Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
Oldingi
tahrirga qarang. Ko‘rsatib o‘tilgan hollarda bolani parvarishlash ta’tili boshlangan sana sifatida homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagan sana qabul qilinadi. Bunda mazkur bandning yettinchi xatboshida ko‘rsatilgan muddatdan keyin tug‘ilgan bola uchun, parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqtining davomiyligi homiladorlik va tug‘ish ta’tilini hisobga olgan holda bola uch yoshga to‘ladigan kunga qadar inobatga olinishi lozim. (62-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119- sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) 1965-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligi a’zosining bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqtini aniqlashda, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi bo‘lgan, bola tuqqan ayol jamoa xo‘jaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini bajarmagan bo‘lsa, bola tug‘ilgan yil (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilganning tanlovi bo‘yicha) mehnat stajining to‘liq yili, biroq ushbu Nizomning 27-bandi muvofiq jami ko‘pi bilan 6 yil sifatida hisobga olinadi. 63. Oldini olish chorasi sifatida qamoqda bo‘lish vaqti, jazoni o‘tash vaqti, shaxs lavozimdan noqonuniy chetlatilganligi munosabati bilan ishlamagan vaqt, tibbiyot muassasasida bo‘lish vaqti tergov organlari yoki ichki ishlar organlarining ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanadi va reabilitatsiya (oqlov hukmi, reabilitatsiyalovchi asoslar bo‘yicha ish to‘xtatilishi to‘g‘risidagi ajrim (qaror) haqidagi hujjatlar mavjud bo‘lganda ish stajiga hisoblanadi. 64. Ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarning xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqti ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Oldingi tahrirga qarang. Xizmat O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘talgan hollarda ushbu ma’lumotnoma mazkur Nizomga 8- ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy organi tomonidan beriladi, xizmat chet elda o‘talgan taqdirda esa — ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha harbiy xizmat o‘talgan joy bo‘yicha yuqori harbiy qismlar, muassasalar, harbiy-o‘quv (o‘quv) muassasalari komandirlari (boshliqlari) tomonidan beriladi. (64-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) 65. Harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qo‘shilmalarida xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda qatnashish mudofaa ishlari bo‘limlari va tegishli organlar tomonidan berilgan ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. 66. Xodimlarning ayrim toifalari uchun belgilangan imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini tasdiqlash uchun (masalan: ishlarning qizg‘in uchastkalarida yoki qizg‘in ishlarda bandlik to‘g‘risida, muayyan moddalar yoki xavflilikning muayyan darajalariga kiradigan zararli moddalar bilan ishlash to‘g‘risida, yer osti ishlarida bandlik to‘g‘risida, ishlarni muayyan usulda bajarganlik to‘g‘risida, muayyan joyda ishlarni bajarganlik to‘g‘risida va shu kabilar) maxsus stajni tasdiqlash maqsadida ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tashkilotning (soliq to‘lovchi tashkilotning identifikatsiya raqamini ko‘rsatgan holda) aniqlashtiruvchi ma’lumotnomalari qabul qilinadi. 67. Uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarning ayrim toifalariga imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beradigan maxsus ish staji: uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar uchun — tegishli tashkilot tomonidan berilgan uchilgan soatlarni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi. Uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiradigan ayrim xodimlarning sinov texnikasini sinashda bandligi tashkilotlar tomonidan berilgan ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi;i havo harakatini boshqargan xodimlar uchun — mehnat daftarchasi bilan, shuningdek: havo harakatini bevosita boshqarishga qo‘yish to‘g‘risidagi belgilar bilan birga harakat xizmati dispetcheri (parvozlar rahbarining) guvohligi; mutaxassisni havo harakatini bevosita boshqarish bilan bog‘liq lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda tashkilotning ma’lumotnomalari asosida tasdiqlanadi. 68. Teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari va jamoalarining artistlari ayrim toifalarining imtiyozli pensiya ta’minoti olish huquqini beradigan maxsus ish staji mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) bilan tasdiqlanadi. Kasb (lavozim)ning nomi, bajariladigan ishning janrga mansubligi, xususiyati yoki ish kechgan tashkilotning maqomi to‘g‘risida mehnat daftarchasida (elektron mehnat daftarchasida) zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan hollarda maxsus ish staji ushbu shaxsga nisbatan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ish joyidan berilgan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi. 69. Avariyalar va mahalliy ko‘lamdagi boshqa favqulodda vaziyatlar (yong‘in, suv bosishi), tashkilotning to‘liq tugatilishi yoxud ushbu Nizomning 55-bandida nazarda tutilgandan boshqa sabablar bo‘yicha arxiv ma’lumotlarining mavjud emasligi munosabati bilan mavjud ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda va ularni olish imkoni bo‘lmaganda ish staji sud tartibida belgilanadi. Sudning qarori bilan jamoa xo‘jaligi a’zosining ish staji tasdiqlangan taqdirda, ushbu stajni belgilash 16 yoshdan boshlab amalga oshiriladi, agar ish staji boshlanishi 1941 — 1945-yillardagi urush davriga to‘g‘ri kelsa — 14 yoshdan belgilanadi. 70. Ish stajini tasdiqlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar mansabdor shaxs tomonidan imzolanishi va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Mehnat daftarchasidagi yozuvlar ushbu daftarchani to‘ldirish va yuritish paytida amalda bo‘lgan mehnat daftarchalarini yuritishni tartibga soladigan qonunchilik talabiga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak. 71. Ish stajini tasdiqlash uchun faqat mehnat daftarchalariga kiritilgan va tasdiqlaydigan hujjatlar asosidagi ma’lumotnomalarda ko‘rsatilgan ish davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qabul qilinadi. Keyinchalik o‘z faoliyatini to‘xtatgan jamoa xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xo‘jaliklari tomonidan berilgan ma’lumotnomalar, agar ularda ma’lumotnoma berish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, e’tiborga olinadi. Hujjatlar asosida mehnat daftarchasiga kiritilgan ish staji to‘g‘risidagi jami yozuvlar quyidagi ish davrlariga nisbatan: 1962-yil 14-dekabrdan keyin, agar mehnat daftarchasiga ariza beruvchi mehnat daftarchasini bergan tashkilotga kirguniga qadar qaysi tashkilotda, qaysi vaqtda va qanday lavozimlarda ishlaganligi to‘g‘risida aniq yozuvlar kiritilgan bo‘lsa; 1962-yil 14-dekabrgacha, mehnat daftarchasida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar bor-yo‘qligidan qat’i nazar, ish stajining isboti hisoblanadi. Agar ariza beruvchi mehnat daftarchasidan tashqari jami yozuvlar tegishli bo‘lgan mehnat daftarchasi to‘ldirilguniga qadar davr uchun ish to‘g‘risida ayrim hujjatlarni taqdim etsa, u holda umumiy yakun sifatida yozilgan butun ish staji hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak. Bu amaldagi qoidalarga muvofiq ular to‘g‘risidagi yozuvlar mehnat daftarchasiga alohida satrda yozilishi kerak bo‘lgan mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risidagi hujjatlar taqdim etilishi hollariga tegishli emas. Jami yozuvlarda hisobga olinishi mumkin bo‘lgan 1941 — 1945-yillardagi urush davridagi ish davrlari to‘g‘risida hujjatlar taqdim etilganda ushbu hujjatlar bo‘yicha ish staji qo‘shimcha ravishda bir baravar yoki ikki baravar miqdorga muvofiq hisoblab chiqiladi. Ushbu holatda mehnat daftarchasiga umumiy yakun bilan yozilgan jami ish stajini tasdiqlash talab etilmaydi. 72. O‘qish davrida akademik ta’tillarda bo‘lish, shuningdek, tayyorlov kurslarida o‘qish davri vaqti ish stajiga qo‘shib hisoblanmaydi. 73. Agar ish stajini tasdiqlaydigan hujjatda ko‘rsatilgan ismi, otasining ismi yoki familiyasi pasport (identifikatsiya ID-karta) yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘yicha ismi, otasining ismi yoki familiyasi bilan mos bo‘lmasa ushbu hujjatning mazkur shaxsga tegishliligi holati faqat mehnat daftarchasini yoki ish staji to‘g‘risidagi boshqa hujjatni birinchi marta bergan tashkilot tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Boshqa barcha hollarda hujjatlarning taalluqliligi sud tomonidan belgilanishi shart. Ish staji to‘g‘risida taqdim etilgan hujjatda aniq sanalar belgilanmasdan faqat yillar ko‘rsatilgan hollarda tegishli yilning 1-iyuli sana sifatida qabul qilinadi, agar oyning sanasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, tegishli oyning 15-kuni ana shunday sana hisoblanadi. 74. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi yoki ish stajini belgilash bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan chiqarilgan ish stajini qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qaror bilan rozi bo‘linmagan taqdirda, ushbu masala sud tomonidan hal etiladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling