Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
(14-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-
sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) 15. Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ushbu hujjatlarni tegishli tashkilotlardan talab qilish yuzasidan yordam ko‘rsatadi. Bunda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga muvofiq shaxsga pensiya tayinlash (hisoblash) uchun quyidagi: a) pensiya tayinlanayotgan shaxsning (qonuniy vakil) fuqarolik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) to‘g‘risidagi; Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — TIEK) tomonidan beriladigan: (15-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23- martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) shaxsning farzandi 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaligini tasdiqlaydigan yoki parvarish ostidagi I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganligi to‘g‘risidagi; shaxsning farzandi 8 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bola deb topilganligi to‘g‘risidagi; boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqini beradigan oilaning katta yoshdagi a’zosi nogironligi bo‘lgan shaxsligi to‘g‘risidagi; ariza beruvchi I yoki II guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxs ekanligi to‘g‘risidagi; I, II yoki III guruh nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni; Oldingi tahrirga qarang. b) band shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq organlari tomonidan taqdim etiladigan: (15-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23- martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari; 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov; Oldingi tahrirga qarang. 2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mustaqil ravishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining markazlashtirilgan elektron reyestri bazasidan elektron so‘rov yuborish orqali oladi. (15-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23- martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) 16. Pensiyaga ustama (qo‘shimcha) haq belgilash huquqi mavjud bo‘lgan taqdirda, pensiya tayinlash to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak: a) ariza beruvchining urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydigan hujjat; b) ariza beruvchining 1941 — 1945-yillardagi urush davrida front ortida ishlaganligini va harbiy majburiyatlarni bajarganligini tasdiqlaydigan hujjat; v) tegishli organ tomonidan berilgan harbiy xizmatchining, ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimining o‘limi harbiy xizmat majburiyatlarini, ichki ishlar organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida xizmatni bajarish bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma; g) “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi; d) faxriy unvon berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi. Mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlar “YaMMT” IDAKda mavjud bo‘lgan hollarda ilova qilinmaydi. 17. Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilishda pensiya tayinlanayotgan shaxsning pasporti (identifikatsiya ID-karta, istiqomat uchun berilgan guvohnoma) taqdim etilishi kerak. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning pasporti (identifikatsiya ID-karta) nusxasi (istiqomat uchun berilgan guvohnoma) nusxasi manzil-koloniya ma’muriyati tomonidan manzil-koloniya joylashgan erdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi. Qonuniy vakilning arizasiga tuman (shahar) hokimining vasiylik yoki homiylikni tayinlash to‘g‘risidagi qarori ilova qilinadi. Qonuniy vakil pasportni (identifikatsiya ID-kartani) taqdim etadi. 18. Ariza beruvchining urush ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat sifatida 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchisining guvohnomasi, baynalmilalchi jangchilarga beriladigan imtiyoz olish huquqi haqidagi guvohnoma, shuningdek, ularning urush ishtirokchisiga tenglashtirilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qabul qilinadi. Urush qatnashchilariga tenglashtiriladigan shaxslar doirasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan. Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi), tashkilotlar va arxiv ma’lumotnomalari, shuningdek, mudofaa ishlari bo‘yicha organlarning ma’lumotnomalari ariza beruvchining 1941 — 1945-yillardagi urush davrida ishlaganligi va harbiy majburiyatlarni bajarganligini tasdiqlaydigan hujjat sifatida qabul qilinadi. Ariza beruvchining urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxs ekanligini tasdiqlovchi hujjat sifatida harbiy gospital tomonidan beriladigan kasallik tarixidan ko‘chirma qabul qilinadi. Urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tenglashtiriladigan shaxslar doirasi ushbu Nizomga 2- ilovada keltirilgan. 19. Familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgartirilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar sifatida quyidagilar taqdim etiladi: familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, fuqarolik holati dalolatnomasining tegishli yozuvidan ko‘chirma, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari (mansabdor shaxslari) ma’lumotnomasi. Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlash masalasi sud qarori bilan hal etiladi. 20. II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsning yolg‘iz yashaydigan pensionerligi holati Agentlikdan olinadi. Oldingi tahrirga qarang. 21. Qonunning 12-moddasi “z” bandiga muvofiq pensiya tayinlanayotganda Inspeksiyaning “TIEK” axborot tizimidan olinadigan shaxsning farzandi 8 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bola deb topilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot asosida belgilanadi. (21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) 22. Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlar ham asl nusxada, ham Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan tasdiqlangan nusxalarda taqdim etilishi mumkin, faqat asl nusxalarda taqdim etiladigan ma’lumotnomalar (ish haqi va boshqa ma’lumotnomalar) bundan mustasno. 23. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarning shaxsini, yoshini, yashash joyini, fuqarolikka mansubligini tasdiqlaydigan ma’lumot sifatida “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan ma’lumotlar qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsini, yoshini, yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat sifatida “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan ma’lumotlar qabul qilinadi. 24. Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashish mudofaa ishlari bo‘yicha organ tomonidan berilgan belgilangan namunadagi ma’lumotnoma, shuningdek, tugatishda qatnashish uchun o‘z xodimlarini yuborgan tashkilotlarning ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanadi. 25. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi hujjatlarni qabul qilishda taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirilishining to‘g‘riligini, ularning nusxalari hujjatlarning asl nusxasiga muvofiqligini tekshirishi kerak. Bunda shaxsning pensiya olishga bo‘lgan huquqi, talab etiladigan ish staji mavjudligi, shuningdek, pensiya tayinlash uchun asos hisoblanadigan hujjatlarning mavjudligi ko‘rib chiqiladi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tashkilotdan yoki shaxsdan qabul qilingan hujjatlarni rasmiylashtirishni oxiriga yetkazishni va qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etishni talab qilish, shuningdek, zarur hollarda ushbu hujjatlarning to‘g‘ri berilganligini tekshirib ko‘rish huquqiga ega. 26. Agar hujjatda (elektron ma’lumotda) tug‘ilgan vaqt to‘g‘risida aniq sana ko‘rsatilmagan holda oy ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda tegishli oyning 15-kuni tug‘ilgan sana hisoblanadi. Agar taqdim etilgan hujjatda (elektron ma’lumotda) oy ko‘rsatilmasdan faqat tug‘ilgan yil ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu yilning birinchi iyul kuni tug‘ilgan kun sifatida qabul qilinadi. Barcha taqdim etilgan hujjatlar bilan birga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza, shuningdek, Pensiya jamg‘armasi bo‘limining pensiya tayinlash to‘g‘risidagi qarori pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi va/yoki axborot tizimida elektron ko‘rinishda saqlanadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling