Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-bob. Pensiyani hisoblash tartibi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
4-bob. Pensiyani hisoblash tartibi
75. Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shaxs murojaat qilgandan keyin uning talabi bo‘yicha ushbu Nizomga 11 va 12-ilovalarga muvofiq shakl bo‘yicha qonunchilikda belgilangan muddatlarda tashkilot, shuningdek, arxiv tomonidan beriladi. Shaxsning ish staji va ish haqi “YaMMT” IDAK va ushbu Nizomning 11-bandi uchinchi — yettinchi xatboshlarida nazarda tutilgan axborot tizimlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida ham tasdiqlanadi. 76. Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shaxsiy hisob raqamlari va hisoblangan ish haqi to‘g‘risidagi boshqa hujjatlar asosida pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan yoki vafot etgan boquvchi ishlagan tashkilot tomonidan beriladi. Agar tashkilot tugatilgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa, ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma tashkilotning huquqiy vorisi yoki davlat arxivi tomonidan beriladi. Arxiv saqlanayotgan hujjatlar asosida ish haqi turlari bo‘yicha hisoblangan summalarni yoyib ko‘rsatgan holda belgilangan shakl bo‘yicha ish haqi turlari bo‘yicha ma’lumotnoma berish imkoniga ega bo‘lmagan hollarda arxiv fondidagi mavjud hujjatlarga muvofiq ma’lumotnoma yoki ma’lumotlar berish huquqiga ega. Qonunda nazarda tutilgan hollarda pensiyani hisoblash uchun: a) O‘zbekiston Respublikasida tegishli kasb va malaka xodimining ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma — O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan fuqarolar uchun. Respublikada bunday kasb va malaka bo‘lmagan taqdirda, ish haqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi; b) mualliflik gonorari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar — ijodiy uyushmalar a’zolari va ijodiy uyushmalarning a’zolari hisoblanmagan boshqa ijodiy xodimlar uchun. 1991-yil 1-yanvardan so‘ng ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar, shuningdek, band bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida Pensiya jamg‘armasiga: 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari; 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov; 2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotlar (ma’lumotnomalar) qabul qilinadi. 77. Ish haqi hisoblangan ish haqi summasidan olinadi. Ish haqini guvohlar ko‘rsatmasi asosida aniqlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Lavozim maoshlari shtat jadvalidan ko‘chirmalar va jamoat tashkilotlarining a’zolik biletlari haqiqiy ish haqini tasdiqlaydigan hujjat o‘rnini bosa olmaydi. Arxiv ma’lumotlarini taqdim etmasdan ish staji va ish haqi miqdorini aniqlash: 2005 — 2016-yillar davri uchun — jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan; 2016 — 2018-yillar davri uchun — fuqarolarning Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan; 2019-yil uchun — fuqarolarning ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan; 2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — “YaMMT” IDAKda mavjud ma’lumotlardan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ushbu bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan davrlar uchun arxiv ma’lumotlaridan faqat tizimlarda zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda yoki fuqaroning murojaati asosida foydalaniladi. Ushbu bandning to‘rtinchi — yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan davrlar uchun arxiv ma’lumotlaridan faqat tizimlarda zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganida, qisman mavjud bo‘lganida yoki noaniq ma’lumotlar mavjud bo‘lganida Pensiya jamg‘armasi bo‘limining so‘rovi yoki fuqaroning murojaati asosida foydalaniladi. Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qisman mavjud bo‘lmagan hollarda mavjud bo‘lmagan davrlar uchun ish haqini aniqlash uchun mintaqaviy koeffitsiyent hisobga olinmasdan, qonunchilikda tegishli davrlar uchun belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari qabul qilinadi. Pensiya tayinlash uchun berilgan hujjatlarda ishonchsiz ma’lumotlar yoki ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni buzadigan tuzatishlar aniqlanganda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya tayinlashgacha ularni tekshirishi yoki qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etish yoki ish haqi to‘g‘risida berilgan ma’lumotnomalarga tushuntirishlar berish to‘g‘risida yozma so‘rov yuborishi shart. 78. Ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) oylik ish haqi olinadi. Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan arizada ushbu bandning birinchi xatboshi talablaridan kelib chiqqan holda u tanlagan besh yillik davr ko‘rsatiladi. 79. Ushbu Nizomning 27-bandi “d” — “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tash vaqti, shaxs mehnat, faoliyatini amalga oshirmasdan, mehnatda mayiblanish va kasb kasalligiga chalinish oqibatida I yoki II guruh nogironi bo‘lib qolgan vaqt ish haqini aniqlashda mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yillik davriga kiritilmaydi. Mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yillik davrida ushbu Nizomning 27-bandi “d” — “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tash vaqti, shaxs mehnat faoliyatini amalga oshirmasdan, mehnatda mayiblanish va kasb kasalligiga chalinish oqibatida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan vaqt mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu davrlar mazkur Nizomning 27-bandi “d” — “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlarga almashtirilishi kerak, muddatli harbiy xizmatni o‘tash vaqti, shaxs mehnat faoliyatini amalga oshirmasdan, mehnatda mayiblanish va kasb kasalligiga chalinish oqibatida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan vaqt bundan mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda 2019-yil 1- yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun sug‘urta badallari, 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun yagona ijtimoiy to‘lov, 2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi berilgan shaxslar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq (yagona ijtimoiy to‘lov, sug‘urta badallari) to‘lanmaganligi sababli ish stajiga qo‘shib hisoblanmagan davrlar mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yillik davriga kiritilmaydi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling