Qarori 2019-2028-yillar davrida o‘zbekiston respublikasida biologik xilma- xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to‘G‘risida
-§. Biologik xilma-xillikka nisbatan aholining ekologik madaniyati va xabardorligi darajasini
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
bioxilma xillikni saqlash boyicha milliy stratyegiyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-bob. Strategiyani amalga oshirish mexanizmi
- 8-bob. Strategiyani resurslar bilan ta’minlash va uni amalga oshirish bosqichlari 1-§. Strategiya amalga oshirilishini resurslar bilan ta’minlash
- 2-§. Strategiyani amalga oshirish bosqichlari
- 2019-2028-yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini amalga oshirishga doir
- Moliyalashtirish manbalari Mas’ul ijrochilar Kutilayotgan natijalar
- 1.1Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimiga biologik xilma-xillik monitoringini kiritish orqali uni takomillashtirish
- 1.2. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamiyatning biologik xilma-xillikning ahamiyati va ekotizimlar xizmatlaridan xabardorligini va bilimini oshirish
- 1.3. Biologik xilma-xillik va ekotizimlar xizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash mexanizmini ishlab chiqish va rejalashtirish jarayoniga joriy qilish
8-§. Biologik xilma-xillikka nisbatan aholining ekologik madaniyati va xabardorligi darajasini oshirish 84. Bugungi kunda biologik xilma-xillikni saqlash va undan foydalanish uchun odamlar amal qilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlardan ular xabardorligi darajasining yetarlicha emasligi tegishli chora-tadbirlar ko‘rishni talab etadigan muhim va dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Ishlab chiqilgan dasturlar va harakatlar rejalari asosida turli maqsadli guruhlarning xabardorligini oshirishga tizimli, kompleks yondashuv mavjud emas. 85. Qaror qabul qiladigan mansabdor shaxslar va jamiyatning biologik xilma-xillik va ekotizimlar xizmatlarining ahamiyatidan, mamlakatning farovonligi va rivojlanishiga ularning ulushidan xabardorligini oshirish ham muhim hisoblanadi. 86. Jamoatchilikni biologik xilma-xillik sohasidagi masalalarni hal etishga, shu jumladan, uning monitoringini olib borish tadbirlariga jalb etish aholining xabardorligi va ekologik madaniyati darajasini oshirishga ko‘maklashadi. 7-bob. Strategiyani amalga oshirish mexanizmi 87. Strategiya Harakatlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlar to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishi orqali amalga oshiriladi. Strategiyaning qoidalari O‘zbekiston Respublikasining iqlim o‘zgarishiga, cho‘llanishga qarshi kurashga, suv resurslari va transchegaraviy suv oqimlaridan foydalanishga tegishli xalqaro shartnomalari doirasida ishlab chiqilgan boshqa hujjatlarga integratsiya qilinadi. 88. Strategiya milliy va mahalliy darajalarda atrof muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar rejalarini, fundamental va amaliy tadqiqotlarni, atrof tabiiy muhit monitoringiga, biologik xilma- xillikka to‘g‘ridan to‘g‘ri yuklamalarni qisqartirishga, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirishga, ekotizimlar xizmatlarini hisobga olgan holda biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan foydalanish samaradorligini oshirishga va iqlim o‘zgarishiga moslashishga, o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishga, yaylovlarni barqaror boshqarishga, suv resurslarini muhofaza qilishga tegishli tarmoq rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish uchun huquqiy asoslardan biri bo‘lib xizmat qiladi. 89. Strategiya amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijrochilar: tadbirlarni bajarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan tadbirlar belgilangan muddatlarga muvofiq amalga oshirilishini; maqsadli moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanishni; oxirgi yilda amalga oshirilgan tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlar har yili Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini ta’minlaydilar. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ishlarni muvofiqlashtiradi va ular bajarilishi ustidan nazorat qiladi. 8-bob. Strategiyani resurslar bilan ta’minlash va uni amalga oshirish bosqichlari 1-§. Strategiya amalga oshirilishini resurslar bilan ta’minlash 90. Mas’ul ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, mavjud va tashabbus ko‘rsatadigan milliy va xalqaro loyihalarning grant mablag‘lari hamda xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari Strategiya amalga oshirilishini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. 91. Rejalashtiriladigan har bir tadbir bo‘yicha moliyalashtirishning zarur hajmi tegishli tadbirlarni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan aniq chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib alohida hisoblab chiqiladi.
92. Harakatlar rejasini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni safarbar qilish uchta asosiy yondashuvni nazarda tutadi. Bular: biologik xilma-xillik saqlanishini ta’minlash va ekotizimlar xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ichki investitsiyalarni ko‘paytirish; biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Harakatlar rejasini amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy va texnik ko‘mak olish; biologik xilma-xillik va ekotizimlar xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni moliyalashtirishning innovatsion mexanizmlarini aniqlash va ishlab chiqish. 2-§. Strategiyani amalga oshirish bosqichlari 93. Strategiyani amalga oshirish quyidagi davrlarga mo‘ljallanadi: birinchi bosqich (2019 — 2023-yillar) — qonunchilik bazasini takomillashtirish va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida beshta muhofaza qilinadigan tabiiy hudud barpo etish; ikkinchi bosqich (2024 — 2028-yillar) — maqsadli ko‘rsatkichlarga va kutilayotgan natijalarga erishish. 9-bob. Maqsadli ko‘rsatkichlar va kutilayotgan natijalar 94. Strategiyani amalga oshirish dasturlari bo‘yicha: muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 12 foizgacha kengaytirishga; Orol dengizining qurigan tubini 1,2 mln gektargacha o‘rmonzorlashtirishga; Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida jayronlarni 1000 tagacha ko‘paytirishga; har yili 1000 tagacha tuvaloqlarni ko‘paytirish va tabiatga qo‘yib yuborishga; markaziy bo‘g‘inga — davlat qo‘riqxonalarining etalon ekotizimlariga ega bo‘lgan biologik xilma-xillik komponentlari monitoringining yagona tizimini yaratishga; zamonaviy bioaxborot texnologiyalar (GIS-texnologiyalar) asosida biologik xilma- xillikning davlat monitoringi va davlat kadastrining yagona axborot ma’lumotlar bazasini yaratishga; uch tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) ish yuritadigan www.biodiversity.uz saytini yaratishga; 2 mln ga hajmda tabiiy yaylovlar va pichanzorlar o‘simliklarini biobotanik tekshirishni har yili amalga oshirishga; O‘zbekiston suv havzalarida qushlarning ovlanadigan turlari soni har yili hisobga olinishiga; Quyimozor va To‘dako‘l suv omborlarini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suvli-botqoq joylar ro‘yxatiga (Ramsar Konvensiyasi) kiritish bo‘yicha materiallarni tayyorlashga va belgilangan tartibda berilishini tashkil etishga; ovchilik monitoringi va baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarining biologik resurslari holati tizimini yaratishga; biologik xilma-xillikka bosim pasayishiga; zarur moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga; iqtisodiyotning barcha sektorlarida biologik xilma-xillikni saqlash masalalari integratsiya qilinishiga; ilmiy bilimlarga va oldini oluvchi yondashuvga asoslangan tegishli kompleks qarorlar qabul qilinishiga va samarali amalga oshirilishiga erishiladi. 95. Strategiyani amalga oshirish uchun 2019-2028-yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash va undan foydalanish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgan. Harakatlar strategiyasi rivojlantirish strategiyalari va harakatlar rejalarini, sektorlar bo‘yicha dasturlar va boshqa rejalarni tahlil qilishga asoslangan va manfaatdor vazirliklar va idoralarni, ilmiy jamoatchilikni va ekologik nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etgan holda maslahatlashuv jarayoni yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 484-son qaroriga 2-ILOVA
HARAKATLAR REJASI T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Bajarish muddatlari Moliyalashtirish manbalari Mas’ul ijrochilar Kutilayotgan natijalar I. Biologik xilma-xillik mavzularini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va jamiyat faoliyatiga kiritish 1.1Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimiga biologik xilma-xillik monitoringini kiritish orqali uni takomillashtirish 1. O‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringini tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi biologik xilma-xillik komponentlarining yagona monitoringini olib borish tizimini yaratish. O‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringini olib borish tartibini belgilaydigan qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2020-yil avgust
Davlat boshqaruvi respublika organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qishloq xo‘jalik vazirligi, Fanlar
akademiyasi, O‘zgidromet, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘simlik va hayvonot dunyosi davlat hisobini yuritish tizimini takomillashtirish, shuningdek, “ O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida ”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining 16-
moddasiga muvofiq
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari va ularni�g yashash muhiti holatini kuzatish, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilish. 2. Zamonaviy geoaxborot texnologiyalari (GIS- texnologiyalar) asosida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastri va monitoringi bo‘yicha ma’lumotlar 1.
O‘zbekistonning yuqori tog‘li ekotizimlarining bioxilma-xilligi ekologik axborotini boshqarish va monitoringini olib borish tizimini yaratish. 2. Elektron ma’lumotlar bazasini ishlab 2020-yil noyabr 2020 —
2023-yillar Davlat
boshqaruvi respublika organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet
mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekistonning yuqori tog‘li ekotizimlari biologik xilma- xilligining holati haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va saqlash tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
axborot bazasini yaratish. chiqish, to‘ldirish va integratsiyalash. viloyatlar hokimliklari Geoaxborot texnologiyalar asosida ma’lumotlar bazasini joriy etish va respublikaning biologik xilma- xilligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan mutaxassislar va qaror qabul qiluvchi shaxslarni o‘z vaqtida va ko‘rgazmali tarzda ta’minlash. 3. Yagona davlat kadastrlari tizimining talablariga muvofiq muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining kadastrini yuritish ishlarini takomillashtirish. Tegishli kadastr obyektlarining davlat hisobini yuritish ishlarini tashkil etish va o‘tkazish. Kadastr
ma’lumotlarini to‘plash tizimini takomillashtirish. Har yili Davlat boshqaruvi respublika organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lari Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi Tegishli davlat kadastrlari bo‘yicha ishlarni bajarish va manfaatdor idoralarni biologik xilma-xillikning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari bilan ta’minlash. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qoshida www.
biodiversity.uz biologik xilma- xillik saytini uch tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) tashkil etish. Domen va provayderni aniqlash. Ma’lumotlarni to‘plash va saytga
joylashtirish 2020-yil iyun Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari Davlat ekologiya qo‘mitasi Biologik xilma- xillik bilan bog‘liq barcha normativ hujjatlarni hamda quyidagi ma’lumotlarni saytda joylashtirish: MQTH, o‘simlik va hayvonot dunyosi bo‘yicha; yillik monitoring natijalari va kadastr ma’lumotlari to‘g‘risida; o‘simlik va hayvonot dunyosini ovlash bo‘yicha kvotalarni tasdiqlash to‘g‘risida; o‘simlik va hayvonot dunyosini ovlash, olib kirish va olib chiqish
uchun beriladigan ruxsatnomalar to‘g‘risida; fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulay bo‘lgan sharoitlarni yaratadigan boshqa ma’lumotlar. 5. Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor, oziq-ovqatbop va texnik o‘simliklar turlarining tabiiy zaxiralarni xatlovdan o‘tkazish. Har yili mavjud o‘simlik turlarini o‘rganib chiqish va Davlat ekologiya qo‘mitasiga hisobot taqdim etish. 2019 —
2028yillar Har yili ajratiladigan budjet
mablag‘lari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi, Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari Fanlar
akademiyasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi Xatlov natijalariga ko‘ra tabiatga zarar yetkazilmaydigan holda yovvoyi holda o‘sadigan dorivor, oziq- ovqatbop va texnik o‘simliklar turlari bo‘yicha kvotalarni tasdiqlash va tayyorlash hajmlarini aniqlash. 6. Yiliga 2 mln ga maydonda tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklarni geobotanik o‘rganib chiqish. Geobotanik o‘rganib chiqish va har yili Davlat ekologiya qo‘mitasiga hisobot taqdim etish Har yili 31-yanvarga qadar
Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi O‘simlik dunyosi davlat kadastri yuritilishini ta’minlash, yaylovlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llanishga qarshi chora- tadbirlarni ishlab chiqish. 7. O‘zbekiston suv havzalarida ov qilinadigan qushlarning hisobini yuritish. Qushlarning qishki hisobini yuritish. Har yili Davlat ekologiya qo‘mitasiga hisobot taqdim etish. Doimiy
asosda Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari (150,0 mln so‘m) Fanlar
akademiyasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi Biologik resurslardan oqilona foydalanish, atrof muhit xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar tayyorlash, shuningdek, suvda suzadigan qushlarni ovlash kvotasini va ov qilish muddatlarini belgilash. 8. Quyimazor va To‘dako‘l suv Belgilangan shakl bo‘yicha 2020-yil dekabr
Mablag‘ talab etilmaydi Fanlar akademiyasi, Atrof muhit muhofazasi omborlarini (Navoiy viloyati) xalqaro ahamiyatga (Ramsar konvensiyasi) ega bo‘lgan suvli- botqoq joylar ro‘yxatiga kiritishni ta’minlash. nomma-nom hujjatlarni tayyorlash. Davlat ekologiya qo‘mitasi bo‘yicha xalqaro konvensiyalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish maqsadida Quyimazor va To‘dako‘l suv omborlarini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suvli- botqoq joylar ro‘yxatiga kiritish. 1.2. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamiyatning biologik xilma-xillikning ahamiyati va ekotizimlar xizmatlaridan xabardorligini va bilimini oshirish 9. Biologik xilma- xillikni saqlash chora-tadbirlarini va ekotizimlar ko‘rsatadigan xizmatlarni iqtisodiyot sektorlariga integratsiyalash. Bioxilma-xillikni saqlash va ekotizimlar ko‘rsatadigan xizmatlar bo‘yicha chora- tadbirlarni ishlab chiqish va ularni idoraviy dasturlar va rejalarga kiritish. Doimiy
asosda Respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet
mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lari Davlat ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, “Issiqlik elektrostansiyalari” AJ,
“O‘zbekneftgaz” MXK, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Bioxilma-xillikni saqlashga va ekotizimlar ko‘rsatadigan xizmatlarga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish. 10. Biologik xilma- xillikning ahamiyati to‘g‘risida jamiyatning xabardorligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarining (OAV) rolini oshirish. Tegishli tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Biologik xilma- xillik mavzulari ommaviy axborot
vositalarida muntazam yoritilishini tashkil etish. Doimiy asosda
Respublika davlat
boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lari Davlat ekologiya qo‘mitasi Biologik xilma- xillik va ekotizim ko‘rsatadigan xizmatlarning ahamiyatini tashviq qilish sohasida OAV ishtirokini kengaytirish, shuningdek, ekologiya sohasida jurnalistlarning kasbiy mahoratini oshirishga ko‘maklashish. 11. Biologik resurslarni saqlashning ahamiyatini oshirish hamda ularning ekotizimlari xizmatlaridan barqaror Seminar va treninglar o‘tkazish. Doimiy asosda
Respublika davlat
boshqaruvi organlarining mablag‘lari, grantlar Davlat ekologiya qo‘mitasi, Xalq ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Biologik xilma- xillikni saqlash va undan hamda ekotizimlar xizmatlaridan barqaror foydalanish jarayonlariga iqtisodiy
foydalanishni oshirish maqsadida aholi (tabiatdan foydalanuvchilar) uchun axborot kompaniyasini o‘tkazishni tashkil etish. mexanizmlarni joriy etish. Biologik xilma- xillikning iqtisodiy qiymatini baholash sohasida tajriba to‘plash, shuningdek, metodikani takomillashtirish uchun takliflar ishlab chiqish.
12. Biologik xilma- xillikni va ekotizimlar xizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash mexanizmini yaratish. Tajriba
o‘tkaziladigan hududlar misolida biologik xilma- xillikni va ekotizimlar xizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab
chiqish. 2023-yil may Respublika davlat boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet
mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lari, BMTning
Taraqqiyot dasturi/Global ekologik jamg‘armaning “Bioxilma- xillikning global ahamiyatli turlari uchun asosiy tog‘li mintaqalarda tabi�y va o‘rmon
resurslarini bar�aror boshqarish” dasturlari liniyasi bo‘yicha grantlar Davlat ekologiya qo‘mitasi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi Biologik xilma- xillikni saqlash va barqaror foydalanishga va ekotizimlar taqdim qiladigan xizmatlar jarayoniga iqtisodiy mexanizmlarni joriy qilish. Biologik xilma- xillikni va iqtisodiy baholash sohasida tajriba orttirish hamda ushbu masalada metodik tavsiyalarni takomillashtirish uchun takliflar ishlab chiqish. 13. Biologik resurslarni muhofaza qilish, ulardan barqaror foydalanish va ularni qayta tiklashni rag‘batlantirish Tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2020-yillar oktyabr
Mablag‘ talab qilinmaydi Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilishga va tabiatni tiklash
samaradorligiga olib keluvchi faoliyat amalga oshirilganligi uchun soliq, kredit
mexanizmlarini ishlab chiqish. Fanlar akademiyasi. imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berish yo‘li bilan ekotizimlarni saqlash va ulardan barqaror foydalanish maqsadida tabiatdan foydalanuvchilarni rag‘batlantirish.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling