Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/41
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717219
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

5-bob. Pensiya tayinlash tartibi
107. Pensiya tayinlash masalalarini ko‘rib chiqish uchun pensiya jamg‘armasi bo‘limida pensiyalarni
tayinlash bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tuziladi. Komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
108. Komissiya boshqa zarur hujjatlar bilan birgalikda pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza tushgandan keyin
o‘n kun muddatda tegishli qaror qabul qiladi (pensiya tayinlash, pensiya tayinlashni rad etish, taqdim etilgan
hujjatlarning asoslanganligini tekshirish va boshqalar to‘g‘risida).
109. Agar pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan ariza beruvchi pensiya tayinlash uchun murojaat qilishda
nazarda tutilgan zarur hujjatlarni taqdim etmasa yoki taqdim etilgan hujjatlar ularning asoslanganligi va
ishonchliligi yuzasidan qo‘shimcha tekshirishni talab qilsa, komissiya tomonidan hujjatlarni tekshirish
tugaguniga qadar ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlarga asosan qonunchilikda belgilangan miqdorda pensiya
tayinlanadi hamda tekshirish yakuniga muvofiq qo‘shimcha hujjatlar asosida pensiyasi qayta hisob-kitob
qilinadi.
Agar ariza beruvchi tekshirish yakuniga qadar pensiya tayinlashga rozi bo‘lmasa, komissiya ariza beruvchi
tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish tamom bo‘lgandan keyin pensiya tayinlash to‘g‘risida qaror
qabul qiladi.
Pensiyalar Qonunning 
47-moddasida 
nazarda tutilgan muddatlarga muvofiq tayinlanadi.
110. Pensiya ishi komissiya tomonidan pensiya tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kun mobaynida
rasmiylashtirilishi kerak.
Bunda pensiya tayinlash (qayta hisoblash) yoki rad etish to‘g‘risida qaror komissiya tomonidan axborot
tizimi orqali elektron tarzda tasdiqlanadi.
Komissiya tomonidan pensiya tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilinganida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi
pensioner pensiya tayinlash to‘g‘risidagi arizasida ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga pensiya turi, pensiya
miqdori, pensiya tayinlash muddati, pensiya to‘lov shakli va pensiya to‘lash sanasi to‘g‘risidagi “SMS” xabarnoma
yuboradi.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi, shuningdek pensiya hujjatlari shakllari va ularni to‘ldirish
qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
111. Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilgandan keyin
besh kundan kechikmay tashkilot yoki ariza beruvchiga rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror yuzasidan
shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan bildirishnomani berishi yoki yuborishi hamda barcha taqdim etilgan
hujjatlarning asl nusxalarini hujjatlar olinganligi to‘g‘risidagi tilxat bilan shaxsga (qonuniy vakilga) qaytarishi,
shuningdek shaxsning mobil telefon raqamiga rad etish sabablari, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish
tartibi to‘g‘risida “SMS” xabar yuborilishi kerak.
Shaxs komissiya qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limining bevosita yuqori
turuvchi organiga yoki sudga shikoyat qilishi huquqiga ega.
112. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolarining barchasiga bitta
umumiy pensiya tayinlanadi. Oila a’zosining talabiga ko‘ra uning pensiyadagi ulushi ajratiladi va unga alohida
to‘lanadi.
Boshqa tumanda (shaharda) yashaydigan oila a’zosi o‘ziga pensiya ulushini tayinlash yoki ajratish
to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganda murojaat qilganning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi
rasmiylashtiradigan yoki ushbu oilaning amaldagi pensiya hujjatlar yig‘majildi turgan Pensiya jamg‘armasi
bo‘limiga tegishli xabarnomani yuboradi. Xabarnomaga ariza va yangidan murojaat qilgan oila a’zosining
pensiya olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinadi. Ushbu holatda pensiya boquvchisini yo‘qotganlik
pensiyasidan ulush ajratib berish to‘g‘risida murojaat qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab
tayinlanadi.


Pensiya ishini rasmiylashtirishning barcha hollarida oila har bir a’zosining pensiyaga bo‘lgan huquqini
tasdiqlaydigan barcha hujjatlar tikib qo‘yiladi va/yoki axborot tizimda saqlanadi.
Ta’lim tashkilotining o‘quvchisi va/yoki talabasi hisoblangan oilaning mehnatga layoqatsiz a’zosi
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar olish
huquqiga ega.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqini aniqlashda vafot etgan boquvchi oilasining
nogironlikning III guruhiga ega bo‘lgan a’zolari vafot etgan boquvchi oilasining mehnatga layoqatsiz a’zolari
jumlasiga kiritilmaydi (bundan bolalikdan nogironligi bo‘lgan III guruh shaxslar mustasno).
Agar vafot etganning bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nevaralari parvarishi bilan ular ikki yoshga
to‘lgungacha band bo‘lgan oila a’zolaridan biri pensiya turlaridan bittasini oluvchi bo‘lsa, u holda uning xohishi
bo‘yicha Qonunning 
4-moddasiga 
muvofiq faqat pensiyaning bitta turi tayinlanadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling