Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
Oldingi
tahrirga qarang. k) ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa. (27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan “k” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) 28. Agar ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar bir vaqtning o‘zida bir davrga to‘g‘ri kelsa, u holda pensiyani hisoblab chiqish uchun ish stajiga pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning xohishiga ko‘ra ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan faqat bir davr qo‘shib hisoblanadi. Ish stajini hisobga olishning shunday tartibi ushbu Nizomning 27-bandi “d” — “i” kichik bandlari uchun ham qo‘llaniladi. Ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” va “d” — “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar bir vaqtning o‘zida bir davrga to‘g‘ri kelsa, u holda pensiyani hisoblab chiqish uchun ish stajiga pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning xohishiga ko‘ra ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” va “d” — “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlardan biri qo‘shib hisoblanadi. Bunda pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning xohishiga ko‘ra ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar “d” — “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlardan biriga almashtirilgan taqdirda, murojaat qilgan shaxsning ish haqini aniqlashda mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yillik davridan chiqarib tashlanmagan xolda “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar bo‘yicha aniqlanadi. 29. Ushbu Nizomning 27-bandi “d” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan davrlar ish stajiga ushbu Nizomning 27-bandi “ a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan kamida 7 yil umumiy ish staji mavjud bo‘lganda qo‘shib hisoblanadi. Nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini tayinlashda ushbu Nizomning 27-bandi “d” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ish staji mavjud bo‘lganda, uning qancha davom etganligidan qat’i nazar, qo‘shib hisoblanadi. Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va II guruh nogironlikda bo‘lish vaqti yoshga doir va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashda stajga qo‘shib hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. (29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) Yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ishlangan vaqt pensiya tayinlash uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi. Ertaroq muddatdan boshlab yoshga doir pensiya tayinlashda staj pensiya tayinlangan kungacha hisobga olinadi. 30. Nogironligi bo‘lgan bolani sakkiz yoshgacha tarbiya qilgan nogironligi bo‘lgan bolaning onasiga pensiya tayinlashda talab qilinadigan 20 yillik ish stajiga ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “d” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar qo‘shib hisoblanadi. Ushbu Nizomning 27-bandi “d” kichik bandida nazarda tutilgan davr Qonunning 8-moddasi talablariga rioya etilgan holda ish stajiga kiritiladi. 31. Qonunning 12-moddasi “a” bandiga muvofiq urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga pensiya tayinlashda pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan talab etiladigan ish staji Qonunning 7-moddasiga muvofiq aniqlanadi. 32. Stajga quyidagilar imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadi: a) harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qo‘shilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda ishtirok etish — uch hissa barobarida; b) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlash, shu jumladan, harbiy qismlardagi erkin yollanganlar tarkibidagi ish va ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan xizmatdan tashqari, harbiy xizmat — ikki hissa barobarida; v) Qonunning 10-moddasi “a” va “b” bandlariga hamda 11-moddasining “a” bandiga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan — erkaklarda 10 yildan ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir to‘liq yil — ikki hissa barobarida; g) moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunitet tanqisligi virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida ishlash — ikki hissa barobarida; d) patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining tibbiy xodimlaridan ayrim toifalarining ishi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq — bir yarim hissa barobarida; e) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda qatag‘on qilingan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo‘lish va hibsda saqlash joylarida turgan vaqti — bir yarim hissa barobarida. Ushbu bandda nazarda tutilgan ish stajini imtiyozli hisoblash tartibi Qonun bo‘yicha tayinlanadigan pensiyalarning barcha turlari uchun qo‘llanadi. 33. Pensiyaga bo‘lgan huquqni belgilashda pensiya olish huquqini beradigan ish staji ushbu Nizomning 32- bandida belgilangan qoidalar qo‘llanmasdan aniqlanadi. 34. Talab qilinadigan ish stajidan ortiq staj mavjud bo‘lgan taqdirda, umumiy ish staji yaxlitlanishi kerak. Bunda ish stajining umumiy 15 kalendar kundan (15-kalendar kunning o‘zi ham) ortiq davri to‘liq oygacha yaxlitlanadi, 15 kalendar kungacha bo‘lgan davr esa hisobga olinmaydi. 35. Uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiyalar tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatlarini hisoblab chiqish tartibi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan. 36. Sanoatning mavsumiy tarmoqlari tashkilotlarida band bo‘lgan xodimlarga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq to‘liq mavsum mobaynidagi ish bir yildagi ish uchun, to‘liq bo‘lmagan mavsum mobaynidagi ish — amalda band bo‘lgan davr bo‘yicha hisobga olinadi. Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan yer osti ishlaridagi stajni hisoblab chiqishda (Qonunning 10-moddasi “a” , “b” bandlari va 11-moddasi “a” bandi ) mehnatda mayiblanish yoki ushbu ishda olingan kasb kasalligi oqibatida nogironlikda bo‘lish vaqti ushbu Nizomning 32-bandi “v” bandida belgilangan qoidalar qo‘llanmasdan ko‘rsatib o‘tilgan stajga kiritiladi. 37. Agar dehqon xo‘jaligi a’zosi yoki sovxoz xodimi ushbu yilda 12 oy ishlagan va kamida 9 oy mobaynida: 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan; 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa, ish stajiga bir kalendar yil qo‘shib hisoblanadi. Boshqa hollarda ish staji: 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari to‘langan; 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan oylar soniga mutanosib ravishda hisobga olinadi. 38. Fermer xo‘jaligi a’zosi va qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati) xodimining ish staji: 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanishining; 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblanishining amaldagi davri bo‘yicha aniqlanadi. 39. Qoramol yetishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish‚ shuningdek, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining boshqa turlarini (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini) yetishtirish bilan band bo‘lgan shaxslar, maydoni to‘rt sotixdan kam bo‘lmagan dehqon xo‘jaligida, tomorqa erida band bo‘lgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda yetishtirish bilan band bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasida belgilangan tartiblar asosida ijtimoiy soliq to‘langan davrlar pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi. Ushbu shaxslar o‘zi uchun o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning miqdoridan kelib chiqib ijtimoiy soliqni to‘lash huquqiga ega. Ijtimoiy soliq naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda, ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana ijtimoiy soliq to‘langan kun hisoblanadi. To‘lov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JShShIR) va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Bunda oilaviy tadbirkorlik subyekti oila a’zolari bo‘yicha to‘lov hujjati har bir oila a’zosi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling