Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/41
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717219
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

Oldingi
 tahrirga qarang.
Band shaxslarga ish staji soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan:
(52-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy
to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar
bo‘yicha belgilanadi.
53. Ish staji to‘g‘risida hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mehnat faoliyati davrlari sudning qarori bilan
belgilanadi.
Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari fuqarolarga ish stajini tasdiqlash uchun qonunchilikda
nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, sudlarga da’volar tayyorlashda ko‘maklashadi.
54. Ish staji to‘g‘risidagi taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligi va ishonchliligini aniqlash maqsadida
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi:
ish stajini tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazmunini va zarur tarzda rasmiylashtirilganligini
baholaydi hamda zarurat bo‘lganda ular berilishining asoslanganligini tekshirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
ish staji va oylik ish haqi to‘g‘risida taqdim etilgan hujjatlarda tuzatishlar, noaniqliklar, tafovutlar,
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilganligi aniqlangan hollarda mehnat faoliyatining ayrim davrlarini ish staji
davriga hisobga olish yoki hisobdan chiqarib tashlash to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Ushbu bandning
ikkinchi 
va 
uchinchi xatboshlarida 
nazarda tutilgan qoidalar shaxsning 2005-yil 1-
yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar yoki elektron mehnat


daftarchasida tegishli ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda va ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomning 11-
bandi 
to‘rtinchi — yettinchi xatboshlarida 
nazarda tutilgan axborot tizimlaridan olingan hollarda qo‘llanilmaydi.
55. Ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar harbiy harakatlar, tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar yoki boshqa
favqulodda vaziyatlar natijasida to‘liq saqlanmagan yoki qisman saqlangan hollarda ish stajini tasdiqlash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyatlar,
tumanlar (shaharlar)ning mahalliy davlat hokimiyati organlari (hokimliklar) tomonidan tashkil etiladigan ish
stajini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Qisman saqlanib qolgan hujjatlar va guvohlarning ko‘rsatmalari asosida ko‘rsatib o‘tilgan komissiyalar
tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari ish stajiga, shuningdek, hujjatlar bilan tasdiqlangan ish vaqti
sifatida imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga kiritiladi.
56. Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi.
2021-yil 1-iyundan boshlab pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning 2005-yil 1-yanvardan avvalgi
davrlar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida
qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.
Ish staji “YaMMT” IDAKdagi mavjud ma’lumotlar asosida ham tasdiqlanadi.
Mehnat daftarchasi mavjud bo‘lmaganda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur yozuvlar bo‘lmagan
yoki mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risida noto‘g‘ri va noaniq yozuvlar mavjud bo‘lgan hollarda ish stajini tasdiqlash
uchun (band shaxsning ish stajidan tashqari) ma’lumotnomalar, buyruqlardan ko‘chirmalar, shaxsiy
hisobvaraqlar va ish haqi berish uchun qaydnomalar, mehnat shartnomalari (kontraktlar), arxiv
ma’lumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar qabul
qilinadi.
Bunda ma’lumotnomada ishga qabul qilish to‘g‘risidagi, ish (lavozim) bo‘yicha o‘zgarishlar to‘g‘risidagi va
asoslari ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasining to‘xtatilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
Ma’lumotnoma tashkilot yoki arxiv rahbari, shuningdek, ma’lumotnomani tayyorlagan xodim tomonidan
imzolanadi va ma’lumotnomani bergan tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi.
57. 1991-yil 1-yanvargacha ijodiy uyushmalar a’zolari hisoblangan ijodiy xodimlarning ish staji ushbu
muallifning asari birinchi marta e’lon qilingan yoki jamoat oldida ijro etilgan (namoyish qilingan) kunni
tasdiqlaydigan ijodiy uyushmalar boshqaruvlari tomonidan berilgan ma’lumotnomalar bilan belgilanadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling