Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Pensiyani qayta hisoblab chiqish tartibi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/41
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717219
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

7-bob. Pensiyani qayta hisoblab chiqish tartibi
125. Pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo bo‘lgan taqdirda pensiyaning
tayinlangan turi miqdorini qayta hisoblab chiqish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
126. Quyidagi holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi:
a) pensioner tomonidan pensiya hujjatlar yig‘majildida mavjud bo‘lmagan va pensiya miqdoriga ta’sir
ko‘rsatadigan qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi (ushbu Nizomning 
27-bandida 
nazarda tutilgan ish staji va
pensiya tayinlangunga qadar ish haqi to‘g‘risida);
b) nogironlik guruhining o‘zgarishi;
v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari sonining o‘zgarishi;
g) ushbu Nizomning
 101-bandida 
nazarda tutilgan ustama haq olish huquqining paydo bo‘lishi;
d) qonunchilikka muvofiq pensiyani hisoblash tartibi o‘zgarganda, pensiyani hisoblashning bazaviy
miqdorining va pensiya ishini tekshirish (o‘rganish) natijasida pensiya miqdorining oshishi yoki kamayishi;
e) daromadlarning indeksatsiya qilinishi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
j) I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning
arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab
chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun ariza bergan
sanadagi Qonunning 
17-moddasida 
belgilangan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda
amalga oshiriladi.
(126-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli 
qaroriga 
asosan “j”
kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
127. Ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyentlar belgilangan tumanlarda (shaharlarda) ishlagan shaxsga
pensiyalarni qayta hisoblashda mintaqaviy koeffitsiyent hisobga olingan holda hisoblab chiqilgan amaldagi ish
haqi hisobga olinadi.
128. Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun qayta hisoblab chiqish huquqi paydo bo‘lgandan keyin
istalgan vaqtda murojaat qilishlari mumkin.
129. Pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza pensioner yashaydigan joy bo‘yicha Pensiya
jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
Oilaning voyaga yetmagan a’zosi (boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi) yoki belgilangan tartibda huquqiy
layoqatsiz deb e’tirof etilgan shaxsning nomidan pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza uning
qonuniy vakili yashaydigan joy bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga berilishi mumkin.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi masalani shaxs tegishli ariza
bilan murojaat qilganda ko‘rib chiqadi.
Shaxsning arizasi Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Pensiya jamg‘armasi
bo‘limi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana ko‘rsatilgan tilxat, shuningdek, olingan va
yetishmaydigan hujjatlar ro‘yxati beriladi.
130. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga pensiya miqdorini qayta
hisoblash to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan sana pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilingan sana
hisoblanadi.
131. Pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan pensionerning arizasiga ushbu Nizomning
126-bandi 
“a”

“v”
va 
“g” kichik bandlari 
asosida mazkur Nizomning 
12 — 14 
va 
16-bandlarida 
ko‘rsatilganlaridan
zarur hujjatlar ilova qilinishi kerak (bundan pensiyani qayta hisoblash uchun asos bo‘ladigan hujjatlar va
ma’lumotlar axborot tizimida mavjud bo‘lgan holatlar mustasno).
Oldingi

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling