash, ham davlat tomonidan ushbu sohaga investitsiyalarni baholash uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarur. 59. Biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish masalalarini iqtisodiyot sektorlariga integratsiyalash bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligi va akvamadaniyatlar, energetika, yer usti transporti, qazib oluvchi sanoat va turizmning normativ bazalarini takomillashtirishni nazarda tutish zarur. Bundan tashqari, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi (yo‘riqnomalar, tartibotlar)ni amaliy qo‘llash mexanizmlarini kuchaytirish zarur. 2-§. Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastri yuritilishini va monitoringi olib borilishini takomillashtirish 60. Hozirgi vaqtda Atrof tabiiy muhit davlat monitoringining umumiy tuzilmasida biologik xilma-xillik komponentlari yetarlicha ifodalanmasligi kuzatilmoqda. Shu bilan birga, biologik xilma-xillikning tizimli monitoringini rivojlantirish, shu jumladan, monitoringning tegishli tuzilmalarini va uni amalga oshirish uchun asosiy yo‘nalishlarni rivojlantirish bilan bog‘liq muammolarni hal etish maqsadida muayyan xatti-harakatlar ko‘rilmoqda. Respublikaning davlat qo‘riqxonalarida etalon ekotizimlar uchun biologik xilma-xillik monitoringining yagona kelishilgan tizimi ishlab chiqilmoqda. 61. Asoslangan qarorlar qabul qilish uchun biologik xilma-xillik komponentlarining holati va rivojlanishi dinamikasi to‘g‘risida dolzarb va ishonchli ma’lumotlar mavjudligi zarur. 62. Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastrini yuritish va monitoring olib borishni takomillashtirish maqsadida biologik xilma-xillik komponentlari monitoringining yagona tizimini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish, biologik xilma-xillik monitoringi usullari va obyektlarini birxillashtirish, biologik xilma-xillik monitoringi ma’lumotlar bazasini rivojlantirish va takomillashtirish zarur.
63. Respublika muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimi umumiy o‘lchami, tarkibi, konseptual yondashuv, moliyalashtirish prinsiplari nuqtai nazaridan cheklanishlarga ega.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini takomillashtirish va uni samarali boshqarishni ta’minlash bugungi kunda dolzarb vazifalar hisoblanadi. 64. Tizimni rivojlantirish, yaxshilash va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar samarali boshqarilishini ta’minlash maqsadida ilmiy tadqiqotlar va monitoring olib borishga, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish tartibini, ularni moliyalashtirish manbalarini aniqlashga, kadrlar bilan ta’minlashni yaxshilashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish zarur. 65. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20- martdagi PQ-4247-son qaroriga muvofiq 2019 — 2022-yillar davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasida beshta yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tashkil etiladi. Bular: Janubiy Ustyurt davlat qo‘riqxonasi; “Beltov”, “Oqtepa” va “Oqdaryo-Qozoqdaryo” oralig‘i davlat buyurtmaxonalari; “Sudochye” davlat buyurtmaxonasi negizida “Sudochye” ko‘llar tizimi” davlat buyurtmaxonasi. 66. Yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan birgalikda istiqbolda mavjud davlat buyurtmaxonalarini ularga boshqarish, moliyalashtirish va muhofaza qilishning tegishli tartibi bilan birgalikda yuridik shaxs maqomini berish yo‘li bilan ularni rivojlantirish yoki qayta tashkil etishga alohida e’tiborni qaratish zarur.
67. Respublika iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydigan chorvachilik tabiiy ekotizimlarga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunda shuni hisobga olish zarurki, xususiy egaliklarda mollar bosh soni o‘sib bormoqda. Shu munosabat bilan yaylov ekotizimlari ayniqsa qo‘y-echkilardan katta yuklamaga duchor bo‘lmoqda. 68. O‘simlik dunyosi davlat kadastrini yuritish, yaylovlarning tanazzuli va cho‘llanish jarayonlarining oldini olish yuzasidan tadbirlarni ishlab chiqish uchun tabiiy yaylovlar va pichanzorlarda o‘sadigan o‘simliklarni davriy biobotanik tekshirishdan o‘tkazish zarur. 69. Mamlakatda o‘rmonlar hududlarining qisqarishi hayvonlar va o‘simliklar yashash joylari yo‘qolishiga olib keladi va o‘rmon ekotizimlari tanazzuli jarayonlariga ko‘maklashadi. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryosi, Chirchiq daryosi, Ohangaron daryosi bo‘ylab joylashgan to‘qayzorlar mamlakatda maydoni kam to‘qayzorlar hisoblanadi. 70. Orol dengizining qurigan tubida o‘rmon-meliorativ ishlarni amalga oshirish hamda tog‘ massivlari va to‘qaylarning o‘rmonlar bilan qoplanishini oshirish yo‘li bilan Orolbo‘yini ekologik sog‘lomlashtirish yashash joyi tanazzulining davom etayotgan jarayonining oldini olish uchun ekologik sog‘lomlashtirish tadbirlari dolzarb hisoblanadi. 71. Orol dengizining qurigan tubida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida o‘rmonzorlar barpo etish bo‘yicha katta ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining “Orol dengizining qurigan tubida “yashil maydonchalar” — himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-fevraldagi 132-son qarori bilan 2019-yilda 500 ming gektar yerga ko‘chatlar ekish nazarda tutilgan. Ushbu ishlar Orol dengizining qurigan tubini to‘liq o‘rmonzorlashtirishgacha davom ettirilishi kerak. 5-§. Hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarini tiklash tadbirlarini amalga oshirish 72. Yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish hamda mavjudlarini rivojlantirish hayvonlarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlari sonini tiklashda muhim o‘rin tutadi.
Tiklash va ko‘paytirish bo‘yicha pitomniklar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish hayvonlarni, asosan ularning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarining sonini tiklashga muayyan ulush qo‘shadi.
73. Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklardan foydalanishni qisqartirish maqsadida respublikaning turli mintaqalarida plantatsiyalar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish zarur. 6-§. Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish 74. O‘simliklar va hayvonlar turlaridan foydalanishning tijorat usullarini shartli ravishda: oziq-ovqatbop va dorivor o‘simliklarni yig‘ish va sotishga; yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilishga ajratish mumkin. 75. O‘simliklardan tijorat maqsadlarida foydalanish ekspert baholashga ko‘ra oxirgi 20 yilda ancha ko‘paygan. Bu tijorat kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan bozorlarda sotishdan tortib ularni qayta ishlash va marketingning murakkab mexanizmlarigacha kuzatiladi. 76. Hayvonlardan tijorat maqsadida foydalanishning istalgan turi katta iqtisodiy foyda olish uchun ulkan salohiyat hisoblanadi, biroq ushbu faoliyat barqaror boshqarilishi va ilmiy asoslangan ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi lozim. 77. Ovchilik xo‘jaligini barqaror yuritishda ov mahsulotlarini barqaror olish va o‘lja olish imkoniyati yuzaga keladi. O‘ljadan olingan daromadlar ulardan biotexnik va muhofaza tadbirlarini amalga oshirishda, hayvonlarning ovlanadigan turlarini tiklashda foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. 78. Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish quyidagilar yo‘li bilan amalga oshiriladi: muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida qoidalar, normalar va normativlarni belgilash; cheklashlar va taqiqlarni belgilash; maxsus foydalanish huquqini to‘xtatib turish, to‘xtatish, bekor qilish; o‘zboshimchalik bilan foydalanish va foydalanishning belgilangan tartibi boshqacha tarzda buzilishlarining oldini olish; yashash va o‘sish muhiti muhofaza qilinishini tashkil etish; davlat kadastrini yuritish va monitoring olib borish; muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirish, hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarini Qizil kitobga kiritish; pitomniklar va plantatsiyalarda hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarini ko‘paytirish; hayvonot va o‘simliklar dunyosi obyektlarining davlat hisobini olib borish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish; hayvonot va o‘simliklar dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida nazorat qilish; O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish; muhofaza qilish va oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlarni va boshqa tadbirlarni amalga oshirish. 79. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-son qaroriga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining inspeksiya xizmati qayta tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq hayvonot va o‘simlik dunyosini saqlash ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat inspektorlari soni ko‘paytirildi hamda ularning faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga moliyalashtirish tartibi belgilandi. 80. Brokonyerlik darajasini pasaytirish maqsadida ekologik tadbirlarni tashkil etish yo‘li bilan aholi orasida ekologik ong darajasini hamda treninglar va ta’lim beruvchi seminarlar tashkil etish yo‘li bilan davlat inspektorlari malakasini oshirish zarur. 7-§. Ekologik turizmni rivojlantirish 81. Ekologik turizm O‘zbekistonda rivojlanayotgan va istiqbolli tarmoq hisoblanadi. Ekologik turizm katta iqtisodiy daromad keltirishga qodirdir. 82. Tabiiy bog‘larning rekreatsion zonalaridan, ayniqsa tog‘larda va tog‘oldi yaqinidagi shaharlarda foydalanish so‘nggi 20 yilda shiddat bilan o‘sdi. Aholi an’anaviy ravishda ommaviy dam oladigan joylarda rekreatsion yuklamaning oshishi ayniqsa mahalliy tabiiy o‘simliklar dunyosi va hayvonlar to‘dalarining biologik xilma-xillik tuzilmasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 83. Uyushtirilgan ekologik turizm tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish zarur. Birinchi navbatda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish zarur, tegishli kadrlar tayyorlash masalasi ham muhim hisoblanadi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling